Sifat tushunchasi Dasturiy ta’minot sifati Dasturiy ta’minot standartlari



Yüklə 350,71 Kb.
səhifə3/4
tarix10.03.2023
ölçüsü350,71 Kb.
#123931
1   2   3   4
Sifat tushunchasi Dasturiy ta’minot sifati Dasturiy ta’minot sta

3.2. Dasturiy ta‘minot standartlari

Dasturiy ta‘minot standartlari dasturiy ta‘minot sifatini boshqarishda muhim ahamiyatga ega. Oldin aytganimdek sifatni kafolatlashning asosiy qismi – dasturiy ta‘,minot yoki dasturiy maxsulotni yaratish jarayoniga oid standartlarni aniqlash yoki tanlashdir. Bunday sifatni kafolatlovchi jarayon qismi sifatida shiningdek bu standartlarini qo‘llab quvvatlovchi vosita va usullar tanlanishu mumkin. Standartlar tanlangandan keyin standartlardan foydalanish va ularni kuzatilishini nazorat qiluvchi jarayonlar belgilanishi kerak.


Dasturiy ta‘minot standartlari 3 sabaga ko‘ra muhimdir:
1. Standartlar tashkilot uchun muhum bo‘lgan bilimdonlikni aks ettiradi. Ular tashkilot uchun eng yaxshi yoki eng mos keluvchi amalyot haqidagi bilimga asoslangan. Bu bilim katta miqdordagi urinish va hatoliklar natijasida paydo bo‘ladi. Standartni yaratilishi tashkilotga bu tajribadan foydalanishni va avvalgi hatoliklarni qaytarmaslikka yordam beradi.
2. Satndartlar “sifat” qismlarni boshqarishda ma‘nosini belgilashga asos bo‘ladi. Oldin aytganimdek dasturiy ta‘minot sifati subyektiv bo‘ladi va standartlardan foydalanib siz sifatning kerak darajasiga erishilganligini asoslab berasiz. Labatta bunda dasturiy ta‘minotning ishonchliligi, ishchanligi faydalanish qulaylugi va soddaligi bo‘yicha foydalanuvchilar talablarni aks ettiruvchi normalarni belgilashga bo‘g‘liq.
3. Bitta odam boshlagan ishni boshqalar uzluksiz davom ettirishida standartlar yordam beradi. Bitta tashkilot doirasidagi hamma muhandislar bir xil usuldan foydalanishini stanadartlar kafolatlaydi. Demak yangi ishni boshlashda o‘qitishga ketadigan harajatlar kamayadi.

Dasturiy ta‘minot sifatini boshqarishda belgilanishi va ishlatilishi mumkin bo‘lgan dasturlashning ikkita bog‘langan:


1. Maxsulot standartlari.ular yaratilayotgan dasturiy maxsulotga oiddir. Ular ichiga talablar hujjarlarining tuzulmasi kabi hujjatlar standartlari, obyektlar
sinfining belgilovchi izoxining standart sarlovhasi kabi hujjatlashtirish standartlari va dasturlash tili qanday ishlatilishini belgilovcha kod standartlari kiradi.
2. Jarayon standartlari. Ular dasturiy ta‘minot yaratishda qanday jarayonlar bo‘lishini belgilaydi. Ula o‘z ichiga yaratishning eng yaxshi amalyotini olishi kerak. Jarayon standartlari ichiga spetsifikatsiya, dizayn va ratifikatsiya jarayonlarini,jarayonlarni qo‘llab quvvatlab truvchi vositalarni tasniflari va bu jarayonlar vaqtida yozilishi shart bo‘lgan hujjatlar ta‘sniflari kirishi mumkin.



Standartlar maxsulot sifatini muhimligini shakillantirishi kerak. Vaqt va ketadigan kuch nuqtai nazaridan qimmat bo‘lgan standartlarni aniqlashda ma‘no yo‘q. maxsulot shunday ishlab chiqilishi kerakki, ularni ro‘yhatga olish va ishlatish foyda keltirishi kerak hamda standart jarayonlariga maxsulot yaratishda standartlar qo‘llanishini aniqlovchi jarayonlar bpo‘lishi kerak.
Dasturlashning haqaro standartlarini yaratish uzoq muddatli jarayondur, bunda standartga qiziqqanlar uchrashadilar, izoxlash uchun eskiz tayyorlaydilar va nihoyat standart haqida bir to‘xtamga kelishadi. U.S, DoD, ANSI, BSI, NATO va IEEE kabi milliy va halqaro tashkilotlar standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar.



Yüklə 350,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin