Sifatidagi ahamiyati


Dinning asosiy vazifalari



Yüklə 100,82 Kb.
səhifə5/7
tarix26.11.2023
ölçüsü100,82 Kb.
#136450
1   2   3   4   5   6   7
1-Мавзу

Dinning asosiy vazifalari

  • Har qanday din o’z homiylari uchun quyidagi vazifalarni bajaradi:

to’ldiruvchi va ovutuvchi (kompensatorlik);

  • birlashtiruvchilik (integrativlik);

  • dindorlar hayotini tartibga solish va nazorat qilish

(regulyativlik);

  • jamiyat bilan shaxsning o’zaro aloqasini ta’minlovchi xususiyat – aloqa bog’lashlik (komunikativlik);

DIN rivojlanishining ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlari mavjud


Dinning ijtimoiy ildizi – ijtimoiy ehtiyojlar va insonlarni tabiatga, jamiyatga, bir-biriga bo’lgan munosabati bilan bog’liq sabablar yig’indisidir.
Dinning gnoseologik ildizi – dunyoni, odamning o’z-o’zini bilish sohasi, mavhum tafakkurning taraqqiyoti bilan bog’liq sabablar.
Dinning psixologik ildizi – diniy tushunchalar, tasavvurlari bilan bog’liq kishilarning ruhiy holatlari, kayfiyatlari, his-tuyg’ulari.

  • Milliy va ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot inson qadri, uning manfaatlari va ehtiyojlari bilan bog’liq masalalarni dolzarblashtirib yubordi. Talaba yoshlarni yuksak ma’naviyatli shaxs qilib tarbiyalash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, global fikrlash malakasini hosil qilish, dunyoqarashi va fikrlash qamrovini aqliy-kasbiy salohiyatiga uyg’unlashtirish asosiy vazifamizdir. Bu vazifani bajarishda esa diniy ta’limotlarning ijobiy ta’siri salmoqlidir. Din bag’rida shakllangan ma’naviyaxloqiy qadriyatlarning vujudga kelish sabablari, ularning kishilarga ijobiy ta’sirchanlik masalalarini ilmiy jihatdan o’rganish va bu ma’naviy- axloqiy qadriyatlardan foydalanish katta ahamiyatga ega bo’lmoqda.

  • Dinshunoslik fani mustaqil soha sifatida ajralib chiqishi bilanoq tarix, antropologiya, sotsiologiya, psixologiya etnografiya, mifologiya, usullarini o‘zlashtirdi, o‘zi ham gumanitar fenomenologiya, filologiya, falsafa va boshqa fanlar bilan birlashib, ularni yangi bilimlar bilan boyitdi. Natijada tarixiy,falsafiy, mifologik, sotsiologik, antropologik va boshqa maktablar, yo‘nalishlar va o‘ziga xos metodologiya paydo bo‘ldi10. Hozirgi zamon dinshunoslik metodologiyasida fanlararo yondashuvdan hamda nazariy, amaliy, tavsifiy, formal ilmiy usullardan keng foydalaniladi. Dinni o‘rganishning asosiy nazariy yo‘nalishi uni falsafiy tadqiq qilish hisoblanadi. Falsafa tabiat, insoniyat jamiyati va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy qonunlari haqidagi fan bo‘lganligi tufayli, bu ta’kid umuman shubhasizdir. Dinni falsafiy jihatdan o‘rganish an’anasi antik davrdan boshlanadi. U keyinchalik, o‘rta asrlarda islom falsafasida davom ettirildi. Empirik tadqiqotlarning nazariy tadqiqotlar bilan o‘xshash va farqli jihatlari mavjud. Empirik usul ideallashtirilgan obyekt ustida kuzatish, o‘z-o‘zini kuzatish, tajriba o‘tkazish, eng avvalo, qiyoslash, o‘xshatish, tavsiflash, o‘lchash kabi aqliy amaliyotlarni qamrab oladi.

  • Dinshunoslikning kompleks ilmiy fan sifatida shakllanishi ildizlari qadimda boshlangan bo‘lib, u qator olimlar – tarixchilar, faylasuflar, psixologlar, jamiyatshunoslar, tilshunoslarning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari mahsulidir. Zamonaviy dinshunoslikning qaror topishida ijtimoiy-gumanitar soha olimlarining fanlararo tadqiqotlari muhim rol o‘ynadi. Odatda diniy muomala jamiyatdagi xalqaro, etnik, konfessiyalararo aloqalar bilan bog‘liq. Din sotsiopsixologiyasi uchun afsonalar, san’at, tarixiy yilnomalar boy material beradi. Ularda davlat va din hamda konfessiyalararo munosabatlar, diniy e’tiqod, hissiyot va amaliyot o‘z aksini topgan.

  • Din vujudga kelgan vaqt to‘g‘risida ko‘p lab qarama-qarshi fikrlar mavjud. Evolyutsion nazariya vakillari fikriga ko‘ra din fikrlovchi inson bilan birgalikda ibtidoiy jamoada paydo bo‘lgan, so‘ng dinning arxaik shakllari: animizm, sehrgarlik, totemizm, fetishizm murakkablashib bosqichma-bosqich fanga aylangan. Falsafada dastavval, mifologik ong negizida diniy va falsafiy fikrlash usuli paydo bo‘lgan, so‘ng xudolar haqidagi tasavvurlar hamda ibodat shakllari, ruhoniylar va diniy tashkilotlar vujudga kelgan, degan fikr ustunlik qiladi. Xuddi shunday fikrlar ko‘p incha dinshunoslikning paydo bo‘lishi vaqtiga nisbatan ham

qo‘llaniladi

  • Filologik yondashuv dinni o‘rganish uchun tarkibiy lingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika, adabiyotshunoslik, tarjima nazariyasi, mantiq kabi fanlarning boy xazinasidan foydalanadilar. Formal metodologiya esa din rivojlanishining tarixiy-mantiqiy jarayonlarini, tillarni mantiqiy tahlil qilishga yo‘naltirilgan (O.Kont, L.Vitgenshteyn). Manbashunoslik, paleografiya, narratologiya kabi filologiya fanlarida ham din o‘rganiladi: ya’ni, diniy atamalar, matnlar, janrlar, ularning vujudga kelishi, ularning o‘zgarishi va hokazolar. Paleografiya (grekcha palaiós – qadimiy va gráphō – yozaman) qadimiy qo‘lyozmalarni o‘qish, ular yozilgan vaqt va joyni aniqlash maqsadida o‘rganuvchi filologiyaga oid fan. Narratologiya (lotincha narrare – hikoya qilmoq) hikoya nazariyasini, hikoya va tarix orasidagi munosabatni, matn (diskurs)ni lingvistik tadqiqot obyekti sifatida o‘rganuvchi filologiyaga oid fan.

  • Qiyosiy-tarixiy va tavsifiy usullar din tarixining asosiy usullari sanaladi. Dinlarni tarixiy tahlil qilishni retrospektiv asosda, ya’ni diniy e’tiqodlar vujudga kelishi va taraqqiyotining tarixiy xususiyatlarini muayyan tarixiy davr bilan bog‘liq ravishda amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari tarixiy tahlilni diniy qadriyatlar, diniy ong, diniy xatti-harakat, diniy tashkilotlarning tuzilishi, funksiyalari va tizimini nazariy tadqiq etish bilan to‘ldirish, ya’ni masalaga tizimli yondashish zarur. Diniy muhitni o‘rganish konkret-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy hodisalar bilan yaqin aloqada amalga oshiriladi.

  • Falsafiy yondashuv dinning vujudga kelishini insonning tabiiy va ijtimoiy hodisalarni bilishga ehtiyoji bilan tushuntiradi. Nemis faylasufi Gegel (1770-1831) dinga insonning Absolyut ruhga munosabati sifatida qaragan. Uning fikriga ko‘ra din ham, falsafa ham Absolyutga erishishga intiladi, ammo turlicha tarzda, din – obrazlar yordamida, falsafa esa – mantiqiy tushunchalar yordamida. Gegel dinni anglashda aql-idrokning hal qiluvchi ahamiyatini ta’kidlab: “Tafakkur dinga ziyon yetkazadi, din tafakkur bilan qancha kamroq bog‘lansa, shunchalik mustahkam bo‘ladi, degan fikr o‘taketgan yanglishishidir. Bu anglashilmovchilik oliy ma’naviy munosabatlarni mutlaqo tushunmaslikdan kelib chiqadi”, deb yozgan. Gegel ratsionalist bo‘lib, dinda uni avvalo ratsional soha qiziqtirar edi, shu sababli u dinning asosi aql, deb hisoblardi. Faqat aql din mohiyatining tub ildizlarini idrok etadi. Gegel nazaridagi Xudo – bu tafakkur va tushuncha orqali anglangan Mutlaq G‘oya, Absolyutdir11. Fikr va tushuncha bilan idrok etilishi sababli dinning hissiy jihati keyingi o‘ringa, ya’ni diniy tajribaning kechinmalari qatoriga o‘tib qoladi.


  • Yüklə 100,82 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin