1–topshiriq. Sifat turkumi yuzasidan o‘quvchilarda qanday ko‘nikma va malakalar hosil qilinadi ? Tarmoqlash usulida javob tayyorlang. Har bir kalit so‘zni izohlab bering.
Namuna
Boshqa so‘z turkumlaridan belgi bildiruvchi so‘zlarni farqlay oladilar
2–topshiriq. Sifat turkumini sinflar bo‘yicha rejalashtirish jadvalingizni doskaga qo‘ying. Guruhlar bir-birlarining rejasidagi kamchiliklarni aniqlaydi va izohlab beradi.
3–topshiriq. «Lahzada aql charhi» o‘yini. Konvertda berilgan savollarni kichik guruhga bo‘lib oladilar va javobini aytadi.
1-guruh uchun savol va topshiriqlar. Sifatni o‘rganishning tayyorlov davri maqsadi va ish turlarini ayting.
Sifat atamasi bilan tanishtirishda o‘quvchilarning qaysi bilimlariga asoslaniladi?
Sifatning ma’no turlarini qaysi metodlarda o‘rgatishni samarali deb hisoblaysiz?
Sifatni o‘tishda qanday leksik mashqlar uyushtiriladi?
2-guruh uchun savol va topshiriqlar. Sifatni o‘rganishning birinchi bosqichi maqsadi va vazifalarini ayting?
Sifat yasovchi qo‘shimchalarni o‘rgatishda o‘quvchilarning qaysi bilimlariga asoslaniladi?
Sifatning belgisini kuchaytirib va kamaytirib ifodalanilashini qaysi usulda tushuntirasiz.
Sifatni mustahkamlashda qaysi imloviy mashqlardan foydalaniladi?
2-ilova 269-mashq. Matnni o‘qing. Qanday?, qanaqa?so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni o‘zi bog’langan ot bilan ko‘chiring.
Qor yog’yapti. Bolalarni beg’ubor qalbi daryoday to‘lib toshyapti. Bahorda ko‘m-ko‘k o‘tloqlardan oppoq kapalaklarni ushlamoqchi bo‘lganday har bir zarrachaga talpinishadi. Qorning bir parchasi qizchaning oppoq hovuchiga qo‘ndi. Qor qizchaning qo‘lida tip-tiniq shudring tomchisiga aylanadi. Bir zumda hamma yoq choyshabga burkanadi. Bolalar oppoq qorlarni dumaloqlab , qorbo‘ron o‘ynashdi.
Sifatlar nimaning (narsa yoki Shaxsning) belgisini bildiryapti? Beg’ubor so‘ziga ma’nodosh so‘zlar topib yozing.
278-mashq. O‘qing. Birikmalardan qatnashtirib gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringizdan matn hosil bo‘lsin. Matnga sarlavha qo‘yib yozing.
Ayyor tulki, katta tulki, oppoq qor, qalin qor, chiroyli archa, ko‘m-ko‘k archa, musaffo havo, sovuq havo.
282-mashq. O‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan sifatlarga berilgan sifatlar ichidan yaqin ma’nolilarini toping, namunadagidek yozing.
Namuna: ko‘rkam, chiroyli, …