Blok-chizmalar va savolnomalar - bu daromad olish sikli bo’yicha, sotish, pul olish va debitorlik qarzlari bosqichlaridan iborat nazorat tizimining afzalroq elementlaridir.
Ichki nazorat tizimi samaradorligi va mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha operatsiyalar hisobini dastlabki baholash uchun foydali vosita bo’lib maxsus savolnoma bo’yicha test savolnomalarini qo’llash hisoblanadi.
Olingan javoblarni tahlil qilib bo’lib, auditor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayonini nazorat qilishyo’nalishlarini aniqlashi va har bir yo’nalish bo’yicha eng ma’qul bo’lgan muolajalarni tanlab olishi, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish operatsiyalar sikllari bo’yicha auditorlik tekshiruvining dasturini tayyorlashi lozim.
Avvalambor, auditor korxonada tayyor mahsulot qanday baholanishini aniqlashi kerak. Hozirgi kunda mahsulot baholashning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
- amaldagi (to’liq) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha;
- ulgurji narxlar qat’tiy hisob narxlari sifatida qabul qilingan sotishning ulgurji narxlari bo’yicha. Bunda farqlar alohida hisobvaravda hisobga olinadi;
- rejali (me’yoriy) ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha. Shuningdek, amaldagi ishlab chiqarish tannarxi farqlari rejali yoki me’yoriy narxlardan alohida hisoblanadi:\ -QQS summasiga oshirilgan erkin sotish narxlari bo’yicha;
- erkin bozor (sotuv) narxlari bo’yicha.
Тayyor mahsulotni baholash bo’yicha tanlab olingan usul korxona hisob siyosatining elementi sifatida qayd etilishi, hisobvaraqlarning ishchi rejasida esa uning hisobga olish uchun tegishli hisobvaraqlar belgilanishi lozim.
Тayyor mahsulotning to’liqkirim qilinganligi xom ashyo va materiallarning xarajati bo’yicha muqobil balans tuzish, tayyor mahsulotlarning chiqarilishini me’yoriy sarf-xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilash yo’llari bilan tekshirish mumkin. Ishlab chikarilgan mahsulot hajmlarini tekshirish uchun dastlabki hujjatlar va ishlab chiqarish hisobotlari, tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha inventarlash dalolatnomalari, tahliliy va sintetik hisob registrlari ma’lumotlaridan foydalaniladi. Bunda "Ombordagi tayyor mahsulot" hisobvarag’ining debetida hisobga olingan tayyor mahsulotning xaqmqiy ishlab chiqarilishi va omborga topshirilishi (xaqiqiy tannarxi) bo’yicha ma’lumotlar "Asosiy ishlab chiqarish", "Yordamchi ishlab chiqarish" hisobvaraqlarining krediti bo’yicha aylanmalar bilan solishtiriladi. Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar tannarxi ushbu hiyeobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari "Asosiy (operatsion) faoliyatdan olingan daromadlar hisobi bo’yicha hisobvaraqlar" hisobvarag’ining debet aylanmalari bilan solishtirib tekshiriladi.
Sotish siklini audit qilish vaqtida auditor mahsulotni sotishdan tushum to’g’ri aniqlanganligi va hisobga olinganligini tekshirishi lozim. Barcha korxonalar sotishdan tushum va hisobotni tayyorlash bo’yicha buxgalteriya hisobini faqat hisoblash usulida yoki "jo’natish bo’yicha" amalga oshirishlari kerak. Mahsulotni jo’natish (sotish) jarayoni "Тayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi. Jo’tilgan, lekin hali ham xaridor tomonidan to’lanmagan mahsulot sotish narxlari bo’yicha "Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar" hisobvarag’ida hisobga olinadi.
Auditor tegishli hisobvaraqlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlariga asosan qo’llanilayotgan hisobvaraqlar korrespon-dentlanishi to’g’riligi va mahsulotni sotishdan tushum "jo’natish bo’yicha", me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq hisobda to’g’ri aks etilganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Mahsulotni (ish va xizmatlar)ni jo’natish va sotish bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish uchun 1b-sonli ro’yxatnoma (jo’natish) va 11-sonli jurnal-order qo’llaniladi. 1b-sonli ro’yxatnoma jo’tilgan mahsulot sotilishidan tushgan tushumni aniqlashda yuritiladi. 11-sonli jurnal-orderda oylik yakunlar va tegishli hisobvaraqlar bo’yicha kredit aylanmalari aks etiladi.
Mahsulotlarni sotish bo’yicha operatsiyalarni o’rganish jarayonida auditor mahsulot yetkazib berish uchun shartnomalar mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligi, yozib berilgan hisobvaraq-fakturalar to’liq ro’yxatga olinganligi, yetkazib
berilgan mahsulot uchun xaridor to’lov muddatlariga rioya qilayotganligini aniqlashi va tekshirishi lozim.
Sotilgan mahsulot tannarxi to’g’ri anshuganganligini auditor tegishli ko’rsatkichlarni qaytadan sanab chiqish, shuningdek, mahsulotning alohida turlari bo’yicha tovar balansini natural va qiymat ifodalarini solishtirish yo’li bilan aniqlaydi.
Тekshiruv yakunida auditor QQS va sotishdan olingan moliyaviy natijalar to’g’ri hisoblanganligini tekshiradi.
Auditor o’z xulosalarinm tekshirilayotgan dastlabki hujjatlar va hisob registrlari ma’lumotlari, amalga oshirilgan nazoratli arifmetik hisob-kitoblar natijalari bilan asoslaydi. Audit davrida aniqlangan xato va kamchiliklarni auditor o’z ish hujjatlarida qayd etadi.
Тayyor mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha buxgalteriya hisobini yuritishda odatda sodir etiladigan xatolar quyidagilar bo’lishi mumkin:
- mahsulotni sotish buxgalteriya hisobida "to’lov bo’yicha" yuritilishi;
- sotilgan mahsulotning tannarxi noto’g’ri hisoblanishi;