2-rasm. Tomchining uzilishi Ingichka naychadan suyuqlik asta-sekin oqib tushayotganda tomchilar hosil bo’ladi. Tomchining hosil bo’lish tezligi suyuqlikning naychadan oqib tushish tezligiga bog’liq. Agar u kichik bo’lsa, vaqt birligi ichida hosil bo’luvchi tomchilar soni ham kichik bo’ladi.
Tomchining hosil bo’lishi suyuqlik sirt taranglik kuchining aniq qiymatiga ega bo’lishi tufaylidir. Suyuqlik naychadan oqib tushib to’plana boradi (tomchi ham hosil bo’la boradi) va tomchining og’irlik kuchi sirt taranglik kuchiga tenglashganda tomchi uzilib tushadi.
Tomchining og’irlik kuchi P sirt taranglik kuchiga tenglashgan paytda tomchi uziladi.
(4)
bu yerda r-tomchining uzilish joyidagi radiusi,
- suyuqlikning sirt taranglik koeffitsienti.
Amalda bir tomchi emas, balki n ta (50-100 ta) tomchining og’irligi tarozida tortilib, keyin bir tomchi uchun P topiladi:
(5)
u holda (5) quyidagi ko’rinishga keladi:
(6)
Bu formuladagi r ni eksperimental ravishda aniqlash qiyin. Shuning uchun (6) bilan topilganda aniqlik kichik bo’ladi.
Quyidagi usuldan foydalanilsa tomchining, radiusini o’lchamasdan ham ni aniqlash mumkin. Ikkita byuretka olinib, (5-rasm) ularning biriga ma’lum hajmdagi sirt taranglik koeffitsienti ma’lum bo’lgan suyuqlik, ikkinchisiga esa xuddi shu hajmdagi sirt taranglik koeffitsientini noma’lum bo’lgan suyuqlik solinadi va byuretkadan bir xil hajmdagi suyuqliklar oqib tushishida hosil bo’ladigan tomchilar soni sanaladi.
U holda birinchi suyuqlik uchun:
(7)
ikkinchi suyuqlik uchun:
(8)
(7) va (8) ga hadma-had bo’lsak va r1=r2=r deb olsak:
(9)
bunda:
(10)
Ana shu formula orqali larni bilgan holda, n1 va n2 larni sanab olib ni aniqlash mumkin.
Ishning bajarilish tartibi Dastlab yuvilgan toza byuretkalarga sirt taranglik koeffitsienti ma’lum va noma’lum bo’lgan suyuqliklar solinadi.
Har qaysi suyuqliklar bir xil V hajmdagi suyuqlik oqib o’tganda hosil bo’lgan tomchilar soni (n1 va n2) sanab o’tiladi.
va larning xona temperaturasidagi qiymatlari jadvaldan olinadi.
Olingan natijalardan foydalanib (10) formula yordamida tekshirilayotgan suyuqlik uchun ning qiymati aniqlanadi.