bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib usul(ishlab chiqarish usuli) bo’yicha amortizatsiya hisoblash faqat asosiy vositadan foydalanish natijasiga asoslanib, uni hisoblash chog’ida vaqt oralig’i rol o’ynamaydi. Faraz qilaylik, avtomobilning dastlabki qiymati 1000000 so’m, qoldiq qiymati 100000 so’m va foydali xizmat qilish muddati davomida bosib o’tishi lozim bo’lgan masofa esa 90000 km. Bunda 1 km. ga to’g’ri keladigan amortizatsiya xarajatlari quyidagicha aniqlanadi:
Dastlabki qiymat - qoldiq qiymat = 1000000 – 100000 q 10 s
ish birligi hajmi 90000
Har yilgi bosib o’tadigan masofa 10 so’mga ko’paytirilib, bir yillik amortizatsiya summasi aniqlanadi. Masalan, avtomobil birinchi yili 30000 km yo’l yurishi rejalashtirilgan. Demak, birinchi yil uchun amortizatsiya summasi:
30000 km x 10 s q 300000 so’m.
Asosiy vositalar foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar sonining yig’indisi bo’yicha hisobdan o’chirish usuli (kumulyativ usul)muayyan asosiy vositaning foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar yig’indisi asosida aniqlanib, ushbu yig’indi hisob-kitob koeffitsiyenti uchun maxraj qilib olinadi. Foydali xizmat qilish muddati davomidagi yillar soni esa surat qilinib, kamayib borish tartibida teskari joylashtiriladi. Masalan, avtomobilning xizmat muddati 5 yil. Хizmat yillari yig’indisi (kumulyativ son) 15 ga teng (1Q2Q3Q4Q5 q 15). Har yil uchun amortizatsiya hisoblash koeffitsiyenti esa quyidagicha:
Kumulyativ usul bo’yicha hisob-kitob javali.
Yillar
1 - y
2 – y
3 - y
4 - y
5 – y
Koeffitsenti
_5_ 15
_4_ 15
_3_ 15
_2_ 15
_1_ 15
So’ngra har bir koeffitsiyent (kasr) amortizatsiyalanadigan qiymatga ko’paytirilib, tegishli yil uchun amortizatsiya summasi aniqlanadi.