Qurilishda ishlangan vaqt hisobi. Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari xo’jalik yurituvchi sub’ektlari uchun xodimlar soni va mehnatga haq to’lash jamg’armasining eng kam me’yorlarini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizomning (AV tomonidan 2010 yil 28 dekabrda 2173 - son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan, bundan keyin - 2173 - son Nizom) 16 - bandi va 7 - ilovasiga muvofiq ob’ektdagi barcha qurilish ishlarida band bo’lgan quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yorlari quyidagi formula asosida aniqlanadi:
ХSnorm = SIK / BM / IVF, bunda:
ХSnorm - tashkilotdagi quruvchi ishchilarning o’rtacha oylik eng kam soni me’yori;
SIK - shaharsozlik normalari va qoidalari asosida tuzilgan smetaga muvofiq ob’ektda qurilish ishlarini bajarishda sarflanadigan ish kuchi (kishi - soat);
BM - pudrat qurilish shartnomasi asosiga muvofiq qurilish ishlarini bajarish muddati;
IVF - har bir quruvchi ishchiga 6 kunlik ish haftasida o’rtacha oylik ish vaqtining jamg’armasi (163,1 soat - 2011 yilda).
ХSnorm hisob - kitobida BM ko’rsatkichi sifatida shartnoma bilan belgilangan muddat - 1, 2, 3 oy va hokazo qabul qilinadi.
MISOL. Qurilish - montaj tashkiloti ob’ektda qurilish - montaj ishlarini (QMI) bajarishga shartnoma tuzdi. Quyidagi ma’lumotlar mavjud:
qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlangan smetaga ko’ra QMIni bajarish bo’yicha quruvchi ishchilar sarflaydigan ish kuchi (SIK) - 3 126,8 kishi - soat;
QMIni bajarish muddati (BM) - 2 oy (5 oktabrdan 5 dekabrgacha);
1 xodimga 6 kunlik ish haftasida o’rtacha oylik ish vaqtining jamg’armasi (IVF) - 163,1 soat.
Quruvchi ishchilar o’rtacha oylik sonining eng kam me’yori 10 kishini (3 126,8 / 2 / 163,1) tashkil etadi.
Ikkita turli hisobot choragiga (xatga ko’ra III va IV choraklarga) to’g’ri keladigan qurilish muddati bilan ob’ekt bo’yicha quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori hisob - kitobida ob’ekt qurilishidagi amalda sarflangan ish kuchidan kelib chiqish mumkin. Ushbu holda 2173 - son Nizomga 7a - ilovada keltirilgan formulani qo’llash mumkin:
ХSnorm/oy = MSoy / IVFoy, bunda:
ХSnorm/oy - amalda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib aniqlangan kalendar oy uchun quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori;
MSoy - amalda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib shaharsozlik normalari va qoidalari asosida aniqlangan ushbu kalendar oy uchun mehnat sarfi (kishi - soat);
IVFoy - ushbu kalendar oyda 6 kunlik ish haftasida har bir quruvchi ishchiga to’g’ri keluvchi ish vaqti jamg’armasi (163,1 soat - 2011 yilda).
MISOL. Qurilish tashkiloti shlakobloklardan to’siq qurishga pudrat shartnomasi tuzdi. Qurilish muddati joriy yilning 10 sentabridan 10 oktabrigacha qilib belgilangan.
Qurilishda quruvchi ishchilarning mehnat sarflari smetaga ko’ra 672,4 kishi - soatni tashkil qiladi. 6 kunlik ish haftasida 1 xodimga hisoblaganda ish vaqti jamg’armasi - 163,1 soat.
Quruvchi ishchilarning amaldagi mehnat sarflari:
sentabrda - 448,3 kishi - soat;
oktabrda - 224,1 kishi - soatni tashkil qildi.
Kalendar oy uchun quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori sentabrda 3 kishini (448,3 / 163,1), oktabrda esa 1 kishini (224,1 / 163,1) tashkil qiladi. Shu tariqa, umuman tashkilot bo’yicha quruvchi ishchilar sonining eng kam me’yori hisob - kitobida to’siq qurish ishlari qismida III chorakda 3 kishi, IV chorakda esa 1 kishi hisobga olinadi.
6. Kichik biznes korxonalari tomonidan O’zbekiston yoshlarining "Kamolot" ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg’armasi majburiy to’lov hisobi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 30 maydagi 1240-son qarorida tasdiqlangan “Hisoblangan yagona soliq to’lovi summasining 5 foizini O’zbekiston yoshlarining "Kamolot" ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkazish tartibi to’g’risida”gi Nizomiga asosan kichik biznes korxonalari (savdo korxonalaridan tashqari) tomonidan o’zaro qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi shartnomalarga muvofiq O’zbekiston yoshlarining "Kamolot" ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg’armasiga yagona soliq to’lovi hisoblangan miqdorining 5 foizini o’tkazadilar. Mazkur to’lov davlat byudjetiga majburiy to’lovlarga tenglashtirilgan.
Kichik biznes korxonalari "Kamolot" ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg’armasiga mablag’larni yagona soliq to’lovini to’lash uchun belgilangan tartibda va muddatlarda o’tkazadilar. Jamg’armaga o’tkazilishi kerak bo’lgan mablag’lar soliq organlariga taqdim etiladigan yagona soliq to’lovi bo’yicha hisob-kitoblarda alohida satrda aks ettiriladi.
O’zaro qo’llab-quvvatlash to’g’risida shartnomalar tuzgan kichik biznes korxonalari ikkita to’lov topshiriqnomasini rasmiylashtiradilar.
Yagona soliq to’lovi to’lovchilar belgilangan tartibda:
|
|
|
|
|
|
|
|
"Kamolot" ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg’armasiga
|
|
byudjetga va Davlat maqsadli jamg’armalariga
|
|
|
|
|
|
5 foizi
|
|
95 foizi
|
|
Yagona soliq to’lovidan "Kamolot" ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg’armasiga ajratmalar buxgalteriya hisobida qaydnoma bilan rasmiylashtiriladi.
6520 - Kamolot" yoshlar harakati jamg’armasiga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik" scheti bo’yicha jurnal-orderning tuzilishi.
ope-
ratsiya
soni
|
sanasi
|
Operatsiyalarning mazmuni
|
Schetlar kreditidan 6524 schet debetiga:
|
Debeti bo’yicha jami
|
Schetlar kreditiga 6524 schet debetidan:
|
Kredit bo’yicha jami
|
Saldo 01.01.12 y.
|
5110
|
|
6412
|
|
53
|
31.12.12
|
"Kamolot" yoshlar harakati jamg’armasiga to’lovlar hisoblandi
|
|
|
0
|
75000
|
|
75000
|
|
|
|
Jami
|
|
|
0
|
75000
|
0
|
75000
|
75000
|
MISOL. Hisobot yili yakunlari bo’yicha yagona soliq to’lovchi korxonaning yillik ishlab chiqarish va ishlab chiqargan mahsulotini sotishdan tushgan tushum – 30 0000 ming so’mni tashkil qilgan. Yagona soliq to’lovi stavkasi 5 foiz. Yagona soliq to’lovi summasi 1 500ming so’mni (30000 x 5/100) tashkil etgan. Shunadn yagona soliq to’lovi summasining 5 foizi 75 ming so’m (1 500 x 5/100) O’zbekiston yoshlarining "Kamolot" ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg’armasiga majburiy ajratma hisoblandi.
"Kamolot" yoshlar harakati jamg’armasigato’lovlar bo’yicha soliq hisoboti shakllarini to’ldirish tartibi asosida buxgalteriya o’tkazmalari:
Т/r
|
Operatsiyaning mazmuni
|
Debet
|
Kredit
|
Summa
|
1
|
Yagona soliq to’lovi hisoblandi;
|
9820
|
6410
|
1500,0
|
2
|
"Kamolot" yoshlar harakati jamg’armasiga to’lovlar hisob hisoblandi
|
6410
|
6520
|
75,0
|
3
|
Hisoblangan yagona soliq to’lovi hisob-kitob schyotidan o’tkazildi.
|
6410
|
5110
|
1425,0
|
4
|
Hisoblangan "Kamolot" yoshlar harakati jamg’armasiga to’lovlar hisob-kitob schyotidan o’tkazildi.
|
6520
|
5110
|
75,0
|
Kichik biznes korxonalari yagona soliq to’lovi miqdoridan mablag’lar o’tkazishni amalga oshirganda o’zlari hisobda turgan joydagi soliq organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
"Kamolot" harakati ijro etuvchi organi bilan o’zaro qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi shartnoma nusxasi; hisobot davrida hisoblangan va to’langan yagona soliq to’lovi miqdori hisob-kitobi.
NAZORAТ UCHUN SAVOLLAR.
-
Yagona ijtimoiy to’lovni to’lovchilari bo’lib kimlar hisoblanadi ?
-
Yagona ijtimoiy to’lov va sug’urta badallari solish ob’ekti qanday aniqlanadi?
-
Yagona ijtimoiy to’lovni to’lovining soliq solish bazasi qanday aniqlanadi ?
-
Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasiga, Respublika yo’l jamg’armasiga, Тa’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash bo’yicha byudjetdan tashqari jamg’armalariga majburiy ajratmalar hisob – kitobini to’ldirish tartibi?
-
Хodimlar soni va mehnatga haq to’lash fondining eng kam me’yorlari qanday aniqlanadi?
-
Хodimlar soni va MHТFning eng kam me’yorlari hisob - kitoblarni taqdim etish tartibi qanday?
-
Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yangi - YaIТning eng kam miqdori hisob-kitobi hisob - kitoblarni taqdim etish tartibi qanday?
Dostları ilə paylaş: |