Soha lug‘atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi. X
Tijorat yozishmalari Tashqi iqtisodiy faoliyatning turli tomonlarini rivojlantirishda tijorat yozishmalari ahamiyatli o'rin tutadi. Bunda bitim, shartnoma tuzish va bajarish bilan bog‘liq masalalar ifodalanadi.
Tijorat yozishmalarining shakli aslida 150 yil avval Angliyada paydo bo'lgan va u ish yuritishda keng ommalashib ketgan.
Tijorat yozishmalarida shartnomasimon hujjatlar qo'llaniladi. So'rovnoma, oferta (taklif xat), buyurtma xat, aksent (rozilik xati), bank hujjatlari (schet, faktura, avizo) ham shu tijorat xatlariga kiradi.
Tijorat xatlari vazifasiga ko'ra: 1) so'rovga javob; 2) oferta-taklifga javob turlariga bo'linadi. Shuningdek, da'vo (reklamatsiya)ga javob shakli ham uchraydi.
So'rov xatida tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat etilishi yoki umuman tovar haqida ma'lumot berilishi so'raladi. Oferta (taklif)da oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun rozilik bildirganda yoziladigan hujjat. Oferta shartlariga rozi bo'linsa, bitim tuzilgan hisoblanadi. Taklifning biror sharti to‘g‘ri kelmasa, yozishma davom etadi.
Dialogik nutqlar insonning muloqot shakllari hisoblanadi. Inson nutqi ko‘rinishlari sifatida dialogik nutq, nutqning shakllanishidagi umumiy qoidalarga hamda insonlar o‘rtasida amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi. Ayni paytda, ularning har biri shakllanishdagi til xususiyatlari va tildan tashqarida bo‘lgan omillarga munosabati bilan bir-biridan farqlanadi. Ikki kishi o‘rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o‘rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Shunday ekan, yuqorida ta’kidlanganidek, bu yerda ham suhbatning maqsad va mavzusi, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda egallagan o‘rni va mavqeyi dialogik nutqning mazmunini belgilaydi.
Avval bu nutqning til jihatlariga e’tibor beraylik. Tohir Malikning «Shaytanat» romanidan ikkita parcha keltiramiz: Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, ko‘zlari chaqchaygan, ikkinchisining qarashlari sovuq, o‘ng yuzida uzun tirtiq bor edi.
- Bilagingni ko‘rsat, - dedi Zohid tirtiqqa.
U «shu ham ishmi?» deganday erinibgina kurtkasini yechib, ko‘ylagining yengini shimardi. Labi osilgan yigitning bilagida ham igna izlari bor edi. Ularning giyohvandligiga Zohidda shubha qolmadi.
- Kukunni qayerdan olardilaring? – deb so‘radi Zohid.
- Bratanga etganmiza, qayoqdan oganuvzani, - dedi labi osilgan yigit.
- Menga ham ayt.
- Lola ko‘chasida… o‘n… yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.
- Ikkoving birga borganmisan?
- Bir xil paytda men borardim, bir xil paytda u borardi, bir xil paytda ikkalavuza borardik.
Zohid hali Hamdamdan olgan suratlarni cho‘ntagidan chiqarib, uchtasini ajratib oldi-da, stol ustiga yoyib, labi osilganini chaqirdi.
- Qara, Sharif akang qaysi biri?
Yigit o‘rdakka o‘xshab lapanglab kelib suratlarga uzoq tikildi-da, bittasini ko‘rsatdi.
Matnlardagi dialogik nutqlarni ko‘zdan kechirish yana shundan dalolat beradiki, ular asosan og‘zaki nutq odatlarini o‘zida namoyon qiladi. Adabiy matnlarda esa obraz yaratish, xarakterlarni namoyish etishning kuchli badiiy vositasiga aylanishi mumkin. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi Farhod va Xisrav, Uyg‘un va Izzat Sultonning «Alisher Navoiy» dramasidagi Alisher Navoiy va Husayn Boyqaro dialoglarini eslaylik. Dialog grek tilidan olingan bo`lib (Dio – ikki, logos – so`z, nutq). Ikki kishi orasidagi fikr axborot almashinuvi degan ma`noni anglatadi. Dialog ikki yoki undan ortiq shaxs orasidagi uzluksiz nutq shakllaridan biri. U og`zaki nutqning keng tarqalgan turi sanaladi. Unda har bir kishi so`zlovchi va tinglovchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
So`zlovchi va tinglovchi nutqlari replika deyiladi. Replika birinchi shaxs tomonidan suhbatga tortish, chorlash yoki murojaat replikasi. II shaxs tomonidan esa javob replikasi xarakteriga ega bo`ladi. 1 – replika so`rog`i, 2 - replika yuzaga kelishining asosiy omili sanaladi. Replikalar chegarasi birinchi replikaning tugallanish, ikkinchi replikaning boshlanish nuqtalari bilan belgilanadi.
Dialogda javob replikasining mazmuni, xarakteri murojaat replikasida qaysi so`zga mantiqiy urg`u tushganligiga bog`liq bo`ladi.
Mantiqiy urg`u gapdagi fikriy jihatdan ahamiyatli bo`lgan so`zning kuchli talaffuz qilinishidir. Bunda so`zlovchi gap ichidagi ba`zi so`zlarning ma`nosini yanada ta`kidlab, kuchaytirib ko`rsatish uchun uni boshqa so`zlarga nisbatdan kuchliroq ohang biklan talaffuz etadi. Nutqda mantiqiy urg`yu tushgan so`z ovozni balandlatish, pastlatish, pauza qilish kabi vositalar bilan ajratib aytilgani uchun tinglovchining diqqatini tez tortadi.
Replikada dialogik matnda to`liq yoki to`liqsiz gap shakllarida uchraydi. Dialoglarda intonatsiya muhim ahamiyatga ega. So`zlovchining o`z hissiyotini ifodalashi uchun ovoz tonini o`zgartirishi, mua`yyan istak, niyat harakat natijasida yuzaga keluvchi ovoz tovlanishlari intonatsiyadir. Uning yordamida turli ma`nolar ifodalanadi.