8. Favqulodda foyda va zararni tekshirish.
Favqulodda foyda va zararlarning shakllanishi 3-BHMS "Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot" bilan tartibga solinadi va milliy standartga asosan13: favqulodda foyda va zararlar - bu korxonaning xo’jalik faoliyatida nihoyatda kam sodir bo’ladigan, uning uchun odat bo’lmagan va korxonada boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog’liq bo’lmagan voqealardan olinadigan daromad va xarajatlardir.
Favqulodda foydalarning moddalari bu xo’jalik yurituvchi sub’ektning tasarrufidan tashqari voqealar va hodisalar natijasida kutilmagan va favqulodda olingan foydalardir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davrlardagi foyda summasi kirmaydi. Bunday daromadlar asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi lozim.
Favqulodda zararlarning moddalari - bu xo’jalik yurituvchi sub’ektning tasarrufidan tashqari voqealar va hodisalar natijasida vujudga keladigan va sodir bo’lishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlarning moddalaridir. Bunga favqulodda moddalar va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davr xarajatlarining moddalari kirmaydi.
U yoki bu moddani favqulodda foyda yoki zararlar tarzida aks ettirilishi uchun quyidagi uchta talabrlarga javob berishi kerak:
1 .Korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga mos emasligi;
Bir necha yillar davomida takrorlanmasligi kerak;
Korxonaning boshqaruv xodimlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq emasligi.
SHunday qilib, tegishli modda bir vaqtning o’zida odatdagidek emaslik, oldindan ko’rabilmaslik va takrorlanmaslik talablariga mos kelishi kerak.
Korxonalarning xo’jalik faoliyatida shunday voqealar sodir bo’lishi mumkinki, ular faqat odatdagidek emas yoki faqat oldindan ko’rabilmaydigan voqea. Masalan, xorijiy valyuta muomalalaridan olingan foyda yoki zararlarni oldindan ko’rib bo’lmaydi, lekin bu favqulodda emas, chunki valyuta kursining barqaror emaslik sharoitida bu odatdagi foyda va zarar hisoblanadi.
Favqulodda voqealar sodir bo’lganda bu voqealardan olingan foyda va zararlar quyidagi schyotlar hisobga olinadi:
9710 Favquloddagi foyda"
9720' Favquloddagi zarar"
Bular tranzit schyotlar bo’lib 9710- passiv, 9720- aktiv schyotlariga mansubdir.
Favqulodda voqealardan olingan daromadlar summasiga 9710 "Favquloddagi foyda" schyoti kreditlanib turli schyotlar debetlanadi. Sodir bo’lgan zarar summasiga esa 9720 "Favquloddagi zarar" schyoti debetlanib turli schyotlar kreditlanadi.
Bu schyotlarning debet va kredit oborotlari hisobot davri oxirida quyidagi provodkalar bilan yakuniy moliyaviy natijaga o’tkaziladi:
Favqulodda voqealardan olingan foyda summasiga-
D-t 9710 "Favquloddagi foyda"
K-Т.9900 "Yakuniy moliyaviy natija".
Favqulodda voqealardan sodir bo’lgan zarar summasiga-
D –t 9900 "Yakuniy moliyaviy natija"
K-t 9720 "Favquloddagi zarar".