Slaydi chirchiq-2021 Mavzu: landshaftshunoslikning nazariy masalalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə5/5
tarix16.10.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#118344
1   2   3   4   5
ABDUQAHHOROV.LANDSHAFTSHUNOSLIK

Shunday qilib, landshaftshunoslik fani geokomplekslarni, ularning tuzilishi, rivojlanishi va joylashishini o’rganadi. Boshqasha qilib aytganda, landshaftshunoslik tabiiy geografiyaning ajralmas qismi bo’lib, geografik qobiqning hududiy bo’laklanishini o’rganish bilan shug’ullanadi.

Rus olimi Yu.X.Efremov geografik qobiq tushunchasini landshaft qobig’i tushunchasiga almashtirishni taklif etgan bo’lib, geografiya fani ob’ekti geografik qobiq bo’ladigan bo’lsa, bu hamma narsani mohiyatini ochib bera olmaydi deb ta’kidlaydi. Ammo uning bu fikri tan olinmaydi. Shunki landshaft qobig’i tabiiy geografiyadan fan predmetini aniqlashda geografik qobiqqa nisbatan qo’shimcha ma’lumotlarni talab etadi. Shunday bo’lsada, geografik qobiq ichida landshaft sferasi ajratiladi. Bu sfera atmosfera, litosfera, gidrosferalarning bevosita to’qnashishi va o’zaro ta’sirida vujudga keladi. Landshaft sferasida yirik organizmlarning 99% i joylashgan. Shuning uchun ham u er geografik qobiqning biologik fokusi deb ataladi.

Landshaft sferasi, bu quruqlik va okeanlarni qamrab olgan landshaft komplekslari yig’indisida landshaft sferasi tarkibiga nurash po’sti, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosi va havoning yer yuziga tegib turgan qismi kiradi. Yerning geografik qobig’i va uning tarkibiga kiruvchi landshaft sferasi uzluksiz rivojlanishda bo’ladi. Bu rivojlanishning asosiy sababi geografik qobiq komponentlari orasidagi modda va energiya almashinuvidir.

Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati 1. Зокиров Ш.С. Ландшафтшунослик асослари. –Т.: Университет, 1994. 2. Зокиров Ш.С. Антропоген ва амалий ландшафтшунослик. –Т.: Университет, 1998. 3. Зокиров Ш.С. Кичик ҳудудлар табиий географияси. –Т.: Университет, 1999. 4. Исаченко А.Г. Ландшафтоведение и физико-географическое районирование. -М.: 1991. 5. Сочава В.Б. Введение в учение о геосистемах. -Новосибирск, 1978.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin