O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI “UMUMIY FIZIKA VA QURILISH MUHANDISLIGI” KAFEDRASI “UMUMIY ELEKTROTEXNIKA” FANIDAN TAYYORLANGAN TAQDIMOT DENOV-2023
UMUMIY ELEKTROTEXNIKA
Umumiy soat 120 soat
Maruza: 30 soat
Amaliy mashg’ulot: 14 soat
Laboratoriya mashg’ulot: 16 soat
Mustaqil ta’lim: 60 soat
Kredit: 4
Oraliq nazorat: test shaklida 20ta savol har biri 1 balldan umumiy 20 ball, minimal o’tish 12 ball
Mustaqil ta’lim: Besh qismdan iborat har bir qism 6 balldan umumiy 30 ball, minimal o’tish 18 ball
Yakuniy nazorat: test shaklida 50ta savol har biri 1 balldan umumiy 50 ball (Hemis platformasida offline), minimal o’tish 30 ball
MAVZU: ELEKTR ZANJIRI VA UNING ELEMENTLARI. ELEKTR ZANJIRLARINING ASOSIY QONUNLARI
Reja:
Elektrotexnika faniga kirish
Elektr toki haqida tushuncha
Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari
Murakkab elektr zanjirlarni hisoblash
Xulosa.
ELEKTR ZANJIRI VA UNING ELEMENTLARI. ELEKTR ZANJIRLARINING ASOSIY QONUNLARI
Elektrotexnika - elektr zanjirlarida, elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining hosil bo’lish hamda o’zgarish qonuniyatlarini o’rganadigan fan va texnika sohasidir.
Har qanday elektr zanjiri o‘zaro simlar bilan biriktirilgan bitta yoki bir nechta elektr energiyasi manbalaridan va iste’molchilaridan iborat bo‘ladi. Shuning uchun elektr zanjiri deb, elektr tokini hosil qiluvchi va uning oqib o‘tishini ta’minlash uchun berk yo‘l hosil qiladigan qurilmalar yig‘indisiga aytiladi. Elektr zanjirlarini shartli belgilar yordamida tasvirlash elektrik sxema deb ataladi.
Elektr zanjiri asosan, elektr energiyasining manbai - E, elektr energiyasining iste’molchisi (yuklama)- , birlashtiruvchi simlar (masalan, elektr uzatish liniyasi) va zanjirni ulab-uzish uchun moslama (ulagich) – K kabi elementlardan tashkil topgan.