Солиқ ҳисобининг объекти ва предмети



Yüklə 1,67 Mb.
səhifə14/25
tarix23.10.2017
ölçüsü1,67 Mb.
#11695
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25

Mol-mulk solig’ini hisoblash uchun mol-mulkning o’rtacha yillik qiymati 40 500 ming so’mni tashkil etadi.

Soliq solinadigan bazani belgilash uchun Buxgalteriya hisobining balans aktivida aks ettiriladigan quyidagi hisobvaraqlar bo’yicha summalar qabul qilinadi:

0110-0190-«Asosiy vositalar»

0310-«Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar»


Mol-mulk solig’i hisoblanganda:

Debit 9430-«Boshqa operatsion harajatlar»

Kredit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik»

Byudjetga o’tkazilganda:

Debit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik»

Kredit 5110-«Hisob-kitbo schyoti»

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga 3,5 foiz stavkasi bo’yicha soliq solinadi.

Misol: Korxona 2010 yildagi asosiy vositalarining qoldiq qiymati 97396, ming so’mni tashkil kilgan. Korxona 2010 yil uchun quyidagicha mol-mulk solig’ini hisoblaydi va byudjntga utkazadi.

Mol-mulk solig’i = 97396*3,5% = 3408,86 ming so’m.



Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini taqdim etish va soliqni to’lash tartibi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq to’lovchi - O’zbekiston Respublikasining rezidenti tomonidan ushbu Kodeks 267-moddasining birinchi qismiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Soliq davri mobaynida soliq to’lovchilar har oyda joriy to’lovlarni to’laydilar, mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno. Joriy to’lovlar summasi tegishli yil uchun mol-mulkning o’rtacha yillik qoldiq qiymatidan (o’rtacha yillik qiymatdan) va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq yillik summasining o’n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi.

O’zbekiston Respublikasining norezidentlari bo’yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblab chiqarish soliq solinadigan bazadan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi:

O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidenti doimiy muassasaning soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq solinadigan mavjud mol-mulk to’g’risidagi ma’lumotnomani hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvaridan kechiktirmay taqdim etishi shart. Тaqdim etilgan ma’lumotnoma asosida davlat soliq xizmati organi yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi hisob-kitobini o’n kun ichida amalga oshiradi va to’lov xabarnomasini yozadi;

O’zbekiston Respublikasining ko’chmas mulk joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlari O’zbekiston Respublikasining ko’chmas mulkka ega bo’lgan norezidentlariga soliq to’lovchidan yoki ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organdan olingan ma’lumotlar asosida to’lov xabarnomasini yozadi.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq O’zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan yilda bir marta soliq hisoboti davridan keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmasdan to’lanishi kerak.

Prezidentimizning 2012 yil 16 iyul kuni «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 4453-sonli Farmoni asosan 2013 yildan e’tiboran - yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisobotlari barcha soliq to’lovchi yuridik shaxslar tomonidan bir yilda bir marotaba taqdim etilishi belgilandi.

7-chizma

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo’yicha hisob-kitobini to’ldirish tartibi


________ yildagi soliq davri uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga

solinadigan soliq bo’yicha joriy to’lovlarni hisoblash bo’yicha

(mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari)

MA’LUMOТNOMA

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq to’lovchisi to’g’risida MA’LUMOТ

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq

HISOB-KIТOBI


1- ilova.

Soliq solinadigan ob’ektlarning o’rtacha yillik

qoldiq qiymati (o’rtacha yillik qiymati)

HISOB-KIТOBI


2-ilova.

Normativ muddatlarda ishga tushirilmagan,

qurilishi tugallanmagan ob’ektlarning

RO’YХAТI


3-ilova.

Belgilangan muddatda ishga tushirilmagan asbob-uskunalar

RO’YХAТI


4-ilova.

Soliq solinmaydigan mol-mulk

RO’YХAТI


5-ilova.

Mahalliylashtirilayotgan mahsulot ishlab

chiqarish uchun foydalaniladigan mol-mulk


HISOB-KIТOBI

6-ilova.

Eksport ulushiga bog’liq holda mol-mulk

solig’i stavkasiga tuzatish kiritish



O’zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasining norezidentlarida mavjud asosiy vositalarning o’rtacha yillik qoldiq qiymati to’g’risida

MA’LUMOТNOMA


O’zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy

muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston

Respublikasining norezidentlarida mavjud

soliq solinadigan mol-mulkning


RO’YХAТI


O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga

oshirmayotgan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari (yuridik va jismoniy

shaxslar)ga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan ko’chmas mulk to’g’risida

MA’LUMOТNOMA


__________ yil soliq davri uchun

(yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hisoblash uchun)




Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin