Soliq akademiyasi


Ichki auditorlarning professional tashkilotlari



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə8/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   209
Soliq akademiyasi

Ichki auditorlarning professional tashkilotlari. Тashqi (mustaqil) auditorlar o’z faoliyatida ko’p jihatdan ichki audit natijalariga tayanadi. Umuman olganda ichki auditorlar o’zlari ishlaydigan korxonalar faoliyatini tekshiradi. Ammo, ular qoidaga ko’ra, korxona ma’muriyati (direktorlar kengashi) tarkibiga kiradilar. Bunday nazorat (o’z-o’zini nazorat qilish) shakli AQSHda o’tgan, ХХ asrning 30 yillarida yuzaga kelib, keyinchalik G’arbiy Yevropa va Yaponiyada tarqalgan.
Hozirgi vaqtga kelib ko’p hollarda ichki auditorlarning funksiyalari, hatto o’z kompaniyasi tarkibiy bo’linmalari buxgalteriya hisobotlarini tekshirish doirasidan ham chetga chiqadi. Ichki auditorlar korxonaning iqtisodiy siyosati va boshqaruv masalalarida ko’proq ishtirok etmoqdalar. Ichki auditorlar yuqori malakali mutaxassislar bo’lib, o’z maqo-miga ko’ra katta vakolatlarga ega. Ularning majburiyatlari doirasiga ko’proq quyidagilar kiradi:
operatsion audit –boshqaruv masalalari bo’yicha korxonaning turli tarkibiy bo’linmalariga maslahat berish kabi faoliyat (masalan, marketing ishlarini baholash, korxona tarkibiy tuzilmasini baholash va sh. k.);
muvofiqlik auditi – ushbu korxona bo’linmalari faoliyati, uning ma’muriyati va zarur bo’lganda yuqori organlar tomonidan belgilangan yoki qonun hujjatlarida ko’rsatilgan qoidalarga muvofiqligini tekshirishdan iborat. Masalan, tuzilgan shartnomalarni yuridik talablar nuqtai nazaridan tekshirish va baholash, risklarni kamaytirish va h.k.
AQSHda ichki auditorlarning professional tashkilotlari 1941 yilda tashkil topgan bo’lib, Ichki auditorlar instituti – IAI (IIA – Institute of Internal Auditors) deb nomlangan. U hech qancha vaqt o’tmasdan «Тaraqqiyotga hamkorlik orqali erishiladi» degan shior bilan chiqqan. O’tgan asrning 70 yillarida institut o’zining xalqaro markazini Florida shtatiga ko’chirgan. Ushbu institut faoliyati quyidagilar negizida qurilgan:
a) ichki auditorlarning umumkasbiy bilimlari;
b) professionallikni uzluksiz rivojlantirish dasturi;
v) iqtisodiy kodeks;
g) professional me’yorlar;
d) sertifikatsiyalash dasturi.
Ichki auditorlarning bunday birlashishi ularning tarqoq kuchlarini o’z manfaatlarini himoya qilish maqsadida birlashtirish, hamda malaka mahoratini yanada rivojlantirish va faoliyat samaradorligini oshirish zarurligidan kelib chiqqan. Institut ichki aditorlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va tartibga solib turadi, umumta’lim faoliyatini ta’minlaydi va mazkur professional amaliyot me’yorlarini ishlab chiqadi. U o’z funksiyalarini va ichki auditorlar xizmatlarini doimiy ravishda kengaytirib kelmoqda.
Institut ichki auditorlarning professional olamida yuqori obro’ga ega. Uning dunyo bo’yicha 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydigan a’zolari bor. Institutning AQSHdagi bo’limlaridan tashqari Avstraliya, ХХR, Hindiston, Isroil, Yaponiya, Malayziya, Yangi Zelandiya, Janubiy Afrika Respublikasi, Angliya va SHimoliy Irlandiya kabi mamlakatlarda milliy institutlari mavjud.

BILIMLARNI CHUQURLASHТIRISH UCHUN SAVOLLAR:





  1. Audit va auditorlik faoliyatining mohiyatini qanday tariflaysiz?

  2. O’zbekiston Respublikasining moliyaviy nazorat tizimida auditning tutgan o’rni qanday?

  3. Audit oldiga qanday maqsad va vazifalar qo’yilgan?

  4. Auditorlik faoliyatining qanday rivojlanish bosqichlari mavjud?

  5. Тasdiqlovchi audit nima?

  6. Maqsadli sistemali audit nima?

  7. Тavakkalchilikka asoslangan auditga qanday tarif berasiz?

  8. Audit va buxgalteriya hisobi o’rtasida qanday farqlar mavjud?

  9. Audit va taftish, ularning qanday o’xshashlik va farqli tomonlari mavjud?




Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin