Солиқ академияси



Yüklə 3,1 Mb.
səhifə14/42
tarix23.10.2017
ölçüsü3,1 Mb.
#11694
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42

surxondaryolik SHoberdi Boltaev, qoraqalpog‘istonlik Jumaboy Bozorov, xorazmlik Abdulla

Qurbonnazarov va boshqalar ijodi xalqning yirik dostonchilik maktablari ijodiy mevalari sifatida tanilgan.

Dostonchilikning Surxondaryo (Denov, Termiz), Qashqadaryo, Xorazm, Qoraqalpog‘iston, Samarqand,

Jizzax ijodiy maktablarining ijro uslublari o‘ziga xos maftunkorligi bilan ajralib turadi. Hozirgi davrda

xalqning og‘zaki ijodi, baxshichilik san’ati ulug‘landi va davlat miqyosida "Xalq baxshisi" unvoni ta’sis

etildi. Har yili tumanlar, viloyatlar va respublika miqyosida baxshilar o‘rtasida ko‘rik tanlovlarning

o‘tkazilishi an’ana tusiga kirib bormoqda.

Har bir xalqning tarixiy o‘tmishi, urf-odatlari, mehnat tajribalari, yig‘inlari turli an’analar

ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Fikrimizcha, o‘zbek xalqining ko‘p asrlardan buyon davom etib kelayotgan

umr-boqiy an’analariga quyidagilarni misol keltirish mumkin:

"Navro‘z" – musulmon taqvimida 21 mart kuni nishonlanadigan “YAngi yil bayrami” hisoblanib,

u erga ishlov berish va urug‘ qadashning boshlanishi nishonlanadigan tantana [89].

Beshik to‘yi – oilada farzand tug‘ilgandan keyin, uni beshikka (belanchakka) yotqizishga

bag‘ishlangan tantana (an’ana). Asosan, o‘zbek xalqi ko‘p bolali oilalardan iborat, shuning uchun ham, u

bolajon oila hisoblanadi. O‘zbek xalqida ushbu an’ana nihoyatda qadrlanadi.

Hashar – turli xil mehnat mavsumlari, uy-joylarni ta’mirlash, muammolarni hal etishda bir-

birlariga mehribonlik yordamlarini ayamaslik, qarindosh-urug‘, qo‘ni-qo‘shni, do‘st-birodarlarning

sahovatli (to‘lovlarsiz) yordam ko‘rsatishi. Hasharlar, asosan O‘rta Osiyo xalqlariga mansubdir.

SHuningdek, u O‘zbekiston xalqiga ham xos an’analardan hisoblanadi.

O‘zbek xalqining keng tarqalgan an’analariga xotirlash (marhumlarni eslash, bemorlardan xabar

olish), sunnat to‘yi, hovli to‘yi, ota-onaga hurmat, yoshlarga izzat, qariyalarga muruvvat, askarlik burchini

ado etish kabilarni misol tariqasida keltirish mumkin. YUqorida keltirilib o‘tilgan, ming yillik tarixga ega

bo‘ltan an’analarimiz qayta tiklanishi, taraqqiy etishi, takomillashtirilishi, yangi zamon ruhiga

moslashtirilib, rivojlanishiga hamda tarbiya-tarbiya tizimida batafsil o‘rganilishiga O‘zbekiston

Respublikasining mustaqilligi mustahkam zamin va sharoit yaratdi.

2. SHarq mutafakkirlarining pedagogika nazariyasiga qo‘shgan xissalari

Pedagogika tarixi qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kungacha bo‘lgan turli tarixiy

davrlarda tarbiya, maktab va pedagogika nazariyalarining taraqqiyotini davrlar talabi asosida

o‘rganib keldi. Har bir ijtimoiy tuzum, uning kelajagi, insoniyat istiqboli, kishilarning hayot va

turmush darajasi fan va madaniyat taraqqiyoti bilan bevosita bog‘liqdir.

O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan bog‘liq.

Mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin SHarqda o‘z bilim, fikr doirasining kengligi bilan nom

chiqargan Forobiy yirik mutafakkir - «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.

Forobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlagan asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga

e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri»,

«Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida» kabi asarlarnda ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan.

7 Имомназаров М. Миллий маънавиятимиз назариясига чизгилар //Масъул му?аррир:

Н.Комилов//. –Т.: Шар , 1998. – 240 б. (107-108 бет).


Forobiy o‘z ishlarida ta’lim-tarbiyani uzviy birlikda olib borish haqida ta’lim bergan bo‘lsa

ham, ammo har birining insonni kamolga etkazishda o‘z o‘rni va xususiyati bor ekanligini alohida

ta’kidlaydi.

Forobiy «Baxt-saodatga erishish to‘g‘risida» asarida bilimlarnn o‘rganish tartibi haqida fikr

bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo‘lgan ilm o‘rganiladi, bu olam asoslari

haqidagi ilmlar. Uni o‘rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklning osmon haqidagi

bilimlarni o‘rganish lozim. Undan so‘ng, umuman jonli tabiat o‘simlik va hayvonlar haqidagi ilm

o‘rganiladi, deydi.

Forobiy «Inson kamolotga yolg‘iz o‘zi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bo‘lish,

ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo‘ladi», deb hisoblaydi.

Bunga Forobiy ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish orqali erishish mumkin, deydi. CHunki,

maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy- jihatdan kamolga

etkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun qoidalarnning to‘g‘ri bo‘lib oladi va hayotda to‘g‘ri

yo‘l to‘tadi, boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi, jamiyat tartib-qoidalariga rioya etadi.

Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan

va shu jamiyat uchui xizmat qiladigan etuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.

Forobiy ta’lim tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim - degan so‘z

insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - nazariy fazilatlarni ma’lum

hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deydi

olim.


Abu Nasr Forobiy yana aytadiki: «Ta’lim - degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida

nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasida tug‘ma fazilat va amaliy kasb

hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir.

Ta’lim faqat so‘z va o‘rganish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni

shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish harakat, kasb-hunarga berilgan

bo‘lishi, o‘rganishdir, - deydi.

Forobiyning ta’lim-tarbiya yo‘llari, usullari, vositalari haqidagi qarashlari ham qimmatlidir.

U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l - ta’lim tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi. Ta’lim nazariy

fazilatlarni birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma fazilat - nazariy bilimlar va amaliy kasb-hunar, xulq-

odob fazilatlarini birlashtiradi, ta’lim so‘z va o‘rganish bilan, tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan

amalga oshiriladi deydi. Har ikkalasi birlashsa, etuklik bilim va amaliy ko‘nikmalarni qay

darajada o‘rganganligiga qarab paydo bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.

Demak, Forobiy ta’lim-tarbiyada rag‘batlantirish Odatlantirish, majbur etish metodlarini

ilgari surgan. Har ikkala usul ham pirovardida insonni har tomonlama kamolga etkazish

maqsadini ko‘zlaydi.

SHarqda «SHayx ar-Rais» nomi bilan mashhur bo‘lgan allomalardan biri o‘rta asr buyuk

mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori

matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik,

fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim-tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashxur yirik

asarlar meros qoldirgan olim.

Allomadan keyigi avlodlarga 250 dan ortiq ilmiy asar boy meros bo‘lib qoldi.

Abu Ali ibn Sinoning «Al-qonun», «Donishnoma», «Ash-SHifo», «An-Najot» kabi asarlari shular

jumlasidandir.

Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o‘zinnng ta’lim-tarbiyaga oid

qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagai, maxsus risolalar talqin

etgan. SHuningdek fanlarni tasnif etadi. Bunda u biriichi o‘ringa tibbiyot fanlarnni qo‘yadi.

Falsafani esa ikki guruhga, ya’ni nazariy va amaliy guruhlarga bo‘ladi. Nazariy guruh kishilarni

o‘zidan tashqaridagi borliq holati haqidagi bilimlarni egallashga yo‘llasa, amaliy qism bizga bu

dunyoda nimalar qilish kerakligini o‘rgatadi, deydi.

U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, matematika,

metafizika, dunyo qonuniyatlarini o‘rgatuvchi barcha fanlarni kiritadi.

Ibn Sino aqliy tarbiya turli bilimlarni o‘rganish natijasida amalga oshsa, axloqiy tarbiya

ko‘proq yaxshi axloqiy xislatlarii mashq qildirish, odatlantirish, suhbat orqali amalga oshadi deb

ta’kidlaydi.


Inson hissiy va ma’naviy talablarni ajratib olish imkoniyatiga ega ekan, bu imkoniyat asta-

sekin inson fe’l-atvoriga xos xislatga aylana boradi. Ibn Sino insonni shakllantirishda uning atrofini

o‘rab olgan tashqi muhit va odamlar alohida muhim rol o‘ynaydi, ana shu tashqi muhit va

odamlar insonning atrof dunyoni bilishigagina emas, balki uning xulqida yaxshi yoki yomon

jihatlarning tarkib topishida ham ta’sir etadi. SHuning uchun ham bolalarni tarbiyalashda

ehtiyotkor bo‘lish kerakligini, bola yomon odatlarga o‘rganmasligi uchun, uni yomon odamlardan,

yomon muhitdan uzoqroq saqlash zarurligini uqtiradi.

Ibn Sinoning tarbiyaviy qarashlarida oila va oilaviy tarbiya masalalariga keng o‘rin

berilgan. CHunki inson avvalo oilada kamolga etadi.

Olimning buyuk xizmatlaridan biri shundaki u insonning mehnati, qobiliyati, aql-zakovotini

ulug‘laydi, undagi qudratga ishondi, inson tafakkurinnng tantana qilishi kerakligini tinmay targ‘ib

qildi.


Ibi Sinoning inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning ahamiyatiga oid qarashlarini ijtimoiy-

falsafiy fikrlar tarkibidagina, emas, balki mustaqil risolalarida axloqiy masalalarni chuqur ilmiy-

amaliy jihatdan ifodalagan, ilm-fan sohasida tarbiyashunos olim sifatida ham tadqiq etish,

o‘rganish navbatdagi vazifalardan hisoblanadi.

Xulosa qiladigan bo‘lsak, ushbu mavzuda Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn

Sinolarning ijtimoiy-pedagogik qarashlari, ahloq-odob haqidagi fikrlari, g‘oyalari, pedagogika

sohasidagi, ta’lim-tarbiya haqidagi fikrlari. O‘zbek xalq pedagogikasining yirik namoyandalari

bo‘lgan buyuk allomalarning asarlari, yangi usul maktablari jadidlar oqimi, ta’lim sohasidagi

qo‘shilgan xissalari haqida mulohazalar keltirilgan.

Biz tarixdan bilamizki Amir Temur va dastlabki temuriylar hukmronlik qilgan davr

Movarounnahr tarixida alohida o‘rin egallaydi. CHunki bu davrlarda Samarqand, Hirot

shaharlarida madaniyat, ilm-fan rivojlanib bordi. SHunday markazlashgan, buyuk davlatga asos

solgan Amir Temur Kurogon ibn amir Tarag‘ay 1336 yilning 9 aprelida o‘sha paytdagi Kesh

(SHaxrisabz) ga qarashli Xo‘jailg‘or qishlog‘ida tavallud topdi. Otasi amir Tarag‘ay o‘ziga to‘q,

badavlat kishi edi. Onasi Tegina begim buxorolik bo‘lgan.

Sohibqiron (Bu unvon bo‘lg‘usi jahongirga u tug‘ilmasdan turiboq din ahllari tomonidan

bashorat tariqasida berilgan. «Sohibqiron» atamasining lug‘oviy ma’nosi «yulduz burjlarining

baxtli kelishi (Kuron) da tug‘ilgan farzand demakdir. «Temurnoma» muallifining ta’kidlashicha,

«kuron» ya’ni yulduz burjlarining baxtli kelishi har sakkiz yuz yilda bir marta sodir bo‘ladi.

Insoniyat tarixida «Avval Iskandar Zulqarnay hazratlari, ikkinchi Muhammad Rasul akrom

sallollohu alayxi vassallom saidimiz, uchinchi Amir Temur xonimiz» shu soniyada dunyoga

kelganlar). Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Etti yoshga to‘lgach, otasi uni o‘qishga berdi.

Amir Temur yoshlik chog‘idanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavondozlik, ovchilik,

kamondan nishonga o‘q uzish kabi mashg‘ulotlarni puxta egalladi.

Amir Temur odob-axloq, iymon, e’tiqod, ta’lim-tarbiya sohasida o‘zi yuksaklikka,

mutafakkirlikka erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch hosil qilish uchun bobomizning o‘zi

tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, pand-nasihatlarni, shuningdek,

Sohibqiron haqidagi tarixiy asarlarni ko‘zdan kechirish kifoya. «Tuzuki Temuriy» («Temur

tuzuklari»), «Marfuzaota Temuriy» («Temurning aytganlari») va «Vakioti Temuriy» («Temurning

boshidan kechirganlari») nomi bilan jahonga mashhur bo‘lgan asarlarida Amir Temurning ibratli,

hayotiy pand-nasihatlari va purma’no o‘gitlarining har biri mazmun va ma’no kengligi, kuchliligi,

teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosida qurilgan bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bu

asarlarni qadrli xazina odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.

Bu asarlar Sohibqironning juda mashaqqatli va sertashvish: goh muvaffaqqiyatli, goho

quvonchli, goho sertashvish umrining ijodiy mevasidir. Asarlardagi barcha o‘gitlar xalqlarni bir

maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirgan, sehrli tarbiyaviy kuchga

ega bo‘lgan durdona-pedagogikadir. Bu pedagogika buyuk Sohibqironning davlatni boshqarish va

uni idora qilish, g‘olibona harbiy yurishlar qilish, mamlakatda osoyishtalik o‘rnatish, fan va

madaniyatni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasidagi buzilmas do‘stlik, mehr-shafqat, odamiylik va

axloq-odobni tarbiyalash kabi muammolarni hal qilishga bag‘ishlangandir.

Amir Temur barpo etgan (Temur va temuriylar davlati) Movarounnaxr va Xurosonda

hukmronlik qilgan A. Temur va uning avlodlari quyidagi tartibda yildan-yilga ilm va ma’rifatni

qo‘shganliklarni quyidagi sxema orqali ko‘rish mumkin.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, «Amir Temur» nomi yodlashtirildi. Ko‘plab shaharlar

va qishloqlardagi shox ko‘chalar, maydonlar, o‘quv muassasalari uni nomi bilan atala boshlandi.

Prezidentimiz I.A. Karimov tashabbusi va rahnomaligida Toshkent, Samarqand, SHahrisabz kabi

shaharlarning markaziy maydonlarida, Amir Temur xiyobonida 1996 yilda «Temuriylar davri»

muzeyi barpo etildi, 1996 yilda «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi. («Amir Temur» ordeni-

O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlaridan biri. Bu orden bilan davlatchilikni

mustahkamlashdagi ulkan xizmatlari, me’morchilikni, ilm-fan, adabiyot va san’atni, harbiy

mahoratni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissalari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari

mukofotlanadilar. Ushbu orden bilan davlatlararo hamkorlikni, tinchlikni, hamda xalqlar

o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga alohida hissa qo‘shganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi

fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham mukofatlanishi mumkin. 1996 yil 26 aprelda ta’sis etildi. Orden

tilla qoplangan 925 darajali kumush qotishmadan tayyorlanib, 8 qirrali buyurma yulduz

ko‘rinishida bo‘lib, Amir Temurning ulug‘vor qiyofasi kumush rangda tasvirlangan. Muallifi-

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov.

1996 yilda Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat

Sohibqironning tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi).

O‘zbek adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos davlat

arbobi Nizomiddin Alisher Navoiy Hirotda tug‘ilib, shu erda yashab, ijod etgan. U o‘zining

«Hamsa», «Mahbub ul-qulub» kabi yirik ta’limiy-axloqiy asarlarida, shuningdek, «Munojot»,

«Vakfiya», «Majolisun nafois», «Muhokamat ul-lug‘atayn» asarlarida hamda Abdurahmon

Jomiyning «Arba’iyn» nomli asari tarjimasi «CHixil hadis» («qirq hadis») kabilarda tarbiyaga oid

o‘z qarashlarini ifoda etadi. Alisher Navoiy badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib,

ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ifodalagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy asarlarida esa komil

insonni shakllantirishning mazmuni, yo‘llari, usullarini bayon etadi.

Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U

«Bilim va donishmandlik insonning bezagidir» deb yozadi. A. Navoiy farzand tarbiyasiga va uni

shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, tarbiyalanuvchini «hayot chirog‘i» deb

ta’riflaydi. Farzand oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Uning fikricha, shaxsga kichik

yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib, o‘g‘il-qizlarni 6 yoshdan

tarbiyachiga, muallimga berish lozim deb hisoblaydi.

SHuningdek, Navoiy hayotda o‘z ilmiga amal qilish, o‘rganganlarini hayotga tadbiq etish

masalasiga alohida e’tibor beradi. Masalan, u «Mahbub ul-qulub» asarida ilm o‘qib uni

ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmagan yoki urug‘ sochib hosildan baxra

olmaganga o‘xshaydi, deydi.

Ilm o‘qib qilmagan amal maqbul,

Dona sochib ko‘tarmadi maxsul.

Alisher Navoiy bilim olishda barcha fanlarni o‘rganishni targ‘ib etadi. Bunda u olimu

fozillarni yig‘ib, ular orqali ilm-fanni taraqqiy ettirishga e’tibor beradi.

Alisher Navoiyning fikricha, bilimlarni tinmay uzluksiz o‘rganish zarur, bunda har qanday

qiyinchiliklarni engib o‘tish muhimligini, qunt bilan ishlash, tirishqoqlik bilan harakat qilish,

izchillik bilan kurash, uni oxirigacha etkazish, chidam va sabot bilan o‘rganishni ta’kidlaydi.

Demak, buyuk alloma ilm olish tamoyillarini o‘z davrida to‘g‘ri ifodalab, hatto ta’lim tizimini

belgilab beradi: ya’ni Alisher Navoiy ta’lim tizimini o‘z davrida o‘quv muassasasi, madrasalarda

o‘qish, olim, hunarmand, san’atkorlarga shogird tushib yoki mustaqil holda ilm olish

imkoniyatlaridan foydalanishni tavsiya etadi.

Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berishda muallimning, mudarrislar, hamda ustoz

murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. U nodon, mutaassib,

johil domlalarni tanqid qiladi va pedagog ma’lumotli, o‘qitish yo‘llarini biladigan muallim

bo‘lishi zarur deydi. Bunday muallimlar shogirdlarni yonida yuzlari yorug‘ bo‘lib, doimo izzatda,

hurmatda bo‘ladilar deb ta’kidlaydi.

Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila

Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.

SHunday qilib biz Alisher Navoiyni pedagog-mudarris deb atashimiz mumkin. CHunki,

ta’lim-tarbiya masalalariga a’lohida e’tibor berib, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarini


ko‘rsatib o‘tadi. U ta’limda ilmiylik, asoslanganlik, tarixiylik kabi talablarni asos qilib olgan

buyuk pedagogdir.

Mana shunday mutafakkirlarning ijodini o‘rganish uchun birga Mustaqillikka

erishganimizdan keyin ancha yo‘llar ochildi. Endilikda uning ijodini aslicha, mohiyatini tushunib

o‘rganish imkoniyatlari yuzaga keladi. 1991 yilda Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi

tantanali nishonlandi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis

etildi. Respublika Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va raxbarligida Toshkentda Alisher

Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i barpo etildi va bu bog‘ o‘rtasida shoirning haykali

o‘rnatildi. SHu bilan birga kitobxonlarga shoirning 20 jiltli mukammal asarlar to‘plami nashr etila

boshlandi. Har yili A.Navoiy tug‘ilgan kun 9 fevralda ilmiy-an’anaviy konferensiya o‘tkazilib,

Alisher Navoiy merosini o‘rganish sohasida qilingan yillik ishlarga yakun yasaladi.

3. Jadidchilik harakati namoyondalarining pedagogik qarashlari

O‘zbek millatga xos zamonaviy usullardan foydalanib tarbiya jarayonini tashkil etish, milliy

tarbiyani amalga oshirishda o‘z ma’naviy qadriyatlarimizni roli ko‘rsatib o‘tilgan.

Muqimiy Qo‘qonda, shuningdek qo‘shni shaharlarga, qishloqlarga sayohat qilgan paytlarida

hayotni sinchiklab kuzatgan, uning yo‘llarini chuqur o‘rgangan. Nohaqlikni ko‘rib iztirobga

tushgan va unga qarshi o‘zining butun shoirlik iste’dodining kuchini ishga solgan. U she’riyatning

masnaviy shaklidan keng foydalangan. Binobarin masnaviy shakli qadimdan she’riy dostonlarda,

do‘stona yozishmalarda qo‘llanib kelingan.

Mehnatkashlar muhitida o‘sib-ulg‘aygan, yuksak axloqiy ideallar ruhida tarbiyalangan, sharq

she’riyati mumtozlarining yo‘lini tutgan. Muqimiy yolg‘onchilikka, ikkiyuzlamalikka doimo

murosasiz bo‘lgan. O‘z davrining va o‘z muhitining farzandi sifatida ham, qalbida ham e’tiqodli

musulmonligicha qolgan.

Muqimiy ijodining ayrim tadqiqotchilariga qo‘shilib, uning ot yoki «Arava» turkumlaridagi

she’rlarida qirchang‘i va qaysar hayvonlar timsoli yoki almisoqdan qolgan shaldiroq arava timsoli

orqali jonajon o‘lkadagi bilimsizlik va mutaassiblik, nihoyat darajada ijtimoiy-madaniy qoloqlik

ifodalangan, deyish mumkin.

