Sifat so’z turkumi
Sifatning morfologik xususiyatlari:
Asosan otga bog’lanib , undan anglashilgan predmetning turli xil belgilarini ifodalovchi mustaqil so’zlar sifat deyiladi .
Sifatlar qanday ? qanaqa ? qaysi ? kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladi .
katta xona , uzun daryo , og’ir eshik , qabariq shisha , nordon anor , devoriy gazeta , qishki olimpiada , issiq suv , aqlli mavjudot
Sifatning sintaktik xususiyatlari:
Ba’zan bir sifat ikkinchi bir sifatga hech qanday grammatik vositasiz , ya’ni bitishuv usuli bilan bog’lanishi mumkin . Bunda
dastlabki sifat
belgining belgisini ifodalagan sanaladi . Masalan , rangdor vassali
mehmonxona , qizil gulli darvoza , baland
boloxonali uy , qora ro’molli ayol
Ba’zan sifat fe’lga bitishuv usuli bilan bog’lanib , ravishning grammatik vazifasini bajarishi mumkin . Bunda sifat ravishlashadi ,
ya’ni ravishning so’roqlariga javob bo’ladi , ravishning gapdagi sintaktik vazifasini(hol) bajaradi , ravish kabi
harakat-
holatning belgisini ifodalaydi .
yaxshi o’qimoq , chiroyli yozmoq , katta tishlamoq , qattiq qo’rqmoq , keng fikrlamoq , og’ir xo’rsinmoq , shirin tabassum
qilmoq , chuqur tekshirmoq , yengil ta’zim qilmoq . Bunday vaziyatda sifatlar ko’pincha ko’chma ma’no kasb etadi .