Sinusoidal e. Y. U. K. Ni hosil qilish. Sinusoidal o’zgaruvchan tokning asosiy tavsiflari. Reja


Sinusoidal funkstiyaning ta’sir etuvchi qiymati



Yüklə 17,42 Kb.
səhifə4/5
tarix24.11.2023
ölçüsü17,42 Kb.
#133982
1   2   3   4   5
Sinusoidal e. Y. U. K. Ni hosil qilish. Sinusoidal o’zgaruvchan -fayllar.org

Sinusoidal funkstiyaning ta’sir etuvchi qiymati. Har qanday elektr zanjiridagi tokning qiymatini bilish, baholash yoki aniqlash muhim ahamiyatga ega.
O’zgarmas tok zanjirida tok miqdori doimo o’zgarmas bo’lgani uchun uni elektr zanjiri qonunlari yoki o’lchash asboblari yordamida o’lchash mumkin. O’zgaruvchan tok zanjirida esa tok o’z yo’nalishi va qiymatini uzluksiz o’zgartirib turadi, shuning uchun uni ixtiyoriy lahzadagi oniy qiymatlar orqali baholab bo’lmaydi. Shu boisdan o’zgaruvchan tokning ta’sir etuvchi (effektiv) yoki o’rtacha qiymatidan foydalaniladi.
Umumiy holda, o’zgaruvchan tokning ta’sir etuvchi qiymati deb, mazkur tokning T davr ichida R qarshilikdan o’tayotib, xuddi shu kattalikdagi o’zgarmas tok ta’sirida ajralib chiqadigan issiqlik miqdoriga ekvivalent bo’lgan qiymatiga aytiladi.
Ma’lumki, o’zgarmas tokning R qarshilikdan T davr ichida o’tishida ajralib chiqqan issiqlik miqdori

Shu davrda R qarshilikdan o’tgan sinusoidal tok ta’siridan ajralib chiqqan issiqlik miqdori esa

Quyidagi o’zgartirish natijasida

chunki


Demak,

Ikkala tok issiqlik ta’sirining ekvivalentlik sharti ga binoan


yoki
yoki
(3.9)
Demak, sinusoidal o’zgaruvchan tokning ta’sir etuvchi qiymati uning maksimal qiymatidan marta kichikdir.
Yuqoridagi o’xshash yo’l bilan sinusoidal o’zgaruvchan EYuK va kuchlanishlarning ham ta’sir etuvchi qiymatlarini yoza olamiz:
; (3.10)
(3.11)
O’zgaruvchan tok zanjiridagi barcha o’lchov asboblari sinusoidal kattaliklarning ta’sir etuvchi qiymatlarini o’lchashga mo’ljallangan.
Sinusoidal kattaliklarning ta’sir etuvchi qiymatlari o’zgaruvchan va o’zgarmas tok zanjirlari orasidagi asosiy qonuniyatlarni bog’lashda o’xshash matematik ifodalar olinishiga imkon beradi.
Sinusoidal kattaliklarning o’rtacha qiymati. Ba’zan elektr zanjirlarining va o’zgaruvchan tok qurilmalarining ishlashi tahlil qilinganda sinusoidal o’zgaruvchan kattaliklarning o’rtacha qiymatini aniqlash kerak bo’ladi. Umuman, sinusoidal kattaliklarning davr ichidagi o’rtacha qiymati nolga teng bo’lganidan uning musbat yarim davrdagi o’rtacha qiymati inobatga olinadi (3.7-rasm). U holda tok

ning o’rtacha qiymati:


(3.12)
Demak, sinusoidal tokning o’rtacha qiymati musbat yarim davrdagi oniy toklar yig’indisining o’rtacha arifmetik qiymatiga teng.
Yuqoridagi o’xshash yo’l bilan EYuK va kuchlanishning ham o’rtacha qiymatlarini topish mumkin:
(3.13)
(3.14)
O’zgaruvchan tok ta’sir etuvchi qiymatining uning o’rtacha qiymatiga nisbati (I/Iur) sinusoida shaklining koeffistienti Kf ni ifodalaydi:
(3.15)
Olingan nisbat sinusoidal o’zgaruvchan kattaliklarning o’rtacha qiymatlari ma’lum bo’lsa, ularning ta’sir etuvchi qiymatlarini aniqlash va aksincha, ta’sir etuvchi qiymatlari ma’lum bo’lsa, o’rtacha qiymatlarini aniqlashga imkon beradi:


Yüklə 17,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin