Sodda gaplarda kengayish


Cho‘lponning "Kecha va kunduz" romanida sodda gaplarning kengayishiga oid misollar



Yüklə 20,56 Kb.
səhifə5/7
tarix30.11.2022
ölçüsü20,56 Kb.
#120227
1   2   3   4   5   6   7
Sodda gaplarda kengayish-1

2.2 Cho‘lponning "Kecha va kunduz" romanida sodda gaplarning kengayishiga oid misollar
1. Ilohim, qovoqqinasi o‘chsin uning...[ 108- bet] ( ushbu sodda gapni ilohim kirish so‘zi kengaytirib kelyapti)
2. Xo‘jayin, sizni gazetga uribdilar! [92-bet] ( ushbu sodda gapda xo‘jayin so‘zi undalma vazifasida kelib gapni kengaytiryapti)
3. Ha,balli,mana bunday deng! [93-bet] ( ushbu gapni ha va balli kirish so‘zlari kengaytirib kelmoqda)
4. Qani, yigitlar, sho‘xroq ashuladan bo‘lsin.[259-bet]( ushbu gapda yigitlar so‘zi undalma vazifasida kelmoqda)
5. Nihoyat, boyga qarab musht ko‘targanlardan biri o‘rnidan turdi.[254-bet] ( nihoyat kirish so‘zi sodda gapni murakkablashtirmoqda)
6. Lekin, bachchag‘ar kofir, bir narsani bilmasdan aytmaydi.[ 239-bet] ( bachchag‘ar kofir birikmasi undalama vazifasida kelib sodda gapni murakkablashtirmoqda)
7. Yo‘q, aylanay ,ovora bo‘lmang.[221-bet] ( yo‘q so‘zi sodda gapni kengaytirmoqda)
8. Xudo yarlaqasin, bolam. [221-bet] ( bolam so‘zi undalma vazifasida kelib sodda gapni murakkablashtirmoqda)
9.Hovliqmay gapirsang-chi ,Fitna... [117-bet] ( Fitna undalmasi sodda gapni murakkablashtirmoqda)
10. Uchinchi qatordagi eng chekka kursida oppoq va zo‘r sallali chol- jome machitining ingichka ovozli imomi o‘tiraradi. [285- bet] (ushbu sodda gapda oppoq zo‘r sallali chol- jome machitining ingicha ovozli imomi ajrtilgan bo‘lagi ishtirok etgan)
11. So‘ngra aravalar, piyodalar, yana eshak, yana otlar bir birini ta'qib etdilar.[190-bet]( ushbu gapda aravalar, piyodalar,eshak,otlar uyushiq bo‘laklari sodda gapni murakkablashtirmoqda. Chunki hammasi bir xil gap sintaktik tahlil qilinadi)
12. Uy bekasi- xonim yo‘q edilar. [146-bet]( ushbu gapda uy bekasi- xonim ajratilgan bo‘lagi qatnashgan)
13. Bir kun kech payt- shomga yaqin boshida dasturxon darvozadan kirib keldi.[178-bet]( ushbu gapda kech payt- shomga yaqin ajratilgan bo‘lagi izohlash vazifasini bajarib sodda gapni murakkablashtirmoqda)
14. Men tashqarida-mehmonxona ichida bo‘lganimdan tezgina derazaga yaqin kelib qaradim.[178-bet]( ushbu gapda tashqarida- mehmonxona ichida ajratilgan bo‘lagi izohlash vazifasini bajarib kelmoqda)
15. Baqirishlar, dod-voylar, faryodlar ko‘tarildi. [246-bet]( ushbu gapda uyushiq ega qatnashgan bo‘lib sodda gapni murakkablashtirmoqda)
16. Qorong‘u tushgan yo‘lning ikki tomonida-quruq g‘o‘zapoyasi qolgan, ba'zi joylarda go‘zapoyasi ham yulinib yalang‘ochlangan yerlar endi birinchi qorning sovuq tamosini kutib yotardilar.[257-bet] ( ushbu sodda gapda ajratilgan bo‘lak izohlash vazifasini bajarmoqda)
XULOSA
Ma’naviyati barkamol, tashabbuskor, mustaqil fikrlay oladigan, har qanday
hayotiy vaziyatga o‘z nuqtai nazari bilan yondasha oladigan fuqarolarni
shakllantirish zaruriyati mamlakatda “Kadrlar tayorlash Milliy dasturi”ning
qabul qilinishini taqozo etdi. Bu dastur va “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun
respublikadagi mavjud ta’lim tizimida keskin o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi
tabiiy edi. Natijada umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘qitiladigan barcha fanlar
bo‘yicha yangilangan pedagogik tafakkur asosida konsepsiyalar yaratildi.
Konsepsiya belgilab bergan yo‘nalish asosida o‘quvchilar bilimi darajasiga
davlat tomonidan standart talablar qo‘yildi. Shu asnoda o‘z-o‘zidan barcha
o‘quv fanlari bo‘yicha dasturlar va darsliklarni yangidan yaratishga ehtiyoj
sezildi. Shuning uchun ham Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A. Karimov
ta’lim-tarbiya sohasiga milliy dialektik nuqtai nazardan yondashib, uni
quyidagicha: “Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini
baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda
namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta
avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi”, - deb
ta’riflaydi.
Maktabda adabiyot o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda yuksak
ma’naviy sifatlarni shakllantirish, ularni nozik qalb, nozik tuyg‘ular egasi qilib
tarbiyalashdan iboratdir. Shunday ekan ona tili o‘qituvchisi ona tili fanidan
tashkil qilinadigan har mashg‘ulotda ushbu maqsad sari intilishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, ona tili fanini zamonaviy texnologiyalar,
asosida o’rgatish davr talabi. Yosh avlod turli
ma’naviy-texnikaviy omillar ta’sirida aqliy-shuuriy jihatdan faollashib
borayotganligini e’tirof qilishimiz lozim. Ular tomonidan qabul qilinayotgan
axborotlar oqimi va sig’imining ko’pligi inson ma’naviy-axloqiy
tushunchalarining oziqlanadigan manbasi adabiyot bilan ham to’ldirilishi uchun
bu fanni o’rgatish metodikasidan doimiy izlanish, takomillashib borish talab
etiladi. Ushbu kurs ishimiz sodda gaplar, uning turlari va kengayish yo‘llarini o‘rganishda o‘quvchilarga yo‘llanma bo‘ladi degan umiddamiz. Bu kurs ishida sodda gaplarning kengayishiga alohida e'tibor qaratilgan bo‘lib badiiy asarlardan misollar keltirib izohlangan.


Yüklə 20,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin