Soliq akademiyasi


Moliyaviy investitsiyalardan samarali foydalanish darajasini tekshirish



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə111/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209
Soliq akademiyasi

Moliyaviy investitsiyalardan samarali foydalanish darajasini tekshirish. Korxonaning moliyaviy investitsiyalardan oladigan daromadlari 9520 - «Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar», 9530 - «Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» va 9560 - «Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi va «Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga qo’shiladigan mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko’rsatish) va realizatsiya xarajatlarining tarkibi hamda moliya natijalarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom» ga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar qatoriga kiritiladi.
«Хarajatlar tarkibi... to’g’risidagi Nizom» da (V bo’limi 3 § «Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar», 3,5-modda «qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar», sho’’ba korxonalarga berilgan mablag’lar va shu kabilarni qayta baholashdan olingan foyda, shuningdek, V. bo’limi, 3 § «Moliyaviy faoliyagga doir chiqimlar», 3, 4-modda «Qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar» (sho’’ba korxonalarga berilgan mablag’lar va shu kabilar) ni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar va sho’’ba korxonalarga berilgan mablag’larni har choraqda (yilda) qayta baholash, ya’ni ularni balansda bozor bahosi bo’yicha aks ettirish tavsiya etiladi. Ammo, bunday hisob yuritish siyosatiga qimmatli qog’ozlar bozori keng rivojlanganda erishilib, bozor qiymati haqida muntazam axborotlar mavjud sharoitda bo’lishi mumkin.
Auditor sotib olingan qimmatli qog’ozlardan tashqari korxonaning o’zida chiqarilgan qimmatli qog’ozlar saqlanishi ham mumkinligini bilishi zarur. Bunday qimmatli qog’ozlar o’z jamoasi a’zolariga sotilguncha yoki birjaga berilgunga qadar 006-«Qat’iy hisobot varaqlari» degan balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
Qo’shimcha daromad olish maqsadida ikkilamchi sotish uchun birjada sotib olingan yoki jismoniy shaxslardan (masalan, korxona xodimi ishdan bo’shab ketayotganida) sotib olingan korxona aksiyalari 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli» schyotida hisobga olinadi va quyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: Dt 8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli» schyoti va Kt 5010, 5110-schyotlar - qimmatli qog’ozlarning xarid qiymatiga. Korxona aksiyalarini ikkilamchi sotish quyidagicha aks ettiriladi:

  1. Dt 5010, 5110, 5210 Kt 9220- ikkilamchi sotish qiymatiga.

  2. Dt 9220 Kt 5610 (maxsus subschyot) qimmatli qog’ozlarning xarid bahosi.

  3. Dt 9220 Kt 9590 ikkilamchi sotish qiymatining xarid bahosidan oshgan qismi.

Agar xarid qiymati ikkilamchi sotish qiymatidan yuqori bo’lsa, u holda Dt 9690 Kt 9220 provodka tuziladi. Auditor bunday hollarda samarasiz moliyaviy muomalalar amalga oshirilganliining ob’ektiv (balki sub’ektiv) sabablarini aniqlash, oqilona ish yuritilganda yo’l qo’yilishi mumkin yo’qotishlar ko’lamini aniqlashi va bu haqda direktorlar kengashida yoki aksiyadorlar majlisida bildirishi zarur.
Boshqa korxonalarning ustav kapitaliga hissa qo’shish ko’rinishidagi qilingan moliyaviy investitsiyalar auditi ushbu korxonalar ustavlarini tahlil qilib, daromad olish shartlarini hamda bunday investitsiyalar samaradorligining to’g’riligi va hisobda to’liq aks ettirilganligini aniqlashdan iborat.
shuningdek, vekselga berilgan qarzlar ham moliyaviy investitsiyalar bo’lib hisoblanadi. Ular quyidagicha aks ettiriladi: Dt 0610, 5810 Kt 5110, 5210, 5220 vekselga berilgan qarz summasiga.
Moliyaviy investitsiyalar boshqa korxonalar faoliyatida hissa qo’shib ishtirok etish, aksiyalar bo’yicha dividendlar va obligatsiyalar bo’yicha foiz ko’rinishdagidaromadlar olish maqsadida amalga oshirilib, hisoblangan daromadlar summasiga hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
Dt 4830 (4840) Kt 9530 (9520)
Pul mablag’lari kelib tushganda
Dt 5110, 5210 Kt 4830, (4840)- olingan dividendlar (foizlar) summasiga.
Daromadlarning to’liq aks ettirilganligini tekshirishda, ularning miqdori buxgalteriyada hisobga olish maqsadida quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lganda tan olinadi:
korxona ushbu daromadlarni olish huquqiga ega;
daromadlar summasi aniqlangan bo’lishi mumkin;
muayyan muomala natijasida korxona iqtisodiy manfaatining ko’payishiga ishonch bo’lganida.
Korxonaning moliyaviy investitsiyalardan olgan barcha daromadlari soliqqa tortish maqsadida ikkita guruhga bo’linadi:
umumqabul qilingan tartibda realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibida soliqqa tortiladigan daromadlar (hamkorliqdagi faoliyatdan olingan daromadlar);
maxsus tartibda soliqqa tortiladigan daromadlar. Bularga aksiyador - korxonaga tegishli va bu qimmatli qog’ozlar egasining emitent - korxona foydasini taqsimlashda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi aksiyalar bo’yicha olingan daromadlar;
O’zbekiston Respublikasi davlat qimmatli qog’ozlari va mahalliy organlar qimmatli qog’ozlari; O’zbekiston Respublikasi hududida tashkil qilingan boshqa korxonalar ustav kapitalida hissa qo’shib ishtirok etishdan olingan daromadlar. Bunday daromadlar belgilangan foiz stavka bo’yicha soliqqa tortiladi va daromadlarni to’lash manbalaridan to’lanadi.
Moliyaviy investitsiyalar auditining yakunlovchi bosqichi ular samaradorligini tahlil qilish bo’lib, quyidagi koeffitsiyentlar dinamikasini aniqlash va tahlil qilishdan iborat:



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin