Dars turi: yangi mavzu bilan tanishtirish darsi
Dars usuli: induktiv ta’lim (amaliyotdan nazariyaga qarab borish)
Metod: “Guruhlarda ishlash “
Vosita: multimedia vositalari (videoproektor, kompyuter)
Nazorat turi: savol-javob
Baholash: 5 balli tizim asosida
Dars jarayoni
Tashkiliy qism: salomlashish, darsga o‘quvchilarni psixologik tayyorlash, navbatchi hisoboti orqali davomatni aniqlash;
Uy vazifasi nazorati:
Mavzu ustida ishlash:
Mavzuni mustahkamlash:
Uyga vazifa :
O‘qituvchi: mavzuni barcha o‘quvchilar imkon darajasida to‘liq o‘zlashtirishiga erishadi. O‘quvchilar faolligini oshiradi. O‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Darsda im-kon qadar ko‘proq o‘quvchilarni baholaydi. O‘quvchilar tomonidan darsni mustaqil o‘rganish va uni xotirada saqlash, boshqalarga yetkazish, savol berish va savollarga javob berishga o‘rgatadi, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantiradi.
O‘quvchi: sodda gaplar va uning turlari yuzasidan bilimlarini kengaytiradi. Mustaqil ijodiy ishlashga o‘rganadi, nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ishida mavzuga oid ko‘p ma’lumotga ega bo‘ladi.
Darsning borishi:
-navbatchi hisoboti tinglanadi;
-psixologik iqlim yaratish.
-O ’quvchilar, kim qaysi rangni yoqtiradi?
O’quvchilar quyidagi rangdagi shakllar orqali guruhlarga ajraladi .Psixologik iqlim yaratiladi.
Pushti rangdagilar – 1-guruh;
yashil rangdagilar- 2- guruh;
moviy rangdagilar- 3- guruh
O’quvchilar guruhlarga ajralishadi. Har bir guruh o’xshash jihatlari bilan o’zlariga nom tanlaydilar .
1-guruh : Iste’dod
2- guruh: Ijodkor
3- guruh: Mehnatkash