9. Yakuniy moliyaviy natijani tekshirish.
Foyda har bir korxonaning muhim sifat ko’rsatgichi hisoblanadi. Foydadan soliq to’lanadi, ustav kapitaliga ajratmalar qilinadi. Foyda iqtisodiy kategoriya sifatida xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarashli mablag’ning oshishini ifodalaydi. Foyda korxonaning sifat ko’rsatkichi hisoblanadi. Foyda barcha daromadlar bilan barcha xarajatlar o’rtasidagi farqdan iborat. Foyda mikdori narxga nisbatan to’g’ri mutanosiblikda, xarajatlarga nisbatan esa teskari mutanosiblikda bo’ladi. Qabul qilingan «Хarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish to’g’risidagi Nizom»ga asosan korxonalarning foydasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan iniqlanadi:
mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda;
asosiy faoliyatning foydasi;
xo’jalik faoliyatidan olingan foyda;
soliq to’langungacha olingan foyda;
yilning sof foydasi.
Foydaning asosiy manbasi - bu korxonaning asosiy faoliyati natijasidir. Foydani ko’paytirish barcha korxonalarning muhim vazifasi hisoblanadi. Foyda tufayli korxona faoliyati kengayadi, o’zaro hisob-kitoblar vaqtida amalga oshiriladi, ishchi-xizmatchilar ko’shimcha moddiy rag’batlantiriladi. Foyda ko’rsatkichi ta’sischilar, mulk egalari, davlat byudjeti va bank tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib boriladi. Foyda auditning muhim ob’ekti hisoblanadi. Auditor tuzilgan shartnomaga asosan foydaning to’g’ri hisoblanganligini, yil davomida qonun talablari asosida ishlatilganligini tekshiradi. Bunday tekshiruv 8710 «Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (koplanmagan zarari)», 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija» va boshqa schyotlar orqali amalga oshiriladi.
Auditor foyda ko’rsatkichining to’g’ri hisoblanganligini quyidagi operatsiyalar orqali tekshiradi:
- daromad turlari bo’yicha operatsiyalar;
- xarajat turlari bo’yicha operatsiyalar;
- yil davomida ishlatilgan foyda bo’yicha operatsiyalar. Foydaning auditi 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija» schyotidagi buxgalteriya yozuvlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Bunday tekshiruv tartibini «Marhamat» ishlab chiqarish korxonasi misolida ko’rib chiqamiz. Hisobot davri bo’yicha korxonaning 9900 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotida quyidagi yozuvlar bo’lgan:
Dt 9900 - «Yakuniy moliyaviy natija» Kt
Koldiq-
2) 555000-00
4) 368000-00
5) 123000-00
7) 50000
|
Qoldiq-
1)1650000-00
3) 834000-00
6) 100000-00
8) 50000-00
|
06. 1196000-00
|
06. 2634000-00
qol. 1438000-00
|
Korxonaning hisobot davridagi barcha daromadlari 2634.0 ming so’m, barcha xarajatlari 1196.0 ming so’m, foydasi esa 1438.0 ming so’m bo’lgan. Ushbu ko’rsatkichdan soliq to’lanishi kerak. Soliq summasi yil davomida 9810, 6410, 5110 schyotlarda aks ettirilib borilgan. Auditor yil bo’yicha hisoblangan foyda solig’ini quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali tekshirib chiqadi. Yil davomida hisoblangan va to’langan foyda solig’i:
Dostları ilə paylaş: |