Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети


Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’i va hisoboti



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə9/25
tarix23.10.2017
ölçüsü1,67 Mb.
#11695
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25

Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’i va hisoboti.

Yuridik shaxslar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan xorijiy investitsiyali yuridik shaxslar ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini to’lovchilar hisoblanadi.

Soliq solish ob’ekti bo’lib "Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot"ning 2-son shakli 270-satrida "Soliq solinadigan foyda" qiymatidan foyda solig’i ayrilgan summasi hisoblanadi. Soliqning eng yuqori stavkasi soliqqa tortish ob’ektining 8%i miqdorida belgilangan. Mahalliy hokimiyat idoralari soliqni past stavkalar bo’yicha to’lashi mumkin.

Balansida ijgimoiy infratuzilma ob’ektlari bo’lgan soliq to’lovchilar byudjetga to’lanadigan soliq summasini quyidagi tartibda aniqlaydi:


  • agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasiga teng yoki undan ortiq bo’lsa, soliq to’lanmaydi;

  • agar ijgimoiy infratuzilma ob’ektlarini ta’minlash uchun xarajatlar summasi ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq summasidan kam bo’lsa, byudjetga to’lanadigan soliq hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan haqiqatda sarflangan xarajatlar summasi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Soliq hisoblanganda:

Debit 9810-«Foydadan hisoblangan va to’lanadigan soliq»

Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik»

Bu soliq byudjetga to’langanda:

Debit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik»

Kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti».

Misol: Korxona hizmat ko’rsatishi natijasida yil yakunida soliq inspeksiyasiga yillik hisobot topshirishi natijasida korxona sof foydasi 19638, ming so’mni tashkil kilgan.

Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’ini hisoblandi:

Inf.riv.sol = 19638 x 8% = 1571,04 ming so’m

Byudjetga to’lanishi kerak bo’lgan Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’i summasiga va ushbu summaning byudjetga o’tkazilishi schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi:



  1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i hisob-kitobini to’ldirish tartibi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i hisoblab chiqarish ushbu Kodeksning muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari doimiy muassasa joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organiga O’zbekiston Respublikasidagi faoliyatining xususiyati haqidagi hisobotni (erkin shaklda), shuningdek yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining hisob-kitobini chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etadi. Bunda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining hisob-kitobida byudjetga to’lanadigan sof foydadan olinadigan soliq summasi alohida satrda ko’rsatiladi. Faoliyat kalendar yil tugashidan avval tugatilgan taqdirda, bu hujjatlar faoliyat tugatilganidan keyin bir oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi shart.



Soliq to’lash tartibi. Hisobot davri mobaynida soliq to’lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini joriy to’lovlarni kiritish orqali to’laydilar, ushbu moddaning to’rtinchi qismida ko’rsatilgan soliq to’lovchilar bundan mustasno.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha joriy to’lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to’lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha joriy to’lovlar har oyning 10-kunidan kechiktirmay ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan yil choragi bo’yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasining uchdan bir qismi miqdorida to’lanadi. Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq to’lovchilar joriy to’lovlarni to’lamaydi.

Тaxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi hisobot davri uchun byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasiga nisbatan 10 foizdan ko’proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to’lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i to’lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.

2012 yilda soliq to’lovchilar - 1-ilovaga binoan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha va 9-ilovaga binoan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha ikkita shakl to’ldirgan bo’lsa, 2013 yildan boshlab ular ushbu ikkala soliqlar bo’yicha faqat bitta, 1-ilovaga muvofiq shaklni to’ldiradilar. Ko’rsatilgan soliqlar bo’yicha joriy to’lovlarni hisoblash uchun ma’lumotnomalar bitta ma’lumotnoma shakliga birlashtirilgan.

shuningdek, ushbu soliqlarning hisob-kitobi shakllari ham bitta shaklga birlashtirilgan.

1-chizma


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha hisob-kitobini to’ldirish tartibi


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha joriy to’lovlarni hisoblash uchun MA’LUMOТNOMA;

Soliq to’lovchisi to’g’risida

MA’LUMOТLAR;

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i va obodonlashtirish
va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i


HISOB-KIТOBI;

1- ilova.

Davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan ijara haqi miqdorining shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi

2-ilova.

Chegirilmaydigan xarajatlar (soliq solinadigan bazaga kiritiladigan xarajatlar)

3-ilova.

Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirilmaydigan, biroq keyingi hisobot davrlarining soliq solinadigan bazasidan chiqarib tashlanadigan xarajatlar (9440-hisobvaraqda hisobga olingan xarajatlar)

4-ilova.

Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadigan ilgari qilingan xarajatlar (012-balansdan tashqari hisobvaraq ma’lumotlari bo’yicha)

5-ilova.

Soliq solishdan ozod qilinadigan foyda

6-ilova.

Soliq solinadigan foydani kamaytirish

7-ilova.

Hisobot (soliq) davri uchun soliq solinadigan foydani kamaytiradigan, investitsiyaga yo’naltiriladigan mablag’lar summasi hisob-kitobi

8-ilova.

Jismoniy shaxslarning omonatlari (muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo’yicha omonatlar hamda joylashtirilgan jamg’arma sertifikatlari) hajmlarining ko’paygan summasiga banklarning soliq solinadigan foydasini kamaytirish hisob-kitobi

9-ilova.

Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foyda hisob-kitobi

10-ilova.

Joriy soliq davridagi soliq solinadigan foydani kamaytiradigan o’tgan yillar zarari summasining hisob-kitobi

11-ilova.

Plastik kartochkalar qo’llanilib to’langan ko’rsatilgan xizmatlardan olingan foydaning hisob-kitobi

12-ilova.

Eksport ulushiga qarab foyda solig’i stavkasiga tuzatish kiritish

13-ilova.

Nogironlar mehnatidan foydalanadigan korxonalar uchun
foyda solig’ining tuzatish kiritilgan summasi

14-ilova.

Hisobga olinadigan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida
to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi

15-ilova.

O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olinishi lozim bo’lgan
(olingan) dividendlar ko’rinishidagi daromadlardan
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining
ma’lumotnoma-hisob-kitobi

2-chizma


Soliq agentlari tomonidan to’lov manbaida ushlab qolinadigan dividendlar

va foizlar ko’rinishida to’lanadigan daromadlardan olinadigan soliq

HISOB-KIТOBI

Тo’lov manbaida soliqlarni ushlab qoladigan soliq agenti to’g’risida

MA’LUMOТLAR


Jami daromad summasi va to’lov manbaidan ushlab qolingan
yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining umumiy summasi to’g’risida


MA’LUMOТNOMA


Norezidentlarning daromadidan yuridik shaxslardan olinadigan

foyda solig’ini to’lov manbaida ushlab qoluvchi soliq agenti to’g’risida

MA’LUMOТLAR


Norezidentlarning daromadidan soliq agenti

tomonidan to’lov manbaidan ushlab qolinadigan

yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining

HISOB-KIТOBI *


Daromad summasi va ushlab qolingan soliqning jami summasi to’g’risida

MA’LUMOТNOMA


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining to’lovchisi haqida

MA’LUMOТLAR
(O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga


oshirayotgan norezidentlar tomonidan to’ldiriladi)

O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyatni doimiy muassasa orqali
amalga oshiradigan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan
to’lanadigan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining


HISOB-KIТOBI

1- ilova.

Doimiy muassasa faoliyati bilan bog’liq bo’lgan daromadlar

2-ilova.

CHEGIRILMAYDIGAN ХARAJAТLAR

(soliq solinadigan bazaga kiritiladigan xarajatlar)



3-ilova.

Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanmaydigan, biroq keyingi hisobot davrlarining soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlar (9440-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar)

4-ilova.

Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadigan ilgari qilingan xarajatlar (012-balansdan tashqari hisobvarag’i bo’yicha ma’lumotlar)

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i hisob-kitobining birlashtirilgan shakliga kiritilgan o’zgartirishlar:

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini hisoblashda shakl yangi satrlar bilan to’ldirilgan:

Davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan ijara haqi miqdorini shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi (Hisob-kitobning 1-ilovasi 060-satri) ko’rsatiladigan 040 satr bilan to’ldirilgan va bu satr ko’rsatkichi soliq solinadigan foydaga qo’shiladi;

quyidagilar ko’rsatiladigan 200 va 210 satrlar bilan - O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq hisobga olinadigan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi (Hisob-kitobning 14-ilovasi 090-satri);

O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olingan dividend va foiz ko’rinishidagi daromadlar bo’yicha O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha qo’shimcha summasi (Hisob-kitobning 15-ilovasi (060-satri + 120-satri));

va mos ravishda yangi 14, 15-ilovalar bilan to’ldirildi.

Ushbu satrlar bo’yicha ko’rsatkichlar hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasini ko’paytiradi yoki kamaytiradi.

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bilan bitta shaklga birlashtirilgan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha ilgari chegiriladigan soliq to’lovchi balansida bo’lgan ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini saqlab turishning haqiqiy xarajatlarini hisobga olmagan holda hisoblab chiqarish ko’zda tutilgan.

Hisob-kitob shakli yangi "Davlatning ko’chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining eng kam stavkalaridan kelib chiqib hisoblangan ijara haqi miqdorining shartnomada belgilangan ijara haqi miqdoridan oshgan summasi" nomli 1-ilova bilan to’ldirildi.

Oldingi 1-5-ilovalar mos ravishda 2-6-ilovalar hisoblandi (1-ilova Chegirilmaydigan xarajatlar (soliq solinadigan bazaga kiritiladigan xarajatlar), 2-ilova Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirilmaydigan, biroq keyingi hisobot davrlarining soliq solinadigan bazasidan chiqarib tashlanadigan xarajatlar (9440-hisobvaraqda hisobga olingan xarajatlar), 3-ilova Hisobot davrida soliq solinadigan bazadan chegirib tashlanadigan ilgari qilingan xarajatlar (012-balansdan tashqari hisobvaraq ma’lumotlari bo’yicha), 4-ilova Soliq solishdan ozod qilinadigan foyda, 5-ilova Soliq solinadigan foydani kamaytirish).

7-ilova ilgarigi 7-ilova (7-ilova. Hisobot (soliq) davri uchun soliq solinadigan foydani kamaytiradigan, investitsiyaga (modernizatsiyalash, o’z ishlab chiqarishini texnik va texnologik qayta jihozlashga, yangi texnologik jihoz xarid qilishga, ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruksiya qilishga, shuningdek ushbu maqsadlar uchun berilgan kreditlarni uzishga, lizing ob’ekti qiymatini qoplashga) yo’naltiriladigan mablag’lar summasi Hisob-kitobi) kabi saqlanib qolgan.

Hisob-kitob 8-ilova "Jismoniy shaxslarning omonatlari (muddatli omonatlari, plastik kartochkalar bo’yicha omonatlar hamda joylashtirilgan jamg’arma sertifikatlari) hajmlarining ko’paygan summasiga banklarning soliq solinadigan foydasini kamaytirish hisob-kitobi" bilan to’ldirilgan.

Oldingi 6-ilova (6-ilova. Mahalliylashtirilayotgan mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foyda hisob-kitobi) endi 9-ilova bo’ldi.

Oldingi 8-ilova (8-ilova. Hisobot (soliq) davridagi soliq solinadigan foydani kamaytiradigan o’tgan yil (o’tgan yillar) zarari yoki zararning bir qismi summasining hisob-kitobi) endi 10-ilova bo’lib hisoblanadi.

Oldingi 9-ilova (9-ilova. Plastik kartochkalar qo’llanilib to’langan ko’rsatilgan xizmatlardan olingan foydaning hisob-kitobi) endi 11-ilova bo’ldi.

Oldingi 10 va 11-ilovalar (10-ilova. Eksport ulushiga qarab foyda solig’i stavkasiga tuzatish kiritish, 11-ilova. Nogironlar mehnatidan foydalanadigan korxonalar uchun foyda solig’ining tuzatish kiritilgan summasi) endi 12 va 13-ilovalar bo’ldi. Bunda, eski 12-ilova (12-ilova. Daromadlar hisobini yuritish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan va soliq solish maqsadida daromad sifatida qaralmaydigan foyda (daromad) summasi) chiqarib tashlandi.

Hisob-kitob 14 va 15-ilovalar bilan to’ldirildi (14-ilova. Hisobga olinadigan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i summasi, 15-ilova. O’zbekiston Respublikasidan tashqarida olinishi lozim bo’lgan (olingan) dividendlar ko’rinishidagi daromadlardan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ining ma’lumotnoma-hisob-kitobi).

Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha soliq hisoboti shakllarining qolgan ilovalari o’zgarishsiz saqlanib qolgan.

Soliq hisoboti shakli shuningdek, "Norezidentning O’zbekiston Respublikasi hududidagi doimiy muassasa orqali faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan daromadidan O’zbekiston Respublikasi rezidenti yoki O’zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi tomonidan to’langan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’ini qaytarish to’g’risida Ariza" bilan to’ldirildi.


Yirik va kichik korxonalar uchun yuridik shaxslardan olinadigan foyda

solig’i va obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i



2013 yil 1 yanvargacha


2013 yil 1 yanvardan


Foyda solig’i

hisob-kitobi




Har chorakda

Yilda 4 marta




Foyda va OIIRS

soliqlari

hisob-kitobi


Har chorakda

Yilda 4 marta




Foyda solig’i

bo’yicha ma’lumotnoma




Har chorakda

Yilda 4 marta




OIIRS hisob-kitobi


Har chorakda

Yilda 4 marta



OIIRS bo’yicha

ma’lumotnoma




Har chorakda

Yilda 4 marta




Foyda va OIIRS

soliqlari

hisob-kitobi


Har chorakda

Yilda 4 marta




Yil uchun soliq hisoboti 16 shakl


Yil uchun soliq hisoboti 8 shakl


  1. Jismoniy shaxslarning olinadigan daromad solig’i hisobi va hisoboti.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i ob’ekti, bazasi va jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi, shuningdek soliq stavkalariga bag’ishlanadi. Bu masalalar Soliq kodeksining (SK) 29-32-boblari bilan tartibga solinadi.

Soliq to’lovchilar, soliq solish ob’ekti va bazasi. SKga muvofiq soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar va O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari uchun norezidentlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lovchilari hisoblanadi.

shuningdek O’zbekiston Respublikasi rezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi va undan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlari hamda norezidentlarining O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari soliq solish ob’ekti hisoblanadi.

Soliq solinadigan baza jami daromaddan kelib chiqib, SKga muvofiq soliq solishdan ozod qilingan daromadlar chegirilgan holda aniqlanadi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan olingan, qat’iy belgilangan soliq solinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining soliq solish ob’ekti bo’lmaydi.



Jismoniy shaxslarning jami daromadi tarkibi

1) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar;

2) mulkiy daromadlar;

3) moddiy naf tarzidagi daromadlar;

4) boshqa daromadlar.

MISOL. Reklama bo’yicha menejerga lavozim maoshi 395 000 so’m qilib belgilangan. Fevral oyida u 15 ish kuni ishladi.

Bu yerda mehnatga haq to’lashning oddiy vaqtbay shaklida haqiqatda ishlab berilgan kunlarga to’lov amalga oshiriladi. Fevral oyida 20 ish kuni bo’lib, ulardan 15 kuni reklama bo’yicha menejer tomonidan ishlab berilgan.

Uning ish haqini hisoblash uchun, oldin, bir ish kuni uchun to’lanadigan ish haqi miqdorini aniqlash zarur. Maoshi 395 000 so’m bo’lgan holatda, fevral oyidagi kunlik ish haqi 19 750 so’mga (395 000 / 20) teng bo’ladi. Shunday ekan, fevral oyi uchun menejerning ish haqi 296 250 (19 750 x 15) so’mga teng bo’ladi.
Mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar

Ish beruvchi bilan mehnatga oid munosabatlarda bo’lgan va tuzilgan mehnat shartnomasiga (kontraktiga) muvofiq ishlarni bajarayotgan jismoniy shaxslarga hisoblanadigan va to’lanadigan barcha to’lovlar mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlar deb e’tirof etiladi:

mehnatga haq to’lashning qabul qilingan shakllari va tizimlariga muvofiq ishbay narxlar, tarif stavkalari va mansab maoshlaridan kelib chiqqan holda haqiqatda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi;


  • ilmiy daraja va faxriy unvon uchun qo’shimcha to’lovlar;

  • SKning 173-moddasiga muvofiq rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar;

  • SKning 174-moddasiga muvofiq kompensatsiya to’lovlari (kompensatsiya);

  • SKning 175-moddasiga muvofiq ishlanmagan vaqt uchun haq to’lash.

shuningdek mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga quyidagilar ham kiradi:

  • fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalarga muvofiq to’lovlar;

  • yuridik shaxsning boshqaruv organi (kuzatuv kengashi yoki boshqa shunga o’xshash organi) a’zolariga yuridik shaxsning o’zi tomonidan amalga oshiriladigan to’lovlar;

  • O’zbekiston Respublikasi mudofaa, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar vazirliklarining, O’zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, ichki ishlar organlarining oddiy askarlar, serjantlar va ofitserlar tarkibiga hamda O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining xodimlariga xizmatni o’tashi (xizmat majburiyatlarini bajarishi) munosabati bilan to’lanadigan pul ta’minoti, pul mukofotlari va boshqa to’lovlar.

MISOL. Тaftish komissiyasi a’zosiga tashkilotning umumiy yig’ilishiga tayyorlanishi va qatnashishi kunlariga 25 000 so’m summadan kelib chiqib har bir kun uchun to’lanadi. 5 kun uchun unga 125 000 so’m hisoblanib, ushbu summa taftish komissiyasi a’zosining arizasiga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’iga maksimal stavka (22%) bo’yicha tortiladi.

Bu yerda taftish komissiyasi a’zosiga to’lanadigan mukofot summasi (125 ming so’m) mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlarga kiritiladi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’iga tortiladi va ijtimoiy sug’urtaga majburiy ajratmalar ob’ekti hisoblanadi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi 27 500 so’mni (125 000 x 22%), hisoblangan sug’urta badali summasi - 6 875 so’mni (125 000 x 5,5%) tashkil etadi.


Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin