Sinf: 3-sinf Mavzu


O’tilgan mavzuni takrorlash



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə2/3
tarix04.01.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#121986
1   2   3
Sifat

O’tilgan mavzuni takrorlash:

Uy vazifasini tekshirish uchun “O’z-o’zini tekshirish” usulidanfoydalaniladi. Bunda bir o’quvchi mashq matnidagi sifatga so’roq berib aniqlaydi, boshqalar javobni tekshiradilar.
265 -mashq. O‘qing. Sifatlarga so‘roq bering.
Bir tomoni keng o‘tloq,
Bir tomoni qorli tog.
Go'zal va nurli makon,
Mening aziz qishlog'im.
Safar Barnoyev
Yozing. Sifatlarni aniqlab, tagiga to‘lqinli chiziq chizing.
O’quvchilar bilimini aniqlash maqsadida savol-javob o’tkaziladi.

  • Qanday so’z turkumlarini bilasiz?

  • Ot deb nima aytiladi?

  • Otlarning ko’plik shakli qanday hosil qilinadi?

  • Sifat deb nimaga aytilai?

  • Sifat so’z turkumning so’roqlarini aytinng.

  • Sifat shaxs yoki narsa-buyumning qanday belgi-xuxusiyatini bildiradi?

Aylanma daftarlar almashtirilib, husnixat daqiqasi o’tkaziladi.
Husnixat daqiqasi:
Karimaga onasi qiziqarli kitob sovg’a qildi. Karima kitobni qiziqib o’qidi.

  1. Yangi mavzuni tushuntirish:

Sifatlarnig otga bog’lanib kelishini mustahkamlash va ularning gapda ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelishi quyidagicha tushuntiriladi: yaylovda o’tlab yurgan toychani tasvirlivchi rasmni doskaga osib, unga o’quvchilar diqqati qaratiladi.

  • Rasmda nimalar ko’ryapsiz? (Yaylov, o’tloq, toycha, bolalarni ko’ryapmiz.)

  • Yaylov qanday? (Keng, ko’m-ko’k, bepoyon.)

  • O’tlar qanday? (Ko’m-ko’k, barra.)

  • Toychoq qanday? (Yosh, jajji, sho’x, o’ynoqi.)

  • Toychoq nimaning bolasi? (Tooychoq otnng bolasi.)

  • Toychoq, o’tloq haqida 5-6 ta gap tuziladi. Tuzilgan gaplardan ikkitasi tanlab olinadi. (Ko’m-ko’k o’tloq qo’y-qo’zilarni chorlaydi. Sho’x, o’ynoqi toychoq yaylovda o’tlayapti.)

  • Birinchi gapni o’qing. Gap nima haqida aytilgan? (O’tloq haqida)

  • Shu gapda ega nima bilan ifodalangan? (Ot bilan ifodalangan.)

  • Ikkinchi gap ham shunday tahlil qilinadi.

  • Demak, sifat gapda otga bog’lanib, ikkinchi darajali bo’lak vazifasida kelar ekan, degan xulosa chiqariladi.

Mavzuni o’quvchilar qay darajada o’zlashtirganini bilish uchun multimedia ilovasidan foydalaniladi.
1-topshiriq.

  • Sifatlarni topib ularga so’roq bering. Sifatlarni to’lqinli, shu sifatlar bog’lanib kelgan otlarni to’g’ri chiqiq bilan belgilang.

Tinmay oqar tiniq suv,
Keng dalalar qo’ynida.
Ko’m-ko’k bog’lar, gulzorlar,
Qalin o’rmon ichida.
U o’stirar borliqni,
Oq paxtani, bug’doyni,
Shirin-shakar qovunni,
Olma, o’rik va donni.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin