Darslik bilan ishlash: 266-mashqda so’roqlar o’rniga otlarga mos sifatlar topib, birinchi qatordagidek qilib ko’chirish topshirig’i beriladi.
Qanday qatiq? – quyuq qatiq Qanaqa osmon? – tiniq osmon Qanday tog’? – baland tog’ Qanday uy? – katta uy Qanaqa ayiq? – oq ayiq Qanday shamol? – mayin shamol Osmon, shamol, uy so’zlariga xos yana qanday belgilarni bilasiz? Yozishda davom ettiring.
Foydalanish uchun so’zlar: tiniq, oq, mayin, baland, katta.
Saylanma diktant:Saylanma diktant 267-mashq matni asosida o’tkaziladi. Bunda o’quvchilardan matndn siftlarni aniqlab, o’zi bog’langan so’z bilan birikma tarzida yozishlari talab etiladi.
KAPALAKLAR Bahor kunlari edi. Saxiy quyosh olamga nur sochmoqda. Chamanzorda har xil kapalaklar uchib o‘ynaydi. Gul, chechaklarga qo‘nib, ularning shirasidan oziqlanadi. Mana, oq gulga oq kapalak, qizil gulga ola-bula kapalak, sariq gulga sariq kapalak qo‘ndi. Uzoqdan bir qushcha uchib keldi. U qizil guldagi ola-bula kapalakni ko‘rib, uni osongina tutib oldi. O’qituvchi gaplarni birma-bir o’qiydi. O’quvchilar gapni diqqat bilan tinglab, sifatlar bilan bog’lanib kelayotgan so’zlarni aniqlab, o’zi bog’langan ot bilan yozadilar. Dam olish daqiqasi:
“Xotira mashqi” o’tkaziladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
2-topshiriq (multimedia ilovasi orqali bajartiriladi)
Otlarga xos belgini bildirgan sifatlar tanlab gaplarni o’qing.
Qudratli kran og’ir yuklarni bemalol ko’taradi.
Mayin shamol xushbo’y hid taratadi.
Qushlarning yoqimli ovozi kishiga zavq bag’ishlaydi.
“Zinama-zina” boshqotirmasi:
6
O
q
5
T
O
r
4
q
O
R
a
3
q
i
Z
I
l
2
b
a
l
A
N
d
1
b
i
l
a
g’
o
n
Do’stim a’lochi - …
Ulkan, katta - …
Yo’lchiroqning birinchi rangi …
Atrofni … bulut qopladi.
Keng emas …
Paxta rangi…
O’g’zaki savol-javob o’tkaziladi:
Sifat gapda qaysi so’z turkumiga bog’lanadi?
Sifatlar gapda qanday vazifada keladi?
Sifatlar ninaning belgi-xususiyatini bildiradi?
Nutqimizda sifatlar nima uchun ishlatiladi?
O’quvchilarni baholash:
Guruhlar to’plagan mablag’lar hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi va rag’batlantiriladi.
Uyga vazifani tushuntirish: