Simistorlar asosida quvvat rostlagichlari



Yüklə 442,68 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü442,68 Kb.
#137493
Simistorlar asosida quvvat rostlagichlari


Simistorlar asosida quvvat rostlagichlari
O’zagaruvchan tok orqali ta’minlanadigan istemolchilarning quvvatini boshqarish uchun simistor deb ataluvchi ko’p qatlamli yarimo’tkazgich asboblardan foydalaniladi. Simistor ikkita tiristorni bir biriga ulash orqali hosil qilinadi. Bunda triristorlar bir biriga teskari ulanadi. Ya’ni birinchi tiristorning katodi ikkinchi tiristorning anodiga ikkinchi tiristorning katodi esa birinchi tiristorning anodiga ulanadi. Boshqaruvchi elektrodlar esa umumiy xolda ulanadi. Tiristorlarni bunday ulash yordmida o’zgaruvchan tokni to’g’rilamasdan turib ham kirish kuchlanishining har ikkala davrini ham nazorat qilish imonini beradi. O’zgaruvchan tokga ishlovchi qurilmalarni quvvatini boshqarishada bunday boshqaruv sxemalari qulay xisoblanadi. Bunday ikkita tiristor sxemasini bitta korpusda ishlab chiqilgan ko’rinishi simistor deb ataladi. Signallninh manfiy yarim davrida bitta tiristor musbat yarim davrida esa ikkinchi tiristor kalit elemeni sifatida ishlaydi. Boshqaruv signali esa ikkala element uchun ham umumiy bo’ladi. Simistorni boshqarish uchun esa maxsus boshqaruv sxemasi talab qilinadi. 1-rasmda simistor uchun boshqaruv sxemasini proteus dasturida yig’ilgan ko’rinishi ko’rsatilgan.

1-rasm. simistorli boshqaruv sxemasining modellashtirish dasturida yig’ilgan ko’rinishi.
1-rasmda berilgan sxemada simistor U1 deb qyd qilingan. Simistor chiqishga ya’ni istemolchiga ketma-ket ulangan. R1 rezitor va RV1 potensiometr yordamida C1 kondesatorning zaryadlanish vaqti va chiqish quvvati rostlanadi. D1 dinistor simistorga ochilish va yopilishi uchun buyruq beradi. RV1 potensiometrning qarshiligi qanchalik katta bo’lsa C1 kondensatorning zaryadlanishi kechikadi. Kondensatorning uchlaridagi kuchlanish yordamida simistorning ochilish va yopilish vati nazorat qilinganligi uchun chiqish quvvati ham RV1 reostatning qarshiligiga teskari proporsional o’zgaradi. Bunday rostlagichlar yordmida payalnikning quvvatini ham rostlash mumkin. Ushbu sxemaning tayyor ko’rinishi 2 va 3-rasmlarda ko’rsatilgan.

2-rasm. simistorli quvvat rostlagichning tashqi ko’rinishi.

3-rasm. simistorli quvvat rostlagichning ishlash jarayoni.
Yüklə 442,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin