a) ot+ot==qo’shma sifat
devqomat , dilozor , izzattalab , kafangado , otashnafas ,
sohibjamol , sheryurak , xumkalla , ofatijon , bodomqovoq ,
havorang , toshbag’ir , mehmondo’st
b) sifat+ot==qo’shma sifat
sho’rpeshona , kaltafahm , ochofat , maydagap , og’iroyoq ,
sho’rtumshuq , shirinsuxan , sofdil , qattiqqo’l , chalasavod ,
sovuqqon , balandparvoz , uzunquloq , olijanob
d) ot+sifat==qo’shma sifat
yoqavayron , boshqorong’i , jig’ibiyron , tepakal , yoqavayron
, xudobexabar , otabezori , xonavayron , dilxasta , nonko’r
e) ravish+ot==qo’shma sifat
hozirjavob , kamgap , kamsuxan , kamsuqum , kamqon ,
kamxarj
f) ravish+fe’l==qo’shma sifat
tezpishar , tezyurar , kechpishar , cho’rtkesar
g) fe’l+fe’l==qo’shma sifat
yebto’ymas
h) olmosh+ot==qo’shma sifat
o’zboshimcha
i) ot+fe’l==qo’shma sifat
tinchliksevar , gadoytopmas , tilyog’lama , jonkuyar ,
ichakuzdi , supraqoqdi(farzand)
j) olmosh+sifat==qo’shma sifat
o’zbilarmon
k) son+ot==qo’shma sifat
qirqyamoq , ikkiyuzlamachi
l) sifat+sifat==qo’shma sifat
ola+chipor , qora+qizil
3. Juft sifatlar
Juftlashib ko’plik , umumlashtirish , jamlash ma’nosini ifodalovchi sifatlar juft sifatlar deyiladi .
O’zaro yaqin yoki zid ma’noli ikki asosning juftlashishidan hosil bo’lgan sifatlar juft sifatlar hisoblanadi . Juft qismlari chiziqcha
bilan ajratib yoziladi . Juft sifat qismlari orasida –u(-yu) bog’lovchi-yuklamasi qo’llansa , chiziqcha undan oldin qo’llanadi .
yaxshi-yomon , katta-yu kichik , baland-past , yakka-yu yagona
Dostları ilə paylaş: |