a) Kam chiqqan asosiy vositalarning dastlabki (tiklash) qiymatini hisobdan o’chirish. Debet 9210 – «Asosiy vositalarning chiqimi»
Kredit 0100 – «Asosiy vositalarni hisobga oladigan schetlar» (0110-0199)
b) amortizatsiya summasini hisobdan o’chirish Debet 0200 – «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oladigan schetlar» (0211-0299)
Kredit 9210-«Asosiy vositalarning chiqimi» scheti.
v) Ko’rilgan zarar summasini hisobdan o’chirish. Debet 9430–«Boshqa operatsion xarajatlar» schetining «Asosiy vositalar realizatsiyasi va turli chiqimi bo’yicha zararlar» analitik scheti
Kredit 9210 – «Asosiy vositalarning chiqimi» scheti.
Ko’rilgan zarar summasi daromad (foyda) solig’ini hisoblashda umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladigan bazaga qo’shiladi.
Inventarizatsiyada aniqlangan hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar ob’ektlari shularga o’xshash ob’ektlarning oshiqcha chiqish aniqlangan sanadagi bozor qiymati bo’yicha ularning haqiqiy ahvolini hisobga olgan holda baholanadi (oshiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar keyinchalik aniqlanadi) va buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) Hisobga olinmay qolgan asosiy vositalarni bozor bahosi bo’yicha kirimga olish.
Debet 0100 – Asosiy vositalarni hisobga oladigan schetlar» (0111-0199)
Kredit 9310 – «Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda.
Olingan daromad summasi umumiy belgilangan tartibda soliqqa tortiladi.
Hisobga olinmay qolgan asosiy vositalar bo’yicha amortizatsiya ular asosiy vositalar tarkibiga qo’shilgan paytdan boshlab umumiy belgilangan tartibda hisoblanadi.
Kuzatib chiqish amallari yordamida asosiy vositalarga doir quyidagi ma’lumot manbalarining o’zaro mosligini tekshirish amalga oshiriladi:
moliyaviy hisobot shakllarining asosiy vositalarga doir ko’rsatkichlari;
moliyaviy hisobot shakllari va bosh daftar ko’rsatkichlari;
Bosh daftar, sintetik va analitik hisob registrlari ko’rsatkichlari.
Moliyaviy hisobotning asosiy vositalarga doir shakllari ko’rsatkichlarini o’zaro taqqoslash natijalari jadvalda ko’rsatilgan shakl bo’yicha ishchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi mumkin.