sinf Ajratilgan vaqt: soat 1-qism: Har bir topshiriq 1,1 balldan baholanadi 1



Yüklə 484,02 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix03.11.2022
ölçüsü484,02 Kb.
#118924
Savollar 6-sinf Uzb



6-sinf 
Ajratilgan vaqt: 2 soat 
1-qism: Har bir topshiriq 1,1 balldan baholanadi 
1. 
Maktabdagi 400 ta o’quvchining 250 tasi aniq fanlarga, 160 tasi esa tabiiy 
fanlarga qiziqadi. 30 ta o`quvchi esa faqatgina sportga qiziqadi. (Sportdan boshqa narsaga 
qiziqmaydi). Nechta o’quvchi ham aniq ham tabiiy fanlarga qiziqadi? 
2. 
Qutida 200 ta olma bor edi. Asila o’ziga bir nechta olma oldi; Botir esa 
Asilanikidan 3 marta ko’p oldi; Toxir esa Asilanikidan 3 marta kam olma oldi. Qutida 
eng kamida nechta olma qolgan bo’lishi mumkin? 
3. 
11:00 da 
𝐴 shahardan 𝐵 shaharga qarab yengil mashina 60 km/soat tezlik bilan, 
xuddi shu vaqtda 
𝐵 shahardan 𝐴 shaharga esa yuk mashinasi yo`lga chiqdi(yuk mashina 
tezligi yengil mashina tezligidan kam). Ular 15:00 da shaharlar orasidagi masofa 
o`rtasidan 40 km uzoqlikda uchrashgan bo`lsalar, yuk mashina tezligini toping. 
4. 
To`g`ri to`rtburchakning eni 6 
𝑐𝑚, bo`yi esa 5 𝑐𝑚 qisqartirilgandan keyin kvadrat 
hosil bo`ldi. Agar dastlabki to`g`ri to`rtburchak yuzi 132 
𝑐𝑚
2
bo`lsa, kvadrat perimetrini 
toping. 
5. 
Sinfda 27 ta o’quvchi bor. Har bir o’g’il bola 4 ta qiz bola bilan, har bir qiz bola 
esa 5 ta o’g’il bola bilan do`stlashgan. Sinfda nechta qiz bola bor? 
2-qism: Har bir topshiriq 2,3 balldan baholanadi 
6. 
Bog’da eman va chinor daraxtlari o’sadi. Chinorlar daraxtlarning 60 foizini 
tashkil qiladi. Bahorda bog’da eman daraxtlarini ekishdi, shundan keyin chinorlar 
daraxtlarning 20 foizini tashkil qildi. Kuzda chinorlar ekildi va ular yana daraxtlarning 
60 foizini tashkil qildi. Bir yil ichida bog’dagi daraxtlar soni necha marta ko’paydi? 
7. 
Uchta turli xil natural sonlar yig`indisi 162 ga teng. Agar ixtiyoriy ikkitasining 
yig`indisi boshqasiga bo`linsa, bu sonlar ko`paytmasini toping. 
8. 
Doira uchburchakning ustiga qo’yilganda ko’pi bilan uchburchakning 70% 
qismini yashiradi. Agar aksincha shu uchburchak o’sha doiraning ustiga qo’yilganda, u 
ko’pi bilan doiraning 3/5 qismini yashiradi. Agar doira yuzi 140 cm
2
ga teng bo’lsa, 
uchburchak yuzi va doira yuzi farqini toping. 
9. 
5 ta futbol jamoasi turnir o’tkazdi, bunda har bir jamoa boshqasi bilan 1 martadan 
o’ynadi. G’alaba uchun 3 ta ochko, durrang uchun – 1 ochko, mag`lubiyat esa 0 ochko 


bilan baholandi. 4 ta jamoa mos ravishda 1, 2, 5 va 7 ochko olishdi. Beshinchi jamoa 
necha ochko olgan? 
10. 
Doskada ketma-ket bir nechta dastlabki natural sonlar yozilgan. Bittasi 
o’chirilganda, qolganlarning yig’indisi 89 bo’ldi. Qaysi son o’chirilgan? 
3-qism: Har bir topshiriq 3,6 balldan baholanadi 
11. 
Jahongir 100 qavatli uyda yashaydi. Uyning liftida faqatgina ikkita tugma 
mavjud: Bular “+11 qavat” va “-7 qavat”. Tugmalarni bir necha marta bosish mumkin. 
Lift ikkita qo`shni qavat orasini 1 sekundda bosib o`tadi. Jahongir 1-qavatdan 25-qavatga 
chiqishi uchun eng kamida necha sekund vaqt sarflaydi? (Lift faqatgina mavjud 
qavatlarga bora oladi) 
12. 
Abror bir qancha vaqt bekatda turdi. Bu vaqt ichida bitta avtobus va ikkita 
tramvay o’tdi. Biroz vaqt o’tgach xuddi shu bekatga Said keldi. U o’sha yerda o’tirganida 
10 ta avtobus o’tdi. Bu vaqt ichida kamida nechta tramvay o’tgan bo’lishi mumkin? 
Avtobuslar ham, tramvaylar ham teng intervalda harakatlanishadi.
13. 
𝑎, 𝑏, 𝑐, 𝑑 turli raqamlar bo`lib, bunda 𝑎𝑏 va 𝑐𝑑 ikki xonali sonlar. Jami nechta 
𝑎, 𝑏, 𝑐, 𝑑 to`rtliklar uchun 7 ≤
𝑎𝑏
𝑐𝑑
o`rinli. 
14. 
20×20 kvadrat maydonning chap yuqori katagida 4 ta tipratikan turibdi. Bir 
harakatda tipratikanlarning biri bitta katak o'ngga yoki pastga yuradi. Bir nechta 
harakatlardan so'ng, barcha tipratikanlar pastki o'ng katakga joylashdi. Kamida bitta 
tipratikan tashrif buyurgan kataklar soni eng ko’pi bilan nechta bo’lishi mumkin? 
15. 
Sardorda 130 ta taxta bor. 5 ta taxtadan u o'yinchoq tegirmonini, 7 ta taxtadan 
paroxodni, 14 ta taxtadan esa samolyotni yasashi mumkin. Samolyotnig narxi 19 oltin, 
paroxodniki 8 oltin, tegirmonniki esa 6 oltin. Sardor ko’pi bilan nechta oltin ishlab topishi 
mumkin? 

Yüklə 484,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin