Soliq akademiyasi


Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini va ularni tekshirishda quyidagilarni bilish zarur



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə157/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   209
Soliq akademiyasi

Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini va ularni tekshirishda quyidagilarni bilish zarur;

  • Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini auditorlik tekshiruvdan o’tkazishning maqsad va vazifalari,

  • Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini audit qilishda qo’llaniladigan asosiy xujjatlarning tarkibi

  • Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini auditorlik tekshiruv o’tkazishning ketma-ketligi,

  • Jismoniy shaxslarning daromad solig’ining auditini o’tkazishda aniqlangan xuquqbuzarliklarning turlari,

Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini auditi qilishning asosiy maqsadi ushbu soliq turining soliq qonunchiligiga talabiga asosan to’g’ri hisblanishi va o’z vaqtida to’lanishi nazorat qilishdan iborat.
Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini auditi qilishda quydagilardan baholash mumkin:

  • Daromad solig’i va uning sintetik va analitik hisobi tizimi;

  • Soliqqa tortiladigan bazani shakllantirish va noqonuniy to’lovlarni yo’qligi;

  • Jismoniy shaxslarning daromad solig’ini bo’yicha belgilangan tartibda soliqqa tortilmaydigan summani to’g’ri aniqlash;

  • Buxgalteriya va soliq hisobotlarida byudjet oldidagi soliq majburiyatlarini to’g’ri aks ettirilishini aniqlash;

  • Soliq bazasini shakllantirish jarayonida soliq qonunchiligiga rioya qilinishini aniqlash;

  • Mazkur soliq turini byudjetga to’liq va o’z vaqtida to’lashini nazorat qilish.

Auditorni yakuni bo’yicha tekshirish natijalarini xulosa qiladi va auditorlik hisobotini ish xujjatlar bilan auditor raxbariga topshiradi.
Jismoniy shaxsning yillik umumiy daromadiga mehnat haqi shaklida olingan daromadlar, jismoniy shaxslar mulkidan oladigan daromadlari va tadbirkorlik faoliyatidan olingan yalpi daromad kiradi.
Ish haqidan daromad solig’ining to’g’ri ushlanganligini tekshirishda Soliq Kodeksi moddalari va ular bo’yicha kiritilgan qo’shimcha hamda o’zgartishlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Daromad solig’i bo’yicha berilgan imtiyozlarning qonuniyligini aniqlash uchun imtiyozlarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligiga ishonch hosil qilish kerak:

  • xodimning jami daromadidan chegiriladigan imtiyoz summalarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;

SHundan so’ng jismoniy shaxslar jami daromadini aniqlash, asosiy xodimlar, o’rindoshlar, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida pul to’lanadigan shaxslar va boshqalar bo’yicha soliq imtiyozlari va daromad solig’i stavkalarini qo’llashning to’g’riligi tekshiriladi.
Ish haqidan ushlanadigan summalar bo’yicha aniqlangan tafovutlar ham auditorning ish hujjatlarida umumlashtirilishi va aks ettirilishi lozim.
Ish haqi hisob-kitobini tekshirgandan so’ng mehnat haqiga doir xarajatlarni schyotlar, ma’suliyat markazlari va tannarx hisoblash ob’ektlari bo’yicha guruhlash va umumlashtirishning to’g’riligini aniqlash zarur.
Amaliyotda mehnat haqini xarajat schyotlariga (2010, 2310, 2510, 9400,) olib borishining asosliligini tekshirishda ishlab chiqarish zahiralarini tayyorlash (1510) va kapital ishlar (0810, 0820, 0830, 0840, 0850, 0860, 0890) bilan bog’liq mehnat haqi summalarining xarajat schyotlariga olib borilish hollari uchraydi. Buni tekshirish uchun dastlabki hujjatlar (ish vaqtini hisobga olish tabeli, ishbay ishlar uchun naryadlar va boshqalar), hisoblashuv va hisoblashuv-to’lov vedomostlari, hamda 4210, 6710 va 6720 schyotlar bo’yicha hisob registrlari ma’lumotlarini izchil ko’rib chiqish uslubi taklif qilinadi. Mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar aks ettirilishining to’g’riligini tekshirish natijalari auditorning ish hujjatlari bilan rasmiylashtirilib borilishi lozim.
Jismoniy shaxsning yillik umumiy daromadiga mehnat haqi shaklida olingan daromadlar, jismoniy shaxslar mulkidan oladigan daromadlari va tadbirkorlik faoliyatidan olingan yalpi daromad kiradi.
Soliqqa tortiladigan bazani to’g’ri aniqlash uchun jami daromaddan quyidagilar chegirib tashlanadi:

  • ijtimoiy sug’urta va ta’minotga doir davlat nafaqalari (vaqtincha mehnatga layoqatsizlik uchun beriladigan nafaqadan tashqari): xizmat vazifalarini bajarish bilan bog’liq xodimlarga yetkazilgan zararlarni qoplash uchun berilgan summalar;

  • ishdan bo’shaganda to’lanadigan nafaqalar, shuningdek, ishdan bo’shatilayotgan xodimlarga korxonadan ketayotganda to’lanadigan barcha turdagi pullik kompensatsiyalar;

  • olinadigan alimentlar;

  • davlat zayomlari, davlat majburiyatlari, lotoreyalardan tushadigan daromadlar;

  • bir yil davomida oylik minimal ish haqining 12 barobar miqdorigacha bo’lgan moddiy yordam summasi,

  • boshqa bir qator daromadlar (ularning ro’yxati amaldagi qonunchilikka asosan belgilanadi).

Soliq xodimning kalendar yilining boshidan boshlab olgan, jami daromadining belgilangan chegirma va beriladigan imtiyozlarni ayirishdan qolgan qismidan hisoblanib, har oyda ushlab qolinadi.
Auditor jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha imtiyozlar to’g’ri qo’llanilganligini va soliqning hisoblanishi to’g’riligini tekshirish kerak.
Ushbu ish jadvali bo’yicha umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida mehnat haqi bo’yicha aniqlangan tafovutlarning hisobot moddalari ko’rsatkichlariga ta’sirining muhimligini aniqlash zarur.
Ijtimoiy sug’urta va ta’minot fondlariga to’lovlar hisoblanishi hamda to’lanishini auditdan o’tkazishda quyidagilar bajariladi:

  • har bir fond turi bo’yicha va sug’urta turi bo’yicha to’lov (badal) hisoblash uchun qabul qilingan bazaning ishonchliligini aniqlash;

  • tegishli fondlar bo’yicha sug’urta badallari stavkalarini qo’llashning to’g’riligini tekshirish;

  • hisob-kitoblarni tekshirish;

  • sug’urta badallarini hisoblash manbalarini tekshirish.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha byudjet bilan hisob-kitoblarni tekshirganda auditor ish haqi summasi, moddiy yordam, moddiy manfaatdorlik summaasining hisob-kitobiga alohida e’tibor qaratishi lozim.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin