Sifat so’z turkumi Sifatning morfologik xususiyatlari



Yüklə 44,38 Kb.
səhifə6/15
tarix24.09.2023
ölçüsü44,38 Kb.
#129347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Sifat so’z turkumi Sifatning morfologik xususiyatlari-hozir.org

d) leksik-semantik usul
Bunda sifatdagi belgining me’yordan ortiq ekani mazmunan anglashiladi . 
zahar so’z , asal qovun , yomon yaxshi bola-da , devona telefon(umumxalq tili)

e) analitik usul: sifatlarni takrorlash orqali. Ba’zan takroriy sifatlar o’rtasida chiqish kelishigi keltiriladi.
qiyin+dan qiyin test , shirin+dan shirin qovun , yomon+dan yomon ish, baland-baland uy. 
Quyidagi sifatlar ham orttirma darajada : hammasidan yaxshi , barchasidan katta , baridan chiroyli , ko’pdan-ko’p , uzundan-
uzoq (Ulug’ Tursunov ; Hozirgi o’zbek adabiy tili , 285-bet)
Sifatlarning tuzilishiga ko’ra turlari

Sifatlar tuzilishiga ko’ra to’rt turga bo’linadi :




1. Sodda sifatlar 
Bir asosdan tashkil topgan sifatlar sodda sifatlar deyiladi . Masalan , chiroyli , ziyrak , chaqqon , yetuk , orzumand , beobro’ , 
sergap , salqin , ulkan .
Sodda sifatlarning ikki ko’rinishi mavjud : tub sifatlar va yasama sifatlar 

Sodda tub sifatlar 


Sodda yasama sifatlar


O’xshash jihati 
Birgina asosdan iborat bo’ladi
Birgina asosdan iborat bo’ladi 
O’xshash jihati
Tarkibida shakl yasovchi(lar) bo’lishi mumkin 
tarkibida shakl yasovchi(lar) bo’lishi mumkin
Farqli jihati 
Asosi hamisha sifat turkumiga mansub bo’ladi
Asosi ko’pincha sifat turkumiga mansub bo’lmaydi 
Farqli jihati
Tarkibida sifat yasovchi qo’shimcha bo’lmaydi 
Tarkibida sifat yasovchi qo’shimcha bo’ladi
Misollar 
eski , shirin , kenja , ayyor , qiyshiq , vazmin ,
katta+roq , sariq+imtir , ko’k+ish , yashil+tob , 
yengil+gina
Aql+li , no+qulay , ser+suv , nom+dor , erin+chak , 
sirpan+chiq , bugun+gi , tarbiya+viy


asos+sifat yasovchi===sodda yasama sifat 

2. Qo’shma sifatlar 
Birdan ortiq asosdan tashkil topgan sifatlar qo’shma sifatlar deyiladi . asos+asos===qo’shma sifat 
Qo’shma sifat asoslar , asosan , qo’shib yoziladi .
mehmondo’st , toshbag’ir , balandparvoz , sheryurak , bodomqovoq , dilxasta , tezyurar , haftafahm 
O’zbek tilida qo’shma sifatlar quyidagi holat(tip)lar asosida yuzaga keltiriladi :


Yüklə 44,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin