Guk qonuni. Har xil materiallar bilan o'tkazilgan tajribalardan ko'rinadiki, absalut bo'ylama deformatsiya steijenga ta’sir qilayotgan kuchga va uning uzxinligiea to'g'ri proporsional, kesim yuzasiga teskari proporsional bog’langan bo ladi, ya’ni:
Bunda , F- tasir etayotgan kuch(N), – sterjen uzunligi (mm) , A – sterjen kesim yuzi(mm²), E- sterjen materialini proporsionallik koeffisienti (mPa).
Demak, EA bikrlik qancha katta bo'lsa, absalut bo'ylama deformatsiya shuncha kichik, steijen uzunligi o'nga ta’sir qilayotgan kuch qancha kata bo'lsa, absalut bo'ylama deformatsiya shunchalik katta bo'ladi. Agar formulaning chap va o'ng tomonini ga bo'lsak va F/A= ekanligini e’tiborga olsak, quyidagi natijani olamiz:
Normal kuchlanish nisbiy bo'ylama deformatsiyaga to'g'ri proporsional ekan. Absolut va nisbiy bo'ylama deformatsiya formulalarini ingliz olimi Robert Guk isbotlagani uchun proporsionallik qonuni Guk qonuni deb nomlanadi.