Furqat va uning avlodi ichki kurashlar bilan, ishonchsizlik va qo‘rquvni, odatlar ta’sirini

bartaraf etish va h.k.lardan keyingina ruslarga tegishlicha munosabatda bo‘la boshladilar. Inson

ko‘p yoki ozroq qiyinchilik bilan erishgan va puxta o‘ylagan narsalargina uning ma’naviy

qiyofasidagi qimmatli va mustaham xususiyatga aylanishi isbotlab o‘tirishning hojati bo‘lmasa

kerak. Xususan ma’naviy dunyosi xalqning fikr va hissiyotini aks ettiradigan katta shoir haqida gap

borganida ana shuni unutmaslik yanada muhimdir.

Furqatning yangi Marg‘ilondagi bir necha yillik hayoti uning she’riyatdan majburan

uzoqlashgan davri bo‘ldi. CHunki u o‘sha paytda tog‘asining do‘konida xizmat qilgan, ilohiyotdan

saboq olgan, shuningdek, uezd mahkamasida mirzalik vazifasini bajargan.

Lekin, ikkinchi tomondani Furqatning yangi Marg‘ilonda yashagan davri uning hayotida

benihoya muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Furqat u erda do‘kondorlikni o‘rganib, shu darajada

moddiy mablag‘ to‘plaganki, keyinchalik faqat O‘zbekistoining turli shaharlariga bemalol borib

kelishdan tashqari, 90-yillarda Turkiston va Kavkaz orqali Turkiya, Bolgariya, Gretsiya, so‘ngra

Arabiston va Hindistonga uzoq safar qilgan; u erdan G‘arbiy Xitoy (Sinszyan yoki Xitoy

Turkistoniga yo‘l olib, YOrkent shahriga borgan).

SHunday qilib, Furqat o‘zining turmush tarzi, boyligi, muhiti bo‘yicha boshpanasiz qashshoq

Muqimiyga nisbatan ancha yuqori ijtimoiy pog‘onada turgan. Lekin shunga qaramay chinakam

do‘stlik va dunyoqarashlarinng yaqinligi ularni birlashtirgan. Hayotiy sharoitlar Furqatga avvalo

ko‘proq narsalarni ko‘rish va atrofdagi vokealarnn anglash, shu bilan birga ularni shoirning

jamiyatdyagi o‘rni va mavqei u yoki bu darajada taqozo etgan nuqtai nazardan kuzatish imkonini

yaratdi.


Mahmudxo‘ja Behbudiy har bir muallimni iqtidoriga qarab darslarga tayinlash kerak, deb o‘z

davri uchun g‘oyat yangi fikrni bildirgan. YA’ni hozirgidek o‘qituvchilarni matematika, adabiyot,

tarix kabi har hil fanlarga ixtisoslashuvidan iborat Turkistondagi maktab va madrasalarga xos

bo‘lmagan taklifni o‘rtaga tashlagan. U tobora savodsizlashib borayotgan xalq orasida ziyo

nurlarlni tarqatishga harakat qilgan, vatandoshlarini xususan yoshlarni ilmu ma’rifatni egallashga
chaqirgan, ayollarling ilm olish huquqini yoqlagan, odamlarni o‘qish-o‘rganishga qiziqtirishning

oddiy usullarini izlagan.

Mahmudxo‘ja Behbudiy «Turkiston viloyatining gazeti», «Taraqqiy», «Xurshid», «Tujjor»,

«Samarqand» gazetalarida. «SHo‘ro» va «Oyina» jurnallarida bosilgan maqolalarida yangi usul

maktablari ochish, ularda bolalarga dunyoviy fanlarni o‘rgatish g‘oyalarini olg‘a surar ekan, tabiat

hodisalarini, Erning yumaloqligi, o‘z o‘qi atrofida aylanishi va muallaq turishini oy va kunning

tutilishi va hokazolarni ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishga harakat qilgan.

Mahmudxo‘ja Behbudiyning xalqni ma’rifatli qilishdek xayrli ishga butun vujudi bilan

berilganining dalili sifatida quyidagi dalil g‘oyat qiziqarlidir. U 1919 yilda safarga chiqqanida uni

SHahrisabzda Buxoro amirining amaldorlari qamoqqa oladilar va jadidlikda, bolsheviklarning

josusi deb aylab qattiq azoblaydilar. Mahmudxo‘ja Behbudiy amirning buyrug‘i bilan qatl qilinadi.

U o‘limi oldidan yozgan vasiyatnomasida shunday degan: Biz o‘z qismatimizni bilamiz, ammo


Yüklə 3,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin