Summa
9810
|
6410
|
258840-00
|
6410
|
5110
|
258840-00
|
Yil yakuni bo’yicha qo’shimcha hisoblangan foyda solig’i quyidagi yozuvlar orqali tekshiriladi:
Dt
|
Kt
|
Summa
|
9900
|
6410
|
27890-00
|
6410
|
5110
|
27890-00
|
Ushbu operatsiyalarning soliq konunchiligiga mosligi auditor tomonidan chuqur o’rganiladi. Buning uchun «Moliyaviy hisobot» dagi maxsus jadval «Moliyaviy natijalar to’g’risida»gi ma’lumotlardan keng foydalaniladi. Korxona foydasidan to’langan soliqning to’g’riligini tekshirish uchun auditor maxsus jadval tuzadi. Buni «Marhamat» korxonasi misolida hisobot davri uchun ko’rib chiqamiz (1 -jadval):
«Marhamat» ishlab chiqarish korxonasining hisobot davridagi foydasi va solig’i auditi natijalari.
№'
|
Ko’rsatkichlar
|
O’lchov birligi
|
Korxona ma’lumotlari bo’yicha
|
Auditor ma’lumotlari bo’yicha
|
Farqi
(+;-)
|
1
|
Korxonannng umumiy foydasi
|
ming so’m
|
2800, 0
|
2800,0
|
|
2
|
Soliqqa tortilmaydigan foyda
|
ming so’m
|
500,0
|
200,0
|
- 300,0
|
3
|
Soliqqa tortiladigan foyda
|
ming so’m
|
2300, 0
|
2600,0
|
300,0
|
4
|
Foyda solig’i stavkasi
|
%
|
9
|
9
|
-
|
5
|
Soliq summasi
|
ming
so’m
|
414,0
|
468,0
|
+54,0
|
6
|
Avans shaklida to’langan soliq
|
ming so’m
|
300,0
|
300,0
|
|
7
|
Тo’lanishi kerak bo’lgan foyda solig’i
|
ming sum
|
114,0
|
168,0
|
+54,0
|
8
|
Тo’langan dividendlar
|
ming sum
|
30,0
|
30,0
|
|
9
|
Yilning sof foydasi
|
ming so’m
|
2356, 0
|
2302,0
|
54,0
|
Foyda ko’rsatkichining auditi natijasida quyidagilar aniqlangan: korxona ma’lumotlari bo’yicha soliqqa tortilmaydigan foyda 300,0 ming so’mga ko’p qilib ko’rsatilgan. Natijada soliqqa tortiladigan foyda 300,0 ming so’mga kam bo’lgan. Firma ko’shimcha 54,0 ming so’m foyda solig’ini va soliq qonunchiligida belgilangan jarimalarni byudjetga to’lashi kerak bo’ladi.
Audit jarayonida moliyaviy natijalar bo’yicha ko’rsatkichlar (daromadlar, xarajatlar, foyda) «Buxgalgeriya balansi» (1-shakl), «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot» (2-shakl), «Pul oqimlari to’g’risida hisobot» (4-shakl), «Хususiy kapital to’g’risida hisobot» (5-shakl) ma’lumotlari bilan o’zaro taqqoslash yo’li bilan tekshirilib ko’riladi.
Korxonaga kelib tushgan va sarflangan pul mablag’lari «Pul oqimlari to’g’risida hisobot»da ifodalansa, daromadlar, xarajatlar, foyda ko’rsatkichlari esa «Moliyaviy natijalar to’g’risida»gi hisobotda o’z aksini topgan bo’ladi. Byudjetga to’lanishi kerak bo’lgan va to’langan soliqlar 2-shaklga ilova qilingan maxsus ma’lumotnomada keltiriladi.
Iqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi korxonalar faoliyatini xalqaro amaliyotda qo’llanilib kelinayotgan ko’rsatkichlar orqali baholashni taqozo qiladi. SHunday ko’rsatkichlardan biri korxonaning marjinal foydasidir. Moliyaviy natijalar auditi jarayonida mazkur ko’rsatkichni aniqlash va unga baho berish muhim hisoblanadi.
-
Aktivlarning rentabelligi (AR)
|
=
|
Sof foyda (SF)
|
Aktivlarnin o’rtacha yillik qiymati
|
|
|
|
Realizatsiyaning rentabelligi (RR)
|
=
|
Sof foyda (SF)
|
Realizatsiyadan olingan tushum (ROТ)
|
|
|
|
Bir aksiyaning foydaliligi (AF)
|
=
|
Sof foyda (SF)
|
Muomaladagi aksiyalar (MA)
|
|
|
|
Asosiy vositalarning rentabelligi (AVR)
|
=
|
Sof foyda (SF)
|
Asosiy vositalarning o’rtacha yillik qiymati (A)
|
|
|
|
Kapitalning rentabelligi (KR)
|
=
|
Sof foyda (SF)
|
Kapitalning o’rtacha yillik qiymati (KO’Q)q
|
Auditor ushbu hujjatlardagi ma’lumotlarni buxgalteriya hisobining joriy ma’lumotlari bilan o’zaro taqqoslab tekshiradi. Auditor hisobot yilidagi sof foydaning taqsimlanishini (zararning yopilishini) quyidagi buxgalteriya yozuvlari orqali tekshiradi:
D-t Kt Summa
8710 8532 1474000-00
8532 8710 (zarar summasi)
Korxona foydasi muhim sifat ko’rsatkichlardan bo’lib resurslardan samarali foydalanganlikni ifodalaydi. Olingan foyda mikdoriga qarab aktivlarning rentabelligini bilish mumkin. Aktivlarning rentabellik darajalari quyidagi tartibda aniqlanadi (3-chizma). Audit jarayonida aktivlarning turlari bo’yicha rentabellik darajasi tahlil qilinsa foydani yanada oshirishga qaratilgan asosli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi.
Korxonaning marjinal foydasini aniqlash uchun yalpi daromaddan o’zgaruvchan xarajatlar olib tashlanadi. CHiqqan natija esa marjinal foydani beradi. Ushbu ko’rsatkichdan doimiy xarajatlar olib tashlangandan so’ng esa korxona ixtiyoridagi foyda qoladi. Marjinal foyda tamoyili asosiy xalqaro amaliyotda keng qo’llanilib kelinayotgan xarajatlar hisobining «Direkt-kosting» usuli yotadi. Mazkur usulning afzalligi shundan iboratki, auditor xarajatlar va moliyaviy natijalarni tekshirganda mahsulot realizatsiyasidan tushgan tushumlarda o’zgaruvchan xarajatlarning salmog’ini, ularni pasaytirish hamda marjinal foydani ko’paytirishga qaratilgan asosli tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo’ladi. Foyda ko’rsatkichning auditi natijalari auditorlik hisoboti va xulosasida o’z aksini topadi.
BILIMLARNI CHUQURLASHТIRISH UCHUN SAVOLLAR:
Moliyaviy natijalar auditining me’yoriy asoslari nimadan iborat?
Auditning maqsadi, vazifalari va manbalarini gapirib bering.
Moliyaviy natijalar auditining rejasi va dasturini tayyorlash bosqichlari nimadan iborat?
Moliyaviy natijalar shakllanishi va taqsimlaninshi qanday tekshiriladi?
Mahsulot sotishdan olingan yalpi foydani tekshirishni gapirib bering.
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni tekshirish nimadan iborat?
Moliyaviy faoliyat bo’yicha daromad va xarajatlarni qanday tekshiriladi?
Favqulodda foyda va zararlarni tekshirishni gapirib bering.
Yakuniy moliyaviy natijani tekshirish bosqichlari nimadan iborat?
Dostları ilə paylaş: |