2–topshiriq. Sifat yasovchi qo‘shimchalar mavzusidagi darsning yangi tushunchani shakllantirish fragmentini yoriting.
3–topshiriq. Darslik materiallari va qo‘shimcha ta’limiy vositalar ustida ishlash.
270-mashq. She’rni ichingizda ifodali o‘qishga tayyorlaning.
Mitti, barra qo‘zilarim,
Go‘zal, sara qo‘zilarim.
Badanlari tak do‘ziday ,
Tunda osmon yulduziday .
|
|
Jingalik jun ko‘rinishda.
Go‘yo nafis ipak kashta.
Gard yuqtirmay ustingizga,
O‘zim cho‘pon bo‘lay sizga.
|
Qambar O‘taev .
So‘roqlar yordamida sifatlarni aniqlang, o‘zi bog’langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
281-mashq. Berilgan sifatlarga mos gul nomlarini toping, birikma tuzing.
Qizil, sariq, qora, pushti, oq, ko‘k.
Birikmalar ishtirokida to‘rtta gap yozing.
287-mashq. Sifatlarning ma’no turlariga misol toping, qatorlarni davom ettiring.
Rang-tus: moshrang, …
Maza-ta’m: nordon, …
SHakl: qiyshiq, …
Hajm: baland, …
Xil-xususiyat: muloyim, … .
289-mashq. Topishmoqni o‘qing, javobini toping va yoddan yozing.
Marjon-marjon yumaloq,
Yaproqlari shapaloq,
Qora, qizil, sariq, oq,
Eb ko‘rmasdan o‘ylab boq.
G’.G’ulom
Sifatlar qaysi narsaning belgisini bildiryapti? Sifatlarni toping. Rang bildirgan sifatlarning tagiga chizing.
297-mashq. O‘qing. Avval shakllarning xususiyatini keyin narsalarning xususiyatini bildirgan sifatlarni aniqlang, o‘zi bog’langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
Dostları ilə paylaş: |