Smm (Social media marketing ijtimoiy media marketing) haqida


Veb–saytning auditoriyasi



Yüklə 105,16 Kb.
səhifə15/27
tarix06.12.2022
ölçüsü105,16 Kb.
#120497
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
xurshdga

Veb–saytning auditoriyasi. Internetdagi zaruriy va maqsadli guruh etarli miqdordami? Uning parametrlari (jinsi, yoshi, ma’lumoti, qiziqishi va b.q) qanday? Kim uchun bu ishni qilyapsiz va odamlar internetdan foydalanadimi?
Veb–saytning auditoriyasi. Har bir Web–sayt asosan tashrif buyuruvchilar uchun yaratiladi. Hammaga ma’lumki, hozirchalik O‘zbekistonda internetdan aktiv foydalanuvchilar soni yuqori emas. Bundan tashqari, ko‘plab foydalanuvchilar respublika tashqarisidagi axborotlarni qidirish maqsadida internetga kirish uchun haq to‘laydilar. Shunday qilib, eng ko‘p tashrif buyuruvchi Web–saytlarga rus–zabon va ingliz–zabon auditoriyalar, ya’ni eksport–import operatsiyalari, turizm transport bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar kiradi. Veb saytning auditoriyasi kengaytirish maqsadida turli xil interaktiv xizmatlarni joriy etib bormoqda. Bu shuni ko`rsatadiki veb saytning auditoriyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, moliyaviy mablag‘ topish ham shunchalik yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ladi. Lekin, keyingi paytda O‘zbekiston auditoriyalariga yo‘naltirilgan ko‘plab Web–saytlar paydo bo‘lmoqda. Tabiiyki, ulardan faqatgina internetda real holatdagi auditoriyalarga mo‘ljallanganlari tashrif buyuradilar.
Veb sayt raqobatchilari. Hozirgi vaqtda siz rejalashtirmoqchi bo‘lgan mavzu bo‘yicha o‘xshash veb–saytlar bormi? Ularga qatnashish qanday? Auditoriyaga ta’sir etish mexanizmi qanday? Bu veb − saytlar yordamida biznes jarayon qanday usulda ishlaydi? Bunday veb–saytlar uyushmasi qanday tashkil qilingan?
Veb sayt raqobatchilari. Siz ochmoqchi bo‘lgan mavzu bo‘yicha bir-biriga o‘xshash veb–saytlar tahlili, ko‘pincha veb–sayt konsepsiyasini yaratish asosiga aylanib qolmoqda. Siz yaratayotgan veb–saytning tashqi ko‘rinishi raqobatchi veb–sayt tashqi ko‘rinishiga o‘xshab qolmasligi kerak. Sayt–raqobatchilaring navigatsiya va strukturasining kuchli va kuchsiz tomonlarining tahlili ularning tajribasini o‘z maqsadlarimizda foydalanish mumkinligini ko‘rsatdi. Tashrif buyuruvchilarning veb–saytlarga bo‘lgan qiziqishini oshirishda servislar xizmati beqiyosdir. Veb–saytlarga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish uchun yangi servislarni o‘ylab topish hamisha mumkindir. Raqobatchilar foydalanadigan internetdagi veb–sayt harakat qilish (ommalashtirish) usuliga ham e’tibor qaratish zarur. Internetning zamonaviy rivojlanish bosqichida ixtiyoriy mavzuli veb–saytlar xohishlariga qarab, internet–uyushmalariga birlashadilar. Shu kabi maxsuslashgan yangilik va obzor–analitik veb–saytlar, zaxira kataloglari, forumlar va shu kabilar bunyod bo‘ladi. Ular etarli miqdordagi mavzuli veb–saytlar zamirida yuzaga keladilar. Shunday vertual mavzuli uyushma muhitida veb–saytingiz pozitsiyasini kuchaytiruvchi aniq strategiyani tadqiq etish zarur. Web–sayt tashqi qismini buyurtmachilar kabi veb–sayt tashrif buyuruvchilari uchun ham tayyorlash muhim hisoblanadi. Faqat shu holatdagina uning ommalashuviga mo‘ljal qilish mumkin. Veb saytning qiymati va qimmatliligi ortib borishi bilan ximoya tizimini ham mustahkam bo`lib borishi talab etiladi.

Yüklə 105,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin