Soliq akademiyasi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə17/209
tarix03.04.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#124759
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   209
Soliq akademiyasi

ichki audit - korxona boshqaruvining ijro etuvchi organi va tarkibiy bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo’li bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining to’liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo’jalik operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish prinsiplari joriy etilishi bo’yicha korxona tarkibiy bo’linmasining (ichki audit xizmati) faoliyati;
ichki audit xizmati - korxona Kuzatuvchi kengashining qarori bilan tashkil etiladigan korxonaning ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo’linmasi.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo’yicha korxona faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
har yili korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga muvofiq ko’rsatilgan yo’nalishlar bo’yicha tegishli tekshirishlar o’tkazish yo’li bilan ichki auditni amalga oshirish (har chorakda va hisobot yili yakunlari bo’yicha);
tuziladigan xo’jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o’tkazish;
buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni tuzishda korxonaning tarkibiy bo’linmalariga metodik yordam berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun hujjatlari masalalari bo’yicha maslahatlar berish;
texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik tashkilotlarining takliflarini baholashda hamda auditorlik tekshirishlarini o’tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini tanlashda tavsiyalarni tayyorlashda korxonaning kuzatuvchi kengashiga ko’maklashish.
Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga egadir:
ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo’ladigan masalalar bo’yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxona mansabdor va mas’ul shaxslaridan og’zaki va yozma tushuntirishlar olish;
ichki auditni o’tkazishga ko’maklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.
Ichki audit xizmati quyidagilarga majbur:
ichki auditni amalga oshirishda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
belgilangan talablarga muvofiq hisobotlar tuzish;
moliya va statistika hisoboti ko’rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya qilish;
korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;
aktivlarni xatlovdan o’tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o’z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo’lishi mumkin.
Ichki audit xizmati xodimlari quyidagi talablardan biriga javob berishi kerak:
auditorning malaka sertifikatiga ega bo’lish;
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida, yoxud O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat muassasasida olingan oliy ma’lumotga, oxirgi o’n yilning kamida ikki yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, o’rindoshlik bo’yicha) ega bo’lish.



Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin