PREDLOG (THE PREPOSITION) Umumiy ma 'lumotlar 1. Prcdlog deb ot (yoki olmoshning) gapdagi boshqa so'zlarga щц. nosabatini ko'rsatuvchi yordamchi so'zlarga aytiladi. Ingliz tilida kelishik qo'shimchalari yo'qligi uchun ular ko'p hollarda o'zbek tilidagi ke-lishik qo'shimchalari vazifasini bajaradi: He lives in London. U Londonda yashaydi.
He is sitting under a tree. U daraxt ostida o'tiribdi.
After dinner he went to the li- U tushlikdan keyin kutubxonaga brary. bordi.
He came with his brother. U akasi bilan keldi.
2. Har bir predlog bir nechta mustaqil ma'nolarda kelishi mumkin. Masalan, in predlogi quyidagi ma'nolarda ishlatiladi:
a) -da (joyga nisbatan ishlatiladi):
He lives in London. U Londonda yashaydi.
b) -da (vaqtga nisbatan ishlatiladi, oy va yil oldida): He will arrive in May. U may oyida keladi.
c) keyin ma'nosida:
He will return in an hour. U bir soatdan keyin qaytib keladi.
d) -da, ichida, mobaynida: The house was built in three Uy uch oy ichida qurildi. months.
e) Ko'p hollarda u yoki bu prcdlogning ishlatilishi undan oldin kela-yotgan fe'lga, sifatga yoki otga bog'liq bo'ladi. Masalan, to depend fe'li o'zidan keyin on predlogini talab qiladi:
It doesn't depend on me. Bu mcnga bog'liq emas.
To laugh fe'li o'zidan keyin at predlogini talab qiladi: He laughed at me. U mening ustimdan kuldi.
Sure sifati o'zidan keyin of predlogini talab qiladi: He was sure of it. U bunga amin edi.
Objection oti o'zidan keym to predlogini talab qiladi:
I have no objection to that. Menda bunga e'tiroz yo'q.
4. Ba'zi fe'llar turli predloglar bilan kelganda, ma'nosi turlicha bo'ladi:
He is looking at the child. U bolaga qarayapti.
He is looking for the child. U bolani izlayapti.
He is looking after the child. U bolaga qarayapti (g'amxo'rlik
qilayapti).
5. Predloglar ko'pgina iboralar va birikmalar tarkibiga kiradi — in vain behuda.bekorga, at last nihoyat, for ever umrbod, abadiy, on the one (other) hand bir (boshqa) tomondan va boshq.
6. Predloglar quyidagi guruhlarga bo'linadi:
a) sodda (in, to, at, va hokazo);
b) qo'shma (into, upon, throughout va boshq.);
с) prcdlog vazifasini bajaruvchi so'zlar guruhi: (according to, by me-tns of, instead of, in front of va hokazo).
SHAKLI RAVISHLAR BILAN MOS KELUVCHI PREDLOGLAR
1. Ba'zi predloglarning shakllari ravishlar bilan mos keladi. Predloglarni ravishlardan ularning gapdagi vazifasiga qarab ajratish mumto. Predloglar otlar (olmoshlar) bilan gapdagi boshqa so'zlar o'rtasidagi munosabatni bildirib keladi. Ular mustaqil so'zlar emas, yordamchi jso'zlardir va urg'u olmaydi. Ravishlar esa fc'llarni aniqlaydi. Ular mustaqil so'zlar bo'lib urg'u oladi: