Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish. Ushbu xarajatlar guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga bo’linadi:
Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati chegirilib tashlangan holda);
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;
Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar.
shuning uchun auditor har bir xarajat elementi tarkibining «Nizom»ga muvofiqligiga ishonch hosil qilishi lozim.
«Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari»elementi tarkibiga ishlab chiqariladigan mahsulotning asosini tashkil etuvchi yoki mahsulotni tayyorlash (ishlarni bajarish va xizmatlarni ko’rsatish)da zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xom-ashyo va materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar hamda Nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi. (1. 1. 1-1. 1. 10 bandlar)
Auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o’rash materiallari qiymati ularni sotish, foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin bo’lgan narxda baholanib, mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur. (1. 1. 11-band). shuningdek, mazkur element bo’yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar qiymati ularni sotib olish narxidan, shu jumladan barter kelishuvlarida, qo’shimcha narx(ustama)dan, ta’minlovchi, tashqi iqtisodiy tashkilotlarga to’lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, shu jumladan brokerlik xizmatlari bilan birga, bojlar va yig’imlardan , yuklashtushirish hamda tashishga haq to’lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to’lashdan kelib chiqib shakllanishini ham nazarda tutishi zarur(1. 1. 12-band).
Bulardan tashqari auditor mahsulot(ish, xizmat)lar tannarxiga olib borilgan moddiy resurslarni baholashning to’g’riligini ham tekshirishi kerak. №4-«Тovar-moddiy zahiralar»nomli BHMSga muvofiq har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt materiallarni baholash usullaridan (FIFO, AVECO)birini tanlaydi va hisob yuritish siyosatida aks ettiradi.