Soliq akademiyasi


Jiddiylik darajasini auditda qo’llash tartibi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə38/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   209
Soliq akademiyasi

3. Jiddiylik darajasini auditda qo’llash tartibi.
Auditor quyidagi hollarda jiddiylik darajasini inobatga olishi lozim:

  • rejalashtirish bosqichida - qo’llaniladigan auditorlik amallarining mazmuni, vaqt sarfini va hajmini aniqlashda;

  • muayyan auditorlik amallarini bajarish vaqtida;

  • auditni yakunlash bosqichida aniqlangan chalkashliklar va xato-kamchiliklarning buxgalteriya hisoboti ko’rsatkichlari ishonchliligiga ta’sirini baholashda.

Auditor tomonidan belgilab qo’yilgan ayrim kamchiliklar o’z-o’zidan jiddiy tavsifga ega bo’lmasligi mumkin. Aniqlangan kamchiliklar to’plami, hamda taxmin qilinayot-ganlari bilan birga qo’shib olingan belgilab qo’yilganlari esa jiddiy bo’lishi mumkin. (butun ma’lumotlar to’plami uchun xatolarni tanlab tekshirish oqibatida belgilab qo’yilgan kamchiliklar tarqalib ketishi natijasida)
Auditorlik faoliyatida kuzatiladigan bir necha holatlarni ko’rib chiqamiz:
1. Auditor tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt hisobotining barcha muhim jihatlari ishonchliligi haqida, agar bir vaqtning o’zida quyidagilar ta’minlansa, xulosa qilishga haqlidir:

  • audit jarayonida belgilab qo’yilgan tafovutlar va taxmin qilinayotgan chalkashliklar summalarining yig’indisi jiddiylik darajasidan ancha kam bo’lsa;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish va moliyaviy hisobotni tuzishdagi tegishli me’yoriy hujjatlar talablaridan chetga chiqishlari auditorning professional fikriga ko’ra jiddiy hisoblanmaganda.

2. Agar quyidagi ikkita shartning bittasi bajarilganida auditor tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti jiddiy munosabatlarda ishonchli deb tan olinmasligi to’g’risida xulosa qilishi lozim:



  • audit o’tkazish jarayonida belgilab qo’yilgan va taxmin qilinayotgan kamchiliklar summasi jiddiylik darajasidan ancha ko’p bo’lganida;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritishi va moliyaviy hisobotni tuzishda tegishli me’yoriy hujjatlar talablaridan chetga chiqishlari auditorning professional fikriga ko’ra jiddiy hisoblanganda.

3. O’zining professional fikr-mulohazalaridan foydalanib, auditor mazkur vaziyatda tekshirilayotgan moliyaviy hisobotda jiddiy xato – kamchiliklar mavjudligi to’g’risida xulosa qilish yoki qilmaslik haqida bir qarorga kelishi, yoxud agar quyidagi shartlardan bittasi bajarilsa, tegishli izohlarni auditorlik xulosasiga kiritish zarurligi haqida xulosa qilishi va mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi lozim:

  • audit o’tkazish chog’ida moliyaviy hisobotdagi belgilab qo’yilgan va taxmin qilinayotgan kamchiliklar jiddiylik darajasidan yuqori yoki past, ammo umumiy miqdori bo’yicha unga yaqin bo’lganda;

  • xo’jalik yurituvchi sub’ektning hisob yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlash tartibida tegishli me’yoriy hujjatlar talablariga nisbatan tafovutlar mavjud bo’lib, ammo bu tafovutlar jiddiy hisoblanmasligi muqarrar bo’lganda.

Bunda vaziyatni aniqlashtirish maqsadida auditordan qo’-shimcha auditorlik amallarini bajarish talab qilinishi mumkin.
Auditor ko’rsatilgan kamchiliklarni tugatish bo’yicha mijoz-korxona rahbariyatiga tuzatish yozuv(provodka)larini taklif etishi mumkin. Agar audit jarayonida moliyaviy hisobotda belgilab qo’yilgan va taxmin qilinayotgan kamchiliklar jiddiy bo’lsa, mijoz-korxona rahbariyati ularni tuzatishga rozi bo’lmasligi auditor uchun salbiy xulosa tuzishga asos bo’lishi mumkin.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin