Sana:18.02.2020
Sinf: 3-sinf
Mavzu: Sifatlarning otga bog’lanishi
Darsning maqsadlari: Ta’limiy: o’quvchilarning sifat haqida tushunchalarini kehgaytirish, sifatlarning otga bog’lanib, ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishini tuhuntirish; rang-tus, maza-ta’m va hajmni bildirgan sifatlarni farqlay bilishga o’rgatish:
Tarbiyaviy:o’quvchilarni ajdodlarimiz qoldirgan komil insonga xos ijobiy sifatlarni shakllantirishga yaxshilikni o’ziga shior qilib olishga o’rgatish;TK3: doimiy ravishda o’z-o’zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intelektual rivojlantirish;
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni ma’nosiga ko’ra farqlash malakalarini o’stirish, xususiyat bildiruvchi sifatlar bilan nutqini o’stirish, badiiy asar qahramonlariga tavsif berishga, unda xususiyat bildiruvchi sifatlardan o’rinlifoydalanishga o’rgatish.FL1: Berilgan topshiriq, soda matnlarni tinglab tushuna oladi.
O'qib - uqib biz doim, Komil inson bojamiz! Kelajakda albatia, Yuksaklarga chiqamiz! O’qituvchi: Bugun darsda kim navbatchi?
O’quvchi: Bugun darsda men navbatchiman. Bugun 2020-yil 18-fevral. Haftaning seshanba kuni. O’lkamizda qish fasli. Sinfxonamiz toza, ozoda, dars o’tish uchun barcha qulayliklarga ega. Sinfdagi 21 nafar o’quvchilarning barchasi darsga tayyor. Hozir darsimiz ona tili.
O’quvchilar ikki guruhga bo’linadilar: “Milliy bank” va “Xalq banki”. Jamoalar dars davomida topshiriqlarni bajarish orqali pul mablag’larini yig’adilar. Har bir topshiriqlardan so’ng o’quvchilar pul namunalari bilan rag’batlantiriladi. Dars yakunida eng ko’p mablag’ to’plagan guruh g’olib bo’ladi.
Guruhlarda ishlashning oltin qoidalari:
1.Intizomli bo’lish;
2. Darsda faol qatnashish;
3.Izlanuvchanlik;
4.Qo’l qo’tarib, fikrlarini erkin bayon qilish;
5.O’zganing fikrini hurmat qilish;
6.Vaqtdan unumli foydalanish.
Darsga qanday kayfiyat bilan keldingiz? (belgilang)