O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzusidagi anjumanda so‘zlagan nutqida tarixiy qadamjolar, diniy ma'daniy yodgorliklarni asrab avaylash ma'naviy me'rosimizga bo‘lgan hurmatni yoshlar qalbida shakllantirishdan asosiy maqsad shuki, tariximiz, madaniyatimiz, dinimizga aloqador bir varaq qo‘lyozma bo‘lsa ham, ularni to‘plab, xalqimizni, yoshlarimizni tanishtirish, bizning qanday buyuk va betakror merosimiz borligini anglatish, farzandlarimizni shu ulug‘ merosga munosib etib tarbiyalashdan iborat ekanligini ta'kidladi.
Shuningdek “Ya'ni, islom faqat nurli hayotga, ilmma'rifatga, yaxshilikka undaydi. Hech qachon xunrezlik, qotillik, zo‘ravonlikka chaqirmaydi”. Darhaqiqat bu borada jamiyatimiz, yoshlarimiz ma'naviyati, g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyasi uchun o‘zini mas'ul deb bilgan insonlar – bu mahalla yoki diniy tashkilotlar bo‘ladimi, huquq-tartibot idoralari xodimlari yoki katta ta'sir kuchiga ega ijodkor ziyolilar bo‘ladimi – ularning barchasi ayniqsa faol bo‘lishlari lozim” deya barchani yoshlar ma'naviy ahloqiy tarbiyasiga birdek ma'sul bo‘lishga chaqirdi. Diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalarini o‘rganishimizda aynan Dinshunoslik fani bizga tayanch ilmiy dastur vazifasini o‘taydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirzieyoyevning 2017-yil 19- sentabrdagi BMT Bosh assambleyasining 72sessiyasidagi nutqi. - http://www.press-service.uz/uz/lists/view/1063.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5416-sonli “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni.– 2018-y.,16-aprel
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Ribojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. –2017- y., 7-fevral.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 noyabrdagi 946- son O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida qarori.
https://lex.uz/docs/4604155?otherlang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘Zbekıston Respublıkası Vazırlar Mahkaması huzurıda O‘zbekıstondagı islom sıvılızatsıyası markazını tashkıl etısh chora-tadbırları to‘g‘rısıda”gi 2017 yil 23 iyundagi PQ-3080-son qarori.https://lex.uz/docs/3600059?otherlang=1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-apreldagi PF-5416-son Farmoni. - https://lex.uz/docs/-3686277
Islomshunoslik qomusiy lug‘at / Mas’ul muharrir Z.M.Islomov. - Т. I.- T.: “Movarounnahr”, 2013. 13-b. G.T. Tulemetova, O‘. M. Hasanboyev. Dinshunoslik. Darslik; ikkinchi – to‘ldirilgan va qayta ko‘rilgan matn. – Toshkent2020.-312