Sifat so’z turkumi Sifatning morfologik xususiyatlari


Sifatlarning ma’no guruhlari



Yüklə 44,38 Kb.
səhifə2/15
tarix24.09.2023
ölçüsü44,38 Kb.
#129347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Sifat so’z turkumi Sifatning morfologik xususiyatlari-hozir.org

Sifatlarning ma’no guruhlari 

1. Rang-tusni anglatuvchi sifatlar : oq , qora , qizil , sariq , ko’k , zangori , alvon(rang-barang yoki to’q qizil) , go’los(to’q


jigarrang) , gungurt(qora-sariq) , moviy , nafarmon , ol(qizil) , oq-qora , pushti(och qizil) , jigarrang , kulrang , novvotrang , 
qaymoqrang , rang-barang , targ’il , ola , chipor , ola-chipor , shafaqrang , zarg’aldoq , binafsha , mosh-guruch(otdan ko’chgan
, oq-qora) , tillarang , gunafsharang , charos 
Ot turkumiga mansub ba’zi so’zlar ot(tulpor)ning turini ham , uning rang-tusini ham ifodalaydi . Masalan , saman , to’riq ,
chovkar , jiyron , bo’zto’riq . 
2. Hidni anglatuvchi sifatlar : xushbo’y , badbo’y , muattar , qo’lansa , sassiq
3. Maza-ta’mni anglatuvchi sifatlar : achchiq , shirin , sho’r , nordon , chuchuk , taxir , kakra , laziz , xushta’m , chuchmal , 
talxa .
Shakar , novvot , namakob , zahar , zaqqum kabi otlar ham maza-ta’mni ifodalay oladi 
4. O’rin va payt bilan bog’liq belgini anglatuvchi sifatlar(makon-zamon sifatlari) : tonggi , kuzgi , kechki , keyingi , avvalgi ,
qishki , yozgi , ertangi , bugungi , dastlabgi , ilk , sobiq , yuqorigi(qavat) , quyi(palata) , tuban(joy) , tungi , chetki , bulturgi , 
devoriy
Makon-zamon sifatlari , asosan , ot va ravishlarga -gi , -ki , -qi , -dagi so’z yasovchilarini qo’shish bilan hosil qilinadi . oldin+gi , 
tash+qi , ich+ki , kuz+gi , har kun+gi , maktab+dagi
5. Hajm-o’lchovni anglatuvchi sifatlar : keng , tor , uzun , chuqur , chog’(chog’gina uy) , yurik , jimitday , jajji , hayhotday , 
ixcham , mayda , mitti , azim , muazzam , mo’jaz(kichkina) , katta , kichik , og’ir , vazmin , yengil , so’ngsiz , bepoyon ,
tubsiz(ummon) , teng , ulkan , ulug’ , katta , gigant , azamat 
6. Shakl-ko’rinishni anglatuvchi sifatlar : dumaloq , yassi , uzunchoq , cho’zinchoq , qiyshiq , to’garak(aylana) , do’ng , tekis ,
do’mboq , do’ndiq , qabariq , botiq , jingalak , jikkak , lo’nda , lo’ppi , miqti , silliq , g’adir-budur , egri , adil(qomat) , naysimon , 
sharsimon , itsimon , odamsimon , rombsimon
7. Xarakter-xususiyatni anglatuvchi sifatlar(insonlar va jonivorlarning xarakter-xususiyatlari va jonsiz predmetlarning 
xossalarini anglatuvchi sifatlar) : abadiy , abjir , avom , adabiy , ajib , ajnabiy , azaliy , aziz , ayyor , aldamchi , axmoq ,
babaq(xo’roz) , badbin , badgumon , badjahl , badiiy , badnafs , badrashk , bo’sh-bayov , baynalmilal , balandparvoz , baland , 
battol , bashariy , bebosh


8. Holatni anglatuvchi sifatlar : abgor , aybdor , alag’da , alamzada , ayanchli , apoq-chapoq , barkamol , boxabar , barqaror ,


baxtiyor , bedor , besaranjom , bo’liq , vayron , voqif , gavjum , giryon , dabdala , darg’azab , yopiq , issiq , iliq , kir , ko’hna , 
yangi , eski , luchchak , mal’un , mahrum , mast , mashhur , mosuvo , muallaq , mulzam , muntazir , muhtoj
6-sinf ona tili darsligida(Nizomiddin Mahmudov) sifatlar oltita ma’no guruhiga ajratilgan : 1) hajm-o’lchov(shakl-ko’rinish) 



Yüklə 44,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin