sifatlari 2) xarakter-xususiyat(holat) sifatlari 3) o’rin-payt sifatlari 4) maza-ta’m sifatlari 5) hid sifatlari 6)
rang-tus sifatlari
Sifatlarni yuqoridagigek ma’no guruhlariga ajratish nisbiy bo’lgan o’rinlar ham mavjud .
Katta hovlida yolg’iz o’zi yashaydi .(hajm-o’lchov)===U o’g’lini katta odam qilish istagida edi (xususiyat)
Qovun juda shirin ekan .(maza-ta’m)===Achchiq savol berib , shirin javob kutma . (xususiyat)
Asliy va nisbiy sifatlar
Belgini to’gridan-to’g’ri ifodalaydigan va uni darajalab ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lgan sifatlar asliy sifatlar deyiladi :
go’zal , chiroyli , shirin , oq , aqlli , yuzaki , mehmondo’st
Belgini to’g’ridan-to’g’ri emas , balki boshqa bir tushunchaga nisbatlagan holda ifodalaydigan va daraja ko’rsatish imkoniyatiga
ega bo’lmagan sifatlar nisbiy sifatlar deyiladi : qishki , ko’chma , derazali , devoriy .
Asliy sifatlar
Nisbiy sifatlar
1 Darajalanish imkoniyatiga ega
Darajalalanish imkoniyatiga ega emas
2 Qiyosiy daraja shakli –roq qo’shimchasini erkin qabul
qiladi
Qiyosiy daraja shakli -roq qo’shimchasini qabul qilmaydi
3 Belgini to’g’ridan-to’g’ri ifodalaydi
Belgini to’g’ridan-to’g’ri emas , boshqa tushunchaga
nisbatlab ifodalaydi
4
5
Diqqat!!! Eski darsliklarda sodda tub sifatlar asliy sifatlar deb , yasama sifatlar nisbiy sifatlar deb ko’rsatilgan .
Sifatlarda daraja kategoriyasi ( sifat darajalari )
Sifat ifodalayotgan belgining ortiq yoki kamlik jihatidan farqlanishi sifat darajalari deyiladi , ana shunday ma’no ifodalovchi
shakllar esa daraja shakllari deyiladi . Sifatlarda quyidagi daraja shakllari mavjud :
1. Oddiy daraja
Sifat orqali ifodalanayotgan be’gi me’yorda bo’ladi . Oddiy darajani aks ettiruvchi hech qanday morfologik , leksik vosita
mavjud emas . Demak , belgining odatdagi me’yorda ekanligini bildiruvchi va boshqa darajalar uchun asos bo’lib xizmat
qiluvchi sifat shakli oddiy daraja shakli deyiladi .
Chuqur va xayolchan ko’zlarida sirli va sehrli bir holat ifodasi bor edi .
Sifatning boshqa darajalari oddiy daraja shaklidan hosil qilinadi . Shuning uchun oddiy daraja bosh daraja deb ham
nomlanadi.
Dostları ilə paylaş: |