Xalqaro birliklar sistemasi (SI) da elektr tokining o‘lchov birligi sifatida amper qabul qilingan. O‘tkazgichning ko‘ndalang kesimidan bir sekund davomida bir kulon elektr zaryadlari o‘tgandagi tok kuchi bir amperga teng bo‘ladi:
Elektr zanjirlari asosan ikki turga bo‘linib, ular tarmoqlanmagan va tarmoqlangan elektr zanjirlaridir.
Elektr zanjirlari asosan ikki turga bo‘linib, ular tarmoqlanmagan va tarmoqlangan elektr zanjirlaridir.
Agar berk zanjirning barcha qismlaridan bir xil qiymatdagi tok o‘tsa, yani zanjir elementlari o‘zaro ketma-ket ulangan bo‘lsa, u holda bunday zanjir tarmoqlanmagan elektr zanjirlari deyiladi. (1.4, a – rasm).
Agar zanjir elementlari parallel ulanib, zanjir tarmoqlaridan turli xil qiymatdagi tok oqib o‘tsa, bunday zanjir tarmoqlangan elektr zanjirlari deyiladi. (1.4, b – rasm).
1.4 – rasm. Tarmoqlanmagan (a) va tarmoqlangan (b) elektr zanjirlar
ELEKTR ZANJIRLARINING ASOSIY QONUNLARI
Om qonuni elektr zanjiriga oid asosiy qonun bo‘lib, zanjirdagi tok va kuchlanish o‘zaro qanday nisbatda bog‘langanligini ifodalaydi. Bu qonunga ko‘ra tarmoqlanmagan berk zanjirdagi (konturdagi) tok EYuK ga to‘g‘ri proporsional, zanjirning to‘la qarshiligiga teskari proporsionaldir. Mazkur qonunga binoan elektr zanjirdagi tok quyidagicha ifodalanadi:
Bu yerda - manbaning ichki qarshiligi; - elektr uzatish liniya simining qarshiligi; - zanjirning to‘la qarshiligi.
Kirxgof qonunlari murakkab (ikki va undan ortiq konturli) elektr zanjirlarni hisoblash va ularning elektr holatlarini to‘la aniqlash uchun xizmat qiladi. Murakkab zanjirlar uchun tarmoq, tugun va kontur tushunchalari qo‘llanadi . Tarmoq - elektr zanjirining ma’lum bir qismi bo‘lib, ketma-ket birlashtirilgan qarshiliklar (rezistorlar), energiya manbalari va hokazolardan iborat. Tugun - elektr zanjirining uchta va undan ortiq tarmoqlarining birlashgan joyi. Kontur- zanjirining bir necha tarmoqlaridan iborat yopiq yo‘l. Masalan, 1.5-rasmdagi elektr zanjiri uchta tarmoq (bulardan ikkitasining energiya manbai bor) ikkita tugun va uchta konturdan iborat.