Ba'zi ravishlar fe'llar bilan birga ishlatiladi va alohida ma'no beradi. iFe'lning orqasidan kelayotgan ravishga qarab fe'lning ma'nosi o'zgara-di. Bu ravishlarga quyidagilar kiradi: about, across, along, around, away, pack, by, down, in, on, off, out, over, through, under, up va boshqalar.
Ba'zi hollarda birikmaning ma'nosi shu birikma tarkibiga kirgan so'z-larning ma'nosidan kelib chiqqan bo'ladi:
to come back qaytib kelmoq (come kelmoq, back orqagd) to go away ketmoq (go bormoq, away chetga) to go down pastga tushmoq (go bormoq, down pastga) Boshqa hollarda birikmaning ma'nosi uning tarkibidagi so'zlar ma'nosiga to'g'ri kelmaydi:
to make out tushunmoq (to make qilmoq, out tashqaridd) to put out o'chirmoq (to put qo 'ymoq, out tashqaridd) to give in yon bermoq, taslim bo'lmoq (to give bermoq, in ichida) Bu ravishlarni ko'plarining shakli predloglar bilan mos kelganligi uchun ular predloglar bilan birga o'rganiladi.