I . Jift sifatlar qismlarining ma’no munosabatiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi :
a) qismlari o’zaro sinonim(ma’nodosh) bo’lgan juft sifatlar : aql-hushli , ajoyib-g’aroyib , boy-badavlat , och-nahor , ola-chipor ,
pishiq-puxta , son-sanoqsiz , sarson-sargardon , saranjom-sarishta , sog’-salomat , telba-teskari , fahm-farosatli , yakka-
yolg’iz , yakka-yu yagona , g’arib-u benavo
b) qismlari o’zaro antonim (zid ma’noli) bo’lgan juft sifatlar : achchiq-chuchuk , baland-past(past-baland) , vayron-u obod ,
issiq-sovuq , tanish-notanish , xom-pishiq , chappa-rosta , quyuq-suyuq , yaxshi-yomon
d) qismlarining ma’nosi yaqin bo’lgan juft sifatlar : ijtimoiy-siyosiy , mo’min-qobil , ochiq-oydin , och-yalong’och , soya-salqin ,
tinch-totuv , uzuq-yuluq , xor-zor , ezma-churuk , uydim-chuqur
II. Juft sifatlar qismlarining yakka(mustaqil) holda qo’llana olish yoki qo’llana olmasligiga kora quyidagi turlarga
bo’linadi :
a) har ikkala qismi mustaqil holda qo’llana oladigan juft sifatlar : quyuq-suyuq , chappa-rosta , soya-salqin , och-yalong’och ,
uydim-chuqur , g’arib-benavo , yakka-yu yagona
b) qismlaridan biri mustaqil holda qo’llanmaydigan juft sifatlar : yengil-yelpi , xom-xatala , tuppa-tuzuk , ola-kula , nest-nobud ,
yolg’on-yashiq , kalta-kulta , ilma-teshik , entak-tentak , qarama-qarshi , eski-tuski , yamoq-yasqoq , mayda-chuyda
d) har ikkala qismi mustaqil holda qo’llana olmaydigan juft sifatlar : aji-buji(yozuv) , apoq-chapoq , aloq-chaloq(tush) , dali-
g’uli , zim-ziyo , poyintar-soyintar(gap) , uvali-juvali , o’poq-so’poq , ilang-bilang , almoyi-aljoyi
III. Juft sifatlar qismlarining tub yoki yasamaligiga ko’ra 3 turga bo’linadi :
a) har ikkala qismi ham tub asoslardan tashkil topgan juft sifatlar : oq-qora , ajoyib-g’aroyib , katta-kichik
b) har ikkala qismi yasama asoslardan tashkil topgan juft sifatlar : esli-hushli(es+li-hush+li) , uzuq-yuluq(uz+iq-yul+iq) ,
baxtli-saodatli(baxt+li-saodat+li) , achchiq-chuchuk(achi+q-chuchi+k) , issiq-sovuq(isi+q-sovi+q) , ochiq-oydin(och+iq-
oy+din)
d) qismlaridan biri tub , biri yasama asosdan tashkil topgan juft sifatlar : boy-badavlat , xom-pishiq , tanish-notanish tinch-
totuv(tin+ch-totuv) , pishiq-puxta(pish+iq-puxta) ,
Dostları ilə paylaş: |