Dars “Zinama zina” metodi asosida tashkil qilinadi . Bu metodda har bir zinaga chiqish uchun turli ta’limiy –didaktik zinalarni bosib o’tishlari kerak bo’ladi. O’qituvchi darsning har bir bosqichida eng yuqori zinaga yetaklovchi ta’limiy usullardan birini ( galma- gal) qo’llaydi va g’olib o’quvchilarni ballar bilan baholab boradi.Bu metod orqali guruhlarda va individual ishlashga erishiladi. Dars oxirigacha har bir o’quvchi ishtiroki uchun ball to’playdi. Dars oxirida to’plagan ballari asosida har bir o’quvchi baholanadi.
Darsning o’tilgan mavzuni mustahkamlash qismida “Lahzada javob” usulidan foydalanadi . Bu usulda har bir guruh vakili uchun bittadan savol beriladi. Savolga javob bergan o’quvchiga 1 ball beriladi, 1- zinaga chiqiladi.
1. Bir voqea-hodisa haqidagi xabarni, so‘roqni yoki buyruqni ifodalovchi asosiy sintaktik butunlik nima?. ( gap) 2 .So‘z birikmasi nimani ifodalaydi ? tushuncha,
3 Gap nimani ifodalaydi? Fikr
4. katta bino – bino katta. Gapni toping Bino katta
5. Gap uchun muhim belgi nima ? Ohang
6. Yozma nutqda ohangga qarab qanday tinish belgi qo’yiladi? Nuqta, so’roq, undov
7. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari ? darak, so’roq, buyruq, istak
8. Nuqta belgisi qaysi gaplar oxiriga qo’yiladi. Darak, buyruq, istak
9. Gapnng his- hayajonning ishtirokiga ko’ra turlari ? 2 turga
10. his- hayajon gaplar yana qanday nomlanadi? Undov gap
11. Undov gap qanday hissiyotlarni ifodalaydi? Quvonch, afsus, shodlik, tantana, qo’rquv, qayg’u
12. Gapning tuzilishiga ko’ra turlari ? 2 : sodda va qo’shma
13. Sodda gap deb nimaga aytiladi? Bir grammatik asosdan iborat bo’lib, ma’lum bir fikrni
ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi.
14. Qo’shma gap deb nimaga aytiladi? Ikki va undan ortiq grammatik asosdan tashkil topib,
murakkabroq fikr anglatuvchi gap qo‘shma gap deyiladi
15. Qimirlagan qir oshar. Bu tuzilishiga ko’ra turini ayting. ( sodda gap)
Bu usulda har bir to’g’ri javob uchun 1 ball beriladi. Ballar jamlqanib , g’olib guruh aniqlanadi.
“Sinkveyn “usuli qo’llanadi. Bu usulda har bir guruhga bittadan so’z beriladi. Guruhdan 1 nafar o’quvchi doskada bajaradi 2- zinaga chiqiladi.
1.__________________________(tushuncha )
2. _________________________________( belgisi)
3. ___________________________________________( harakati)
4. ______________________________________________________(gap)
5. ______________________________________________( ma’nodoshi)