Soliq akademiyasi


Fermer xo’jaliklari ustav kapitalini shakllantirish tahlili



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə180/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   209
Soliq akademiyasi

Fermer xo’jaliklari ustav kapitalini shakllantirish tahlili

(ming. s)

Fermer xo’jaliklari


4610-schyot

8330-schyot

«Asad» fermer xo’jaligi 1 yildan kam faoliyat ko’rsatgan

500, 0

500, 0

«Bobur» fermer xo’jaligi 1 yildan kam faoliyat ko’rsatgan

200, 0

400, 0

«Samad» fermer xo’jaligi 1 yildan ko’p faoliyat ko’rsatgan

150, 0

300, 0

«Do’st» fermer xo’jaligi 1 yildan ko’p faoliyat ko’rsatgan

-

400, 0

«Asad» fermer xo’jaligida 4610–schyot debet qoldig’i va 8310 schyotlar kredit qoldig’ining tengligi ta’sischilar xo’jalik ustav kapitaliga o’z ulushlari bo’yicha mablag’larni umuman topshirmaganlagini va qonunchilikda belgilangan muddatga rioya qilinmaganligini bildiradi.


«Bobur» fermer xo’jaligi 4610–schyotning debet qoldig’i 8310-schyot kredit qoldig’ining 50 %ni tashkil etadi, ya’ni ta’sischilar ustav kapitaliga ulushlarining yarmini qo’shganlar. Fermer xo’jaligi faoliyat boshlaganiga bir yil to’lmagan, ustav kapitalining qolgan qismi (50%) bir yil ichida qo’shilishi lozim.
Demak, «Bobur» fermer xo’jaligida ustav kapitalini shakllantirish qonunchilik talablariga mos keladi.
«Samad» fermer xo’jaligi ham «Bobur» fermer xo’jaligidagi kabi ta’sischilar ustav kapitaliga ulushlarining yarmini qo’shganlar, ammo korxona faoliyat boshlaganiga bir yildan oshgan, demak ustav kapitaliga ulushlarni topshirish muddatiga rioya qilinmagan. Bunday holatda korxona yoxud o’z ustav kapitalini kamaytirib, ustav va ta’sis shartnomasini qayta davlat ro’yxatdan o’tkazishi, yoxud tugatish yo’li bilan o’z faoliyatini to’xtatish lozim.
«Do’st» fermer xo’jaligida 4610-Ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha ta’sischilarning qarzlari» schyoti bo’yicha debet qoldiq yo’qligi va 8310–»Paylar va ulushlar» schyoti bo’yicha kredit qoldiq summasining (400, 0 m. s) ta’sis hujjatlari (ustavi va ta’sis shartnomasi)ga mosligi ta’sischilarning ustav kapitaliga ulushlar bo’yicha qarzdor emasliklarini va ulushlar to’liq to’langanligini bildiradi.
Har bir ta’sischi tomonidan ustav kapitaliga ulushlarning haqiqatan qo’shilganligi tasdiqlovchi buxgalteriya hujjatlarining mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlanadi. Natura shaklidagi ulushlar (asosiy vositalar, materiallar va h. k) tegishli shakldagi dalolatnomalar, pul mablag’lari esa kassa va bank hujjatlari bilan tasdiqlanadi. Тasdiqlovchi hujjatlarda tegishli mablag’larning aynan ustav kapitaliga ulush sifatida ta’sis hujjatlariga muvofiq topshirilganligi haqida ma’lumotlar bo’lishi lozim. Bu nafaqat ustav kapitaliga qo’shiladigan ulushlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri rasmiylashtirish uchun, balki soliqqa tortish masalalari uchun ham zarurdir.
Aksiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalining to’g’ri shakllantirilishini tekshirishda quyidagi talablarga rioya qilinganligi tekshiriladi:

  • ustav kapitali aksiyadorlar tomonidan sotib olingan aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topganligi;

  • barcha aksiyalar egasi yozilgan aksiya ekanligi va ta’sis etishda ta’sischilar o’rtasida joylashtirilgan bo’lishi lozim;

  • joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining 10% dan oshmasligi lozim;

  • aksiyadorlik jamiyati aksiyalari uni ta’sis etish chog’ida ustavda ko’rsatilgan muddat davomida to’liq to’lanishi lozim. Ammo ustav kapitalining kamida 50% bir oy ichida, qolgan qismi esa jamiyat ro’yxatdan o’tgan paytdan boshlab bir yil ichida tulanishi lozim;

  • to’lov shakllari (pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, pulda baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar) aksiyadorlik jamiyatining ustavi va ta’sis shartnomasiga mos kelishi lozim;

  • ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining chiqarilgan aksiyalari reestrda ro’yxatga olingan bo’lishi shart;

  • aksiyalarning analitik hisobi ta’sischilar, ustav kapitalining shakllanish bosqichlari va aksiyalarning turlari bo’yicha batafsil ma’lumot olishni ta’minlashi lozim.

Auditor tekshiruv jarayonida oddiy aksiyalaardan iborat aksiyadorlik kapitali (8310-schyot), imtiyozli aksiyalar ko’rinishidagi aksiyadorlik kapitali (8320-schyot), qaytarib sotib olingan oddiy xususiy aksiyalar(8610-schyot) va qaytarib sotib olingan imtiyozli xususiy aksiyalar(8620-schyot)ni alohida tekshiradi.
№21 BHMS ga muvofiq aksiyadorlik jamiyati davlat ro’yxatidan o’tgan paytdan boshlab oddiy va imtiyozli aksiyalarning obuna summasi mos ravishda 8310 va 8320-schyotlar kreditida aks ettirilishi lozim (Dt 4610-schyot, Kt 8310, 8320-schyotlar). Obuna bo’lingan aksiyalar qiymati ta’sischilar tomonidapn pul, qimmatli qog’ozlar, pulda baholangan boshqa buyumlar yoki mulkiy huquqlar bilan to’lanishi mumkin.
Ustav kapitalining shakllanishini tekshirishda aksiyalar qiymatini to’lash uchun topshirilgan mulklarning to’g’ri baholanganligini aniqlash zarur. Bu mulklarni baholash ta’sischilarning kelishuviga muvofiq amalga oshirilishi, qonunda ko’zda tutilgan hollarda esa mustaqil ekspert baholashi lozim.
Ustav kapitaliga ulushlarning haqqoniy qo’shilganligini auditor ta’sischilar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligi va to’g’ri rasmiylashtirilganligini tekshirish orqali aniqlaydi. Тasdiqlovchi hujjatlarda ustav kapitalini shakllantirish to’g’risida ko’rsatilgan bo’lishi lozim. Bu nafaqat muomalani buxgalteriya hisobi schyotlarida to’g’ri aks ettirish uchun, balki soliqlar bo’yicha imtiyozlarni qo’llashning to’g’riligini asoslash uchun ham muhimdir.
Dastlabki hujjatlar (asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni qabul qilishtopshirish dalolatnomalari, yuk xatlari, schyotlar, kassa hisobotlari, bank ko’chirmalari, to’lov topshiriqnomalari va b. ) bo’yicha ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlarning tegishli schyotlarda to’g’ri aks ettirilganligi tekshiriladi.
Ustav kapitaliga qo’shilgan ulushlarni tekshirishda auditor ishtirokida inventarizatsiya o’tkazish maqsadga muvofiq. Bunda ustav kapitaliga ulush sifatida ishlashga yaroqsiz asosiy vositalar, amaliy qiymatini yo’qotgan nomoddiy aktivlar qo’shilgan holatlar aniqlanishi mumkin.
Ustav kapitali o’zgarishining asosliligini tekshirish 8310-«Ustav kapitalini hisobga olinadigan schyotlar»(8310, 8320, 8330-schetlar) bo’yicha hisob registrlarining yozuvlarini tekshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunday yozuvlar ustav kapitali beligilangan tartibda ko’paytirilgan yoki kamaytirilgan holatdagina, faqat aksiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjatlariga tegishli tarzda o’zgartirishlar kiritilganidan so’ng amalga oshiriladi.
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq «jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo’shimcha aksiyalarni joylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin» (18)
Тekshiruv chog’ida ustav kapitalini ko’paytirish manbalari aniqlanadi. Ular asosan quyidagilar hisobiga bo’lishi mumkin:

  • emitent-aksiyadorlik jamiyatining o’z aksiyalarini ularning nominal qiymatidan yuqori bahoda sotishdan olingan mablag’lar ya’ni emission daromad (Kt 8320-schyot);

  • jamg’arma, iste’mol va boshqa fondlar hamda ishlatilmagan zahiralar mablag’lari;

  • oldingi yil yakuni bo’yicha taqsimlanmagan foyda;

  • grantlar, subsidiyalar va qaytarib berilmaydigan yordamlar hisobiga (Kt 8810, 8820, 8890-schyotlar);

  • aktivlarni qayta baholashdan hosil bo’lgan manba hisobiga (Kt 8510-schyot);

  • dividendlar hisobiga.

Auditor ustav kapitali kamaytirilishining asosliligini ham tekshiradi.
Yuqorida nomi qayd qilingan qonunning 22-moddasiga muvofiq «Jamiyatning ustav fondi aksiyalarning nominal qiymatini yoki ularning umumiy sonini qisqartirish yo’li bilan, shu jumladan aksiyalarning bir qismini jamiyatning o’zi keyinchalik muomaladan chiqarish sharti bilan sotib olishi yo’li bilan kamaytirilishi mumkin» (18)
Auditor ustav kapitalining korxona xususiy manbalarini kapitallashtirish hisobiga ko’paytirilishi, yoki yuqoridagi holatda kamaytirilishi to’g’risida aksiyadorlar majlisining qarori mavjudligini ham aniqlaydi. Ustav kapitali ko’paytirilganda qo’shimcha aksiyalar qiymatini to’lash shakli ularni joylashtirish to’g’risidagi qaror bilan belgilanadi.
Keyinchalik auditor asosiy va qo’shimcha chiqarilgan aksiyalar qiymatining to’lanishini tekshiradi. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 37-moddasiga muvofiq «Jamiyat aksiyalariga haq to’lash bozor qiymatida amalga oshiriladi» (18).
Faqat quyidagi hollardagina aksiyalar ularning bozor qiymatidan arzonroq narxda joylashtirilishi mumkin:

  • jamiyatning qo’shimcha oddiy aksiyalari oddiy aksiyalar egalari bo’lgan aksiyadorlarga joylashtirilib, ular oddiy aksiyalarni bozor qiymatining to’qson foizidan past bo’lmagan narxda sotib olishdan iborat o’z imtiyozli huquqlarini ro’yobga chiqargan hollarda;

  • qo’shimcha aksiyalar vositachi ishtirokida joylashtirilib, ularning bahosi bozor bahosidan ko’pi bilan bunday aksiyalarni joylashtirish bahosiga nisbatan foizlarda belgilangan vositachilik haqi miqdorida arzon bo’lganida.

Ustav kapitalini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning yakunlovchi bosqichida uning eng kam miqdori to’g’risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi ham aniqlanadi.
Ustav kapitalining sintetik va analitik hisobini yuritishning to’g’riligi mazkur korxonada qo’llanilayotgan hisob shaklining registrlari (memorial-orderlar, daftarlar, jurnal-orderlar, mashinagrammalar va h. k) ma’lumotlarini tekshirish bilan aniqlanadi.
Ustav kapitalining analitik hisobini tekshirishda nafaqat uning sintetik hisob ma’lumotlariga tengligi, balki aksiyalarning turlari, ularning egalari, aksiyalar uchun hisob-kitoblarning ahvoli va boshqalar bo’yicha axborot olish imkoniyatlari ham aniqlanadi.
shuningdek, auditor «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyalarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 47-50 moddalariga muvofiq aksiyadorlar reestrini yuritish qoidalariga rioya qilinishini ham tekshiradi.
Barcha bajarilgan tekshiruv amallari va aniqlangan nomuvofiqliklar auditorning ishchi hujjatlarida aks ettiriladi.
Тekshiruv yakunida auditor ustav kapitalini hisobga olish va hisobotda aks ettirish bo’yicha aniqlangan tafovutlarning qanchalik jiddiyligi(katta-kichikligi)ni me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan aniqlaydi. Agar auditor aniqlangan tafovut ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlariga unchalik ta’sir qilmaydi deb hisoblasa, u ushbu ko’rsatkichlarning ishonchliligi to’g’risida ijobiy auditorlik hulosasi tuzishi mumkin. Agar ahvol bunga teskari bo’lsa, ya’ni aniqlangan tafovutlar ustav kapitaliga doir hisobot ko’rsatkichlarini sezilarli darajada buzib ko’rsatilganligi aniqlansa, u holda auditor ushbu kamchiliklarni aks ettirib salbiy auditorlik hulosasi tuzadi.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin