2. Bevosita soliqlar auditi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini tekshirish. Foyda solig’i huquqiy shaxslar daromadining (foydasining) bir qismini davlat tomonidan olish yo’li bilan byudjetga tushiriladigan mablag’lar manbalaridan biridir. Foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini auditorlik teshiruvidan o’tkazish, qoidaga ko’ra, quyidagilarni o’z ichiga oladi: choraklik uchun soliq hisob-kitobi asosida har chorakda hisoblangan va to’langan bo’nak to’lovlarni tahlil qilish;
hisobot davri uchun foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini hisob-kitobini tekshirish;
foyda (daromad) solig’i bo’yicha qarzlarni hisobot davridagi moliya-xo’jalik faoliyati natijalari asosida tahlil qilish.
Korxona hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan foyda va soliq stavkasidan kelib chiqib aniqlanadigan, foyda solig’ining bo’nak badallarini choraklik davomida byudjetga to’langanligini tekshiradi.
Foyda solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini audit o’tkazishdan maqsad belgilangan tartibda qonun xujjatlariga muvofiq tekshirilishi.
Foyda hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’ini solig’ini auditida belgilangan vazifalar: