Elektr energiyasini iste’molchilarga uzatish elektr liniyalari orqali amalga oshiriladi. Elektr energiyasini energiyaning boshqa turlari (mexanik, issiqlik, ximiyaviy, yorug‘lik va h.) ga aylantirib beruvchi moslamalar (elektr dvigatellari, elektr pechlar, elektrolazerlar, elektr yoritish asboblari va b.) elektr iste’molchilar deyiladi.
1.3-rasmda ko‘rsatilgan elektr zanjirida elektr energiyasining manbai (akkumulator) mazkur zanjirning ichki qismini iste’molchi (yuklama) - , ampermetr-A, ulagich - K, birlashtiruvchi sim (yoki liniya) zanjirning tashqi qismini (ya’ni, tashqi zanjirni) tashkil etadi. Ulagich K ulanganda berk zanjir (kontur) hosil bo‘lib, zanjirdan elektr toki o‘ta boshlaydi. Uning qiymatini ampermetr yordamida o‘lchash mumkin.

Zanjirdan o‘tayotgan elektr tokining qiymati yoki kuchi o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan vaqt (t) birligi ichida o‘tgan elektr zaryadlarining miqdori – q bilan aniqlanadi, ya’ni tok kuchi zaryadlarning harakat tezligiga proporsional kattalikdir:

.
Agar zanjirdan o‘tayotgan tokning yo‘nalishi va qiymati vaqt davomida o‘zgarmas bo‘lsa, bunday tok o‘zgarmas tok deyiladi va quyidagicha ifodalanadi: