UNDOV SO'ZLAR (THE INTERJECTION) Undov so'zlar his-hayajon va tuyg'uni ifodalovchi so'zlardir. Ular gap bo'lagi bo'lmaydi:
His father, alas, is no better. Afsus, uning otasi tuzalmayapti.
Oh! How you frightened me. O! Meni qanchalik qo'rqitib yubording.
Well! What do you think of it? Xo'sh! Bu haqda sizning fikringiz qanday?
GAP (THE SENTENCE) Umumiy ma 'lumotlar 1. Gap deb tugallangan fikrfii ifodalovchi so'zlar yig'indisiga aytiladi.
The sun rises in the east. Quyosh sharqdan chiqadi.
2. Gapning tarkibiga kiruvchi va birorta so'roqqa javob boiuvchj so'zlar gap bo'laklari deb ataladi.
3. Gap bo'laklari bosh bo'laklar va ikkinchi darajaligap bo'Iakiariga bo'linadi. Bosh boiaklarga ega va kesim kiradi. Ikkinchi darajali gapbo'laklariga to'ldiruvchi (the Object), aniqlovchi (the Attribute) va hoi (the Adverbial Modifire) kiradi.
4. Tuzilishiga ko'ra gaplar sodda va qo'shma gaplarga bo'linadi.
5. Qo'shma gaplar bog'langan qo'shma gaplarga va ergashgan qo'shma gaplarga bo'linadi:
Paroxod kecha portga (yetib) keldi. Bitim imzolandi va delegatsiya Londonni tark etdi. Mollar tushirilganidan keyin, om- borxonaga olib borildi. house,
6. Maqsadiga ko'ra gaplar quyidagi turlarga bo'linadi:
a) darak gaplar (Declarative Sentences):
The library is on the second floor. Kutubxona ikkinchi qavatda.
b) so'roq gaplar (Interrogative Sentences):
When did you come? Siz qachon keldingiz?
c) buyruq gaplar (Imperative Sentences):
Open the window, please. Iltimos, derazani oching.
d) undov gaplar (Exclamatory Sentences):
How well she sings! U qanay yaxshi kuylaydi!