Egey tsivilizatsiyasi Yunoniston va Egeyda tarixdan oldingi tsivilizatsiyalar uchun umumiy atama. Kritdagi Minoan tsivilizatsiyasining markazi Knossosning ilk aholisi miloddan avvalgi VII ming yillikka to'g'ri keladi. Minoanlar miloddan avvalgi 2600 yildan 1450 yilgacha gullab -yashnagan., qachon ularning madaniyati Mikoen madaniyatining o'rnini bosgan bo'lsa, u Minoanlarni o'ziga tortdi.
Tarix mantiqiga yangiсha qarash Tarix fan sifatida ko`p bo`g`inli. U barcha insoniyatni taraqqiyotini o`rganishni (umumjahon tarixi), uning alohida bosqichlarini (qadimgi dunyo tarixi, o`rta asrlar va shunga o`xshash), alohida mamlakatlar, faoliyat turli yo`nalishlari ( iqtisodiyot tarixi, san`at, fan, urushlar va boshqalar) o`z ichiga oladi. Tarix fanlarining piramidasining cho`qqisi - bu tarix falsafasidir. Jahon va lokal sivilizatsiyalar taraqqiyotidagi qonuniyatlar va an`analarni aniqlashga yordam beradi, turli xalqlarning o`sish va tushkunlik sabablarini tushunish, hozir yuz berayotgan tub o`zgarishlarni tarixiy ildizlarini tushunish, kelajakda ularni o`zgarishini va oldindan ko`rishga yordam beradi. Shu bilan o`tmishni o`rganish, butun dunyo bo`yicha ilmiy bilish, ijtimoiy ongning hozirgi tushkunlik holatini bartaraf qilishni, tarixga yangi qarashni shakllanishini va kelajak taraqqiyot istiqbollarini kuchli omili bo`ladi. XX asrning yirik tarixchisi Fernan Berodelning quyidagi xulosasiga rozi bo`lmaslik qiyin: “Men istardimki, ijtimoiy fanlar sohasidagi mutaxassislar tarixda bilish va tadqiqotning shubhasiz vositasini ko`rsinlar, bugun yarmidan ko`proq o`jarlik bilan yo`q qilishga urinilayotgan o`tmish hukmronligi ostida turgan emasmi?. O`tmish o`z qonuniyatlari, o`zining har xilligi va o`zining o`xshashliklari vositasi bilan hozirni har qanday jiddiy tushunish uchun zarur kalit emasmi?” (9.T.3.C.11.) Bu kalitdan foydalanamiz!.
Sivilizatsiya tarixini o`rganishda sistlik dinamika nazaryasi, tarixiy sikllar tushunchalaridan foydalanish maqsadga muofiq. Bu o`tmishnni, hozir va insoniyat kelajagini besh ijtimoiy –iqtisodiy formatsiyalarga noaniq uzoq boshlanish (ibtidoiy jamoa tuzimi) va nihoyasiz tugallanish (komunistik formatsiyaga) an`anaviy bo`linishdan voz kechishga imkon beradi. Tarix sanog`i neolit sivilizatsiyadan olib boriladi va davriy doimo o`sib boradigan tezlik bilan almashinadigan dunyo sivilizatsiyalarini episentrlarining almashinuvi bilan, lokal sivilizatsiyalari notekis to`lqinli tarzdagi taraqqiyoti sifatida tasavvur qilinadi; Bu an`ana kelajakda ham saqlanib qoladi. Shu nuqtai nazar bilan XX asrning oxiri - XX asrning boshlanishi industrial sivilizatsiyadan post industrial sivilizatsiyaga o`tish davrini tashkil qiladi, shu bilan birga o`tish davrlariga xos bo`lgan qarama-qarshiliklarning keskinlashuvi, alg`ov-dalg`ovlik, yangi jamiyatni tug`ilish azoblari bu davrning hamrohi bo`ladi.
Tarixiy jarayon dinamikasiga yangi yondashuvning unsirlari o`tmishda N.D. Kondratyev, A.L. Chijevskiy, A.Toynbi, F. Brodel, N.A. Berdyayev va P. Sorokinlar tomonidan ishlab chiqilgan. Lekin utilitar mafkuraviy doktrinalar hukmronligi yangi yondashuvga tanilish va tarixni o`qitishda tarqalishda imkon bermadi. Eski hukmron mafkuralarning yemirilishi tarixiy jarayonning yangi paradigmalarni o`zlashtirish uchun kenglik ochdi